Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet374/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

Kalit so’zlar
: evfemizm, tabu, tushuncha, nutq madaniyati, disfemizm 
Аннотация.
 В данной статье рассматриваются эвфемизмы, 
используемые в английской и узбекской текстовой и речевой деятельности. 
Обобщаются понятия эвфемизмов, табу, их место в англоязычной и узбекской 
литературе и их функции в речи, дисфемизмы, выражение эвфемистическими 
средствами явных (открытых) и имплицитных (закрытых). Этот ресурс 
можно использовать как программу для использования в языкознании и 
литературе. 
Ключевые слова
: эвфемизм, табу, концепт, культура речи, дисфемизм 
Annotation
. This article deals with euphemisms used in English and Uzbek text 
and speech activities. It summarizes the concept of euphemism, taboo, their place in 
English and Uzbek literature and their functions in speech, dysphemism, the 
expression of euphemistic means, explicit (open) and implicit (closed). This resource 
can be used as a material for use in linguistics and literature.

Key words:
 Euphemism, tabu, concept, culture of speech, dysphemism 
 
Har bir millat o’z fikrini til va nutq birliklari vositasida ifodalaydi. Bunda 
asosan, har bir tushuncha va fikrlarni, inson faoliyati, muhiti va insonlarning 
munosabati reallik, aniq obyektlar va voqealarni to’la qonli asoslab berish muhim. 
Ushbu jaroyonda tilning adabiy va me’yoriy qoidalariga bo’ysunish, qo’pol 


984 
so’zlamaslik, nutq madaniyatiga rioya qilish, so’z tanlash mahorati va uni to’gri 
tasvirlay olish eng ustun jihatlari hissoblanadi. Shuning uchun ham har bir millat 
adabiyoti va nutqida evfimizm deb ataladigan tushuncha borki, uzoq o’tmishdan beri 
foydalanilib, tilshunoslik fanining muhim sohalariga aylanib kelmoqda. Ular 
insoniyat tildan foydalanish jarayonidagi keng tarqalgan fenomen sifatida odamlar 
orasida muloqotni yaxshilashga xizmat qiladi. Muloqotni bir tekisda ketishini 
ta’minlaydi, suhbatning yanada yumshoqlik bilan ta’sirli olib borilishini ta’minlaydi. 
Asosan, 19-asrning 2-yarmidan alohida vazifa sifatida qaralib tadqiq qilina boshladi.
J.Vandries: “Evfemizm – bu man etilgan lug‘atning muloyimroq va madaniyroq 
formasi xolos”
212
,-deydi. L.A.Bulaxovskiy: “Evfemizm – yomon fikr uyg‘otdigan 
narsa yoki hodisaning asl nomini almashtirish va ular haqida so‘z orqali yovuz 
kuchlarni chaqirish “Xavfi”ni tug‘durmay gapirish,…hammadan oldin “xavfning 
oldini olish” formulasidir”
213
, - deb yozadi. Shuningdek, X.Fauler: “Evfemizm – 
qoʻpol va noxush boʻlgan haqiqat oʻrnida qoʻllaniluvchi muloyimroq, noaniq 
iboralardir”
214
, Ch.Keyni: “Evfemizm – noxush, haqoratli yoki qoʻrquv uygʻotuvchi 
soʻzni boshqa yumshoqroq termin bilan almashtirib qoʻllash usulidir”
215

I.P.Galperin: “Evfemizm – noxush soʻz va iborani nisbatan oʻrinli boʻlgan soʻz yoki 
ibora bilan almashtirish”
216
deya o’z fikrlarini bildirishgan. Va yana bir qancha 
olimlarimiz, jumladan, N.A.Baskakov, A.N. Turbachev, inliz olimlaridan I.V. 
Arnold evfemizmlarning lug’aviy ma’nosi, ularning qo’llanilishi haqida o’z 
izlanishlarini olib borganlar. N. A. Baskakov o’z asarida oltoylik ayol suv (daryo), tut 
(daraxt), bo’ri, quy, sizlarini tilga ololmay (eri va uning qarindoshlarining nomi 
bo’lganligi uchun) oquvchi (daryo)ning narigi yog’ida turuvchi (tut)ning ostida 
uluvchi (bo’ri) ma’rovchi (quy)ni yeb yotibdi degan ibora bilan xabar berganligini 
yozgan.
Shuningdek, tilshunos professor Shoira Usmanovaning “Tarjimaning 
lingvomadaniy aspektlari” asarida tabu, evfemizm va disfemizm haqida o‘zbek, rus, 
turk, koreys tillarida bir qator misollar bilan aniq tushunchalar berib o‘tilgan. Tabu 
madaniy, diniy, irim yoki noxushlik uyg‘otishi nuqtai nazaridan muayyan xatti-
harakatlar yoki ayrim so‘zlar qo‘llanishini taqiqlashdir. Masalan, musulmonlarda 
“Qur’on” kitobini tahoratsiz qo‘lga olish, o‘zbeklarda qiblaga oyoq uzatib o‘tirish 
yotish, mo‘g‘ullarda pichoqni olovga tiqish man qilinadi. Bular diniy nuqtai nazardan 
belgilangan tabulardir. Tabular ikkiga: etnografik (o‘zbeklarda supurgini, o‘qlovni tik 
qo‘ymaslik, birovning orqasidan supurmaslik, axlatdan hatlamaslik, qaychini ochib 
212
Vandries J. “Язык” Moskva – 1953, 206 bet 
213
Булаховский Л. А. “Введение в языкизнание” Moscow, 1953, 51 bet 
214
Holder R.W. A dictionary of euphesemisms – Oxford University Press, 1995, 470 bet 
215
Kary S. E. American-Spanish euphesims – University of California, 1960, 5 bet 
216
Гальперин И. Р. “Проблемы лингвостилистики//Новое в лингвистике” – 1980, 5-68 bet 


