Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet254/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора:
Radulova Feruzaxon Sobirovna

Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi 14-Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim 
maktabining matematika fani o‘qituvchisi
Название публикации:
«MAKTABDA O‘QUVCHILARNING MATEMATIK 
SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA TA'LIMIY O‘YINLARNING AHAMIYATI. 
''BILIM RING” BELLASHUVI» 
Umumiy o’rta ta’lim maktablarida matematika fanini o’qitishda o’quvchilarga DTS 
talablari darajasida ta`lim berish, o`quvchilarda belgilangan tushunchalarni va 
ko`nikmalarni shakllantirish fan o`qituvchilarning eng muhim vazifasi hisoblanadi. 
Matematika nisbatan qiyinroq o`zlashtiriladigan fan bo`lgani uchun o`quvchilarning fanga 
qiziqishini, o`rganishga ishtiyoqini oshiradigan barcha imkoniyatlardan albatta foydalanish 
zarur. O`quvchilarni matematik bilimlarni mustaqil o`rganishga, izlanishga yo`naltirish va 
ularning bu yo`nalishdagi muvaffaqiyatlarini vaqtida rag`batlantirib borish juda katta 
samara beradi. O`quvchilarning o`z bilim va qobiliyatlarini, muvaffaqiyatlarini namoyish 
qilishiga imkoniyat beruvchi turli bellashuvlar, tanlovlar, tadbirlar muhim ahamiyatga ega. 
Men o`z o`qituvchilik faoliyatimda bir necha yildan beri 6-9- sinf o`quvchilari ishtirokida 
o`tkazib 
kelinayotgan 
,,Bilim 
ring” 
bellashuvi 
haqidagi 
mulohazalarimni 
o`rtoqlashmoqchiman. Bunday bellashuvni tashkil qilish va o`tkazishda har bir o`qituvchi 
o`zicha ijodiy yondashishi mumkin. Lekin bu bellashuv o`tkazilishi davomiyligi 
ta’minlansa, o`quvchilarning fanga qiziqishini oshirishda va iqtidorli o`quvchilarning 
qobiliyatini rivojlantirishda katta samara beradi. Men o`zim ishlaydigan Andijon viloyati 
Buloqboshi tumanidagi 14-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ,,Bilim ring” 
bellashuvini o`tkazish uchun quyidagicha tartibni belgilab olganman:
1. O’quv yili boshida 3 nafar eng a’lochi 9-sinf o`quvchilariga har biri o`z guruhini tuzishi 
taklif qilinadi. 
2. Guruh tarkibida jami 5 nafar o`quvchi bo`lib, 2 nafari 9-sinf, 1 nafari 8-sinf, 1nafari 7-
sinf, 1nafari 6-sinf o`quvchisi bo`lishi kerak. 


653 
3.Guruh a’zolari matematikadan puxta bilimga ega, tez va aniq fikrlaydigan, jamoada 
o`ynashni mashq qilgan bo`lishilari kerak. 
,,Bilim ring “ bellashuvini maktabning katta faollar zalida ko`plab tomoshabin 
o`quvchilar ishtirokida sahnaga 2 ta katta stol va har birining atrofiga 5 tadan stul qo`yilib, 
o`rtaga savol raqamini aniqlash uchun 1 dan 15 gacha sonlar yozilgan aylanadigan disk 
o`rnatiladi. Bellashuvni boshlab beradigan 2 guruhni shu disk yordamida aniqlab olish 
mumkin. Har bir bellashuvga o`qituvchi 15 savol tayyorlashi kerak. Bunda savollar 
o`quvchilar 1 minut ichida javob topa oladigan darajada bo`lishi lozim. Bellashuv 
jarayonida 2 guruhga bir vaqtda savol o`qib eshittiriladi va javobni aniqlash uchun 1 minut 
vaqt beriladi. Guruh to`g`ri javob bersa, 1ball beriladi. Agar hech qaysi guruh to’g’ri javob 
berolmasa, keyingi savolda 2 ball o`ynaladi. Birinchi bo`lib 3 ball to`plagan guruh g`olib 
bo`lib, mag`lub bo`lgan guruh o’rnini navbatdagi guruhga bo`shatib beradi. Shu tartibda 3 
marta o`yin o`tkazilib shu kungi bellashuv g`olibi aniqlanadi. Men ,,Bilim ring” 
bellashuvini har oyda bir marta, fevral oyida haftasiga 1 marta o`tkazishni ma`qul deb 
hisoblayman. Fan oyligi oxirida umumiy to`plangan ballar bo`yicha g`olib guruh aniqlanib, 
taqdirlanadi. Bu bellashuv bilan birgalikda ,,Bilim ring” bellashuvi uchun savollar tanlovi 
ham e`lon qilinadi. Bunda ko`plab o`quvchilar mustaqil qo`shimcha adabiyotlarni o`rganib, 
talabga mos masala, savollar topib keladilar. Bellashuvlar jarayonida savol o`qilishidan 
oldin savol egasi e’lon qilinib boriladi. Fan oyligi oxirida bu tanlov g`oliblari ham 
aniqlanib, taqdirlanadi. 
Quyida turli qo`shimcha adabiyotlardan olib o`zim tuzgan va o`quvchilar tuzgan 
savollardan 15 tadan 2 variantini keltiraman: 
1-variant: 
1. Men bir son o`yladim. Uning yarmiga choragini va nimchoragini qo`shsam, 35 hosil 
bo`ldi. O`ylangan sonni toping. (Javob: 40) 
2. Qanday qavariq ko`pburchakda diagonallari soni tomonlari sonidan 2 marta 
ko`p?(Javob:Qavariq yettiburchakda) 