985 
qo‘ymaslik, qalampirni qo‘lga bermaslik, turkiy va eroniy xalqlarda suvni 
ifloslantirmaslik, suvga tupurmaslik, mo‘g‘ullarda qozondan pichoq bilan go‘sht 
olmaslik, koreyslar va xitoyliklarda kosadagi ovqatga qoshiqni tiqib qo‘ymaslik) va 
lingvistik (lug‘aviy birlikning yo xalq irimi nuqtayi nazaridan, yo atash noxushlik 
uyg‘otishi nuqtayi nazaridan muomalada qo‘llanishining taqiqlanishi) tabularga 
ajraladi. 
Darhaqiqat, bir qancha asarlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ozbek adabiyotida 
tabu va evfemizmlar juda keng miqyosda qo’llanilganiga amin bo’lamiz. Misol 
uchun, Abdulla Qodiriyning “ Mehrobdan chayon” asarida “Ra’noni egasiga 
topshirmagunimizcha quyilmaydiganga o’xshaydi”
217
jumlasida nutq odobi nuqtai 
nazaridan erga bermoq iborasi o’rniga egasiga topshirmoq shaklidagi evfemizm 
qo’llangan. Shuningdek, Cho’lponning “Kecha va Kunduz” asarida “ Emperiya ulkan 
bir kema, lekin u noma’lum va havfli tomonga suzib bormoqda”
218
jumlasida 
noma’lum tomonga suzmoq rus emperiyasining yashay olmasligi, halokatining 
ramziy-evfemik ifodasidir. 
Asardagi boshqa jumlalarda ham evfemizmlarning yorqin na’munalarini 
ko’rishimiz mumkin. Masalan, “Ayollardan, masalan o’z xotinidan bir taklif 
eshitmoq uchun Razzoq sufining qayta boshdan bunyodga kelishi kerak bo’ladi”
219

Ushbu gapda bunyodga kelishi iborasi tug’ilmoq so’zining evfemik shaklidir.
“Yorug’ dunyoga keldingiz”
220
– bu ham tug’ilmoq fe’lining sinonimyasi.
“Eshon So’fidan o’qib berib, kasb korning farzligini aytdiku!” bunda Eshon 
So’fi “Diniy Axloq kitobining mualllifi So’fi Olloyorning xalq orasidagi ismi. Bu 
ham shaxsni hurmatlash shaklidagi evfimizmlardan biridir. 
“Ahliyamiz ham uchiga chiqqa chevar, xudoga shukr. Ojizamiz ham do’ppi 
tikishga “farang” bo’lib chiqdi. Ro’zg’orning ko’p-ko’lamlarini o’zlari bitirishadi”.
221
Ushbu gaplardagi ahliyamiz, ojizamiz, o’zlari so’zlari xotin so’zining evfemallashgan 
shaklidir. Ushbu o’rinda aytib o’tish joizki, evfimizmlar ba’zan olmoshlar bilan ham 
berilishi mumkin. Nutqimizda “er” so’zi o’rniga u kishi, o’zlari, o’zi, ular kabi 
olmoshlar qo’llaniladi.
Muhammad Boqirning “Bahovuddin Balogardon” asarida “Quyosh yuzidan 
parda ko’tarilib, hammayoq nurafshon bo’lgach, manbalar eshigi ochildi. Anbiyo va 
avliyolar…… haqida hech qanday ma’lumotga ega emasdik”
222
. Ushbu parchada 
217
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent – 2015, № 10, 146-bet. 
218
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015, 279-bet 
219
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015, 8-bet 
220
Cho’lpon “Kecha va va Kunduz” Toshkent – 2015, 279-bet 
220
Cho’lpon “Kecha va Kunduz Kunduz” Toshkent – 2015, 11-bet 
221
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015, 18-bet 
222
Muhammad Boqir, “Bahovuddin Balogardon” Toshkent- 2002, 6-bet 