654 
3.Gazlamaning narxi 10% ga arzonlashdi , keyin yana 10% ga arzonlashdi.So`ng 10% ga 
qimmatlashdi. Natijada gazlamaning dastlabki narxi necha % ga va qanday o`zgargan? 
(Javob:10,9% ga arzonlashgan) 
4.Qaysi 2 xonali son o`zining birlar xonasidagi raqamidan 3 marta katta? (Javob:15) 
5.Sher bitta qo`yni 1soatda, yo`lbars 2soatda, bo`ri 3soatda yeb tugatadi. Uchalasi 
birgalikda bitta qo`yni necha soatda yeb tugatadi?(J
avob ∶
6
11

6.Agar 18 yil oldin otasi o`glidan 3 marta katta, hozir esa 2 marta katta bo`lsa, ota va o`g`il 
necha yoshda? (Javob:ota 72 yosh, o`g`il 36 yosh) 
7. 2 ta son bir-biridan 2 ga, ularning kvadratlari esa 100 ga farq qiladi .Bular qaysi sonlar? 
(Javob:26 va 24) 
8. 300 kg g`alla ma`lum muddat quritilgach, uning massasi 20 kg ga kamaydi, namligi esa 
10% ni tashkil qildi. Dastlab g`allaning namligi necha % edi? (Javob:16%) 
9.Biror sonning 20% ga orttirilgani o`sha sonning 20% ga kamaytirilganidan necha % ko`p? 
(Javob:50%) 
10. Hovuzni 1-nasos 10 soatda, 2-nasos 15 soatda, 3-nasos 20 soatda to`ldiradi. Agar uchala 
nasos ishlasa, hovuzning qancha qismi to`lmay qoladi?(Javob:
7
20

11.Uzunligi 1sm, 3sm, 5sm, 7sm, 9sm bo`lgan kesmalar berilgan.Bu kesmalardan necha xil 
turli tomonli uchburchak yasash mumkin? (Javob:3ta) 
12.Bir shahardagi aholining 85% i o`zbekcha,75% i tojikcha so`zlasha oladi. Agar har bir 
fuqaro bu 2 tildan kamida bitta tilni bilsa, ikkala tilda so`zlasha oladiganlar necha foizni 
tashkil qiladi? (Javob:60%) 
13.Yarmi yarimning yarmiga teng son necha?(Javob :0,5) 
14.Sonning 0,1 qismidan 10ni ayirib,ayrmaning 0,1qismini hisoblasak,10 hosil bo`ldi. Shu 
sonni toping.(Javob:1100) 


655 
15.Ikki xonali son o`zining raqamlari yig`indisidan 6 marta katta. Shu sonni toping. 
(Javob:54) 
2-variant: 
1. 1-son 60, 2-son esa 60 ning 60 % iga teng, 3-son esa birinchi va ikkinchi
sonlar yig’indisining 50 % iga teng bo’lsa, bu 3 ta sonning o’rta
arifmetigini toping. (Javob: 48)
2. 99 ni bo’lganda qoldiq 9 chiqadigan barcha