986 
quyosh yuzidan parda ko’tarilib hammayoq nurafshon bo’lgach jumlalari mustaqillik 
va g’alaba, manbalar eshigi ochilmoq diniy kitoblar o’qish, ibodat bilan 
shug’ullanish, diniy erkinlik tushunchalarini evfemik vositasidir.
Said Ahmadning “Jimjitlik” romanida ham “Boshliq qurug’idan talab 
qilayotganligi sezilib turardi”
223
jumlasida “qurug’i” so’zi pul tushunchasining 
evfemik shaklidir.
Shuningdek, ingliz adabiyotida ham bir qancha misollarni ko’rishimiz mumkin.
Thomas Hardyning “Afterwards” she’rida
If I pass during some nocturnal blackness, mothy and warm, 
When the hedgehog travels furtively over the lawn, 
One may say, “He strove that such innocent creatures should come to no harm,
But he could do little for them; and now he is gone.”
224
Hardy 2 ta evfemizmdan foydalanadi: “If I pass” va “‘now he is gone” iboralari 
“to die” ya’ni “o’lmoq” fe’liga ishora qilyapti.
William Shakespearening “Macbeth” asarida ham evfemizmdan foydalanadi.
“To beguile the time, 
Look like the time. Bear welcome in your eye, 
Your hand, your tongue. Look like th’ innocent flower,
But be the serpent under ’t. He that’s coming 
Must be provided for; and you shall put 
This night’s great business into my dispatch, 
Which shall to all our nights and days to come 
Give solely sovereign sway and masterdom. “
225
Ushbu parchada Ledi Makbet gapiradi. U eri Makbetga qirol Dunkanni 
o'ldirishni aytadi. Qotillik, albatta, yashirin mavzu, shuning uchun Shekspir bu erda 
evfemizmdan foydalanadi. Gamlet uning ma'nosini tushunadi va Dunkanni o'sha 
oqshom uchun ta'minlash (o'ldirish) kerakligini biladi.
J.R. 
Ward “Lover Eternal” asarida quyidagicha keltiradi: 
“You are a 
manipulator.” 
“I like to think of myself more as an outcome engineer.”
226
“Lover Eternal” - vampirlar va ularning qotillari haqidagi fantastik roman. 
223
Said Ahmad “Jimjitlik” Toshkent 2007, 278-bet 
224
https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://poets.org/poem/afterwards&ved 
225
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literatury 
226
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literatury 


987 
Nyu-Yorkda vampir jangchilarining yashirin guruhi yoki aka-uka o'z turlarini saqlab 
qolish uchun "yaxshi kurashadi". Bu parchada, birodarlardan biri ikkinchisini 
manipulyatsiya qilishda ayblaydi, bu so'z shubhasiz salbiy ma'noga ega. Boshqa 
vampir xafa bo'lish o'rniga, kulib yuboradi va u shunchaki "natija muhandisi" 
ekanligini aytadi.
Jasper Fforde “The Eyre Affair” asarida “Don't ever call me mad, Mycroft. 
I'm not mad. I'm just ... well, , that's all.”
227
Jumlalarini keltirgan. Ya’ni "Meni hech 
qachon aqldan ozgan deb atama, Maykroft. Men jinni emasman. Men shunchaki... 
axloqiy jihatdan boshqachaman, hammasi shu” Bunda Mycroft ismli yana bir 
qahramon Hadesning aqldan ozganligini aytadi. U “aqldan ozgan” degan unchalik 
ma’qul bo‘lmagan yorliqdan chalg‘itib, tezda yelkasini qisib, “differently morale” 
ya’ni “boshqacha axloqli” ekanini aytadi.
Ingliz va o’zbek nutqida evfemizmlardan foydalanishni solishtirib ko’radigan 
bo’lsak ham har ikala tilda ular keng miqyosga ega. Masalan “To die” – “o’lmoq’ 
fe’lining evfemizmlari ham ikala tilda bir qancha. O’zbek tilida ushbu ma’noni 
ifodalash uchun 
ayrilib qolmoq, bandachilik qilmoq, bevaqt ko’z yummoq, 
dunyodan ketmoq, berib quymoq, dargohiga chorlamaq, egasiga topshirmoq, 
hayotdan o’tmoq, judo bo’lmoq, musulmonchilik qilmoq, omonatini topshirmoq, 
qazo qilmoq, paymonasi to’lmoq, vaqti soati bitmoq, vafot etmoq, chin joyiga 
ketmoq kabi bir nechta iboralardan foydalanamiz. Ingliz tilida ham asleep, buried, 
bite the dust, cold, defunct, done for, give up the ghost, in a better place, in the 
ground, lifeless, rest in peace, taken from us, turn into a ghost kabi so’zlardan 
foydalaniladi.
Shuningdek, 22-asr oxirlaridan tilshunoslar tomonidan evfemizmga nisbatan 
disfemizm iborasi ham ishlatila boshladi. Bu ibora kishilar izzat nafsiga tegadigan 
so’zlarni ochiqdan ochiq aytish, muloqot jarayonida nutq nafisligidan 
foydalanmaslikdir. Eng ko’p ishlatiladiga disfemizmlarga qotillik yoki o’lmoq fe’li 
bog’liqliklarini uchratishimiz mumkin. Masalan, “o’lmoq fe’li “ketib qolmoq”, “yo’q 
bo’lmoq” tarzida, “o’ldirmoq” esa “tanasidan boshini judo qilmoq” kabi desfimizmlar 
orqali ifodalanadi. Ingliz tilida ham bunday desfimizmlarga quydagilarni keltirish 
mumkin: “to die” – “left for the rats”, “toasted”, “roasted”, burned’, “pounded”, “bent 
over the barrel”, “screwed over”, “mental health center” – “mental illness center”. 
Biz evfemizmlarga 
nutqiy tarafdan yondashadigan bo’lsak, ularni eksplisit (yopiq) va implisit (ochiq) 
ko’rishimiz mumkin. Eksplisit evfemizmlar zamirida qarg’ish va olqish tushunchalari 
yotadi. Masalan, “Oq yo’l bo’lsin!” “ovozing o’chsin”, “qirilib ketgur” va hokozo. 
227
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literatury 


988 
Badiy adabiyotda, Tog’ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asarida “ Omin, O’z 
otaangni uyingdan haydagan bo’lsang, kosaginang tagi oqarmasin! Otamlab 
yig’lovching bo’lmasin!”
228
jumlalarida evfemizmning eksplisit ifodalanishini 
ko’rishimiz mumkin. Ingliz tilida ham quyidagi iboralarda eksplisit evfemalarni 
ko’rishimiz mumkin: “That’s the shit” – bu nafratlanarli, “Piss off” , “Go to hell” – 
yo’qol, “Shit” – g’azablanganda ishlatiladi.
Implisit ifodalanishda tabulashtirilgan voqelikning evfemik vositasi ko’pincha 
qo’llanilmaydi, biroq ular zamiridagi tushunchalar konteks va intonatsiya (ohangning 
birdan kesilishi, to’xtab qolishi, cho’zilishi, tugallanmaganligi, sukut) orqali 
anglashilib turadi. Masalan, “Do’xtir bemorning uchinchi tahlil natijalarini ko’rib bir 
necha daqiqalardan so’ng boshini chayqab eshikka chiqdi……”. Bunda duxtirning 
umidsizligi, bemorning ahvoli yaxshi emasligi implisit ifodalanib turibdi. Ingliz tilida 
esa “All right, then I’ll go to hell…..” gapida ham tushkunlik anglashilib turibdi.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, evfemizm kishilar uchun ishlatilishi yoqimsiz 
va beadab bo’lib, to’g’ridan to’g’ri ishlatilganda qo’pol ma’no beradigan so’zlar 
o’rniga fikrlarni muloyimroq va chiroyli ifodalaydigan so’zlarni qo’llashdir. Undan 
foydalanilganda inson psixikasiga salbiy ta’sir etishini oldini olishdan tashqari, u 
nutqimizni jozibali bo’lishini ta’minlaydi va so’z boyligimizni mukammalashtiradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
Vandries J. “Язык” Moskva – 1953 
2.
Булаховский Л. А. “Введение в языкизнание” Moscow, 1953 
3.
Holder R.W. A dictionary of euphesemisms – Oxford University Press, 1995
4.
Kary S. E. American-Spanish euphesims – University of California, 1960 
5.
Гальперин И. Р. “Проблемы лингвостилистики//Новое в лингвистике” – 
1980 
6.
O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, Toshkent – 2015 
7.
Cho’lpon “Kecha va Kunduz” Toshkent – 2015 
8.
Muhammad Boqir, “Bahovuddin Balogardon” Toshkent- 2002 
9.
Said Ahmad “Jimjitlik” Toshkent 2007 
10.
https://www.google.com/url?sa=t&source=web&rct=j&url=https://poets.org/p
oem/afterwards&ved 
11.
Your dictionary.com. Article - Euphemism in Literaturyя
 
228
Omonturdiyev A.J. “Professional Nutq Evfemikasi” Toshkent: Fan nashriyoti, 2006, 231-bet 


989 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   370   371   372   373   374   375   376   377   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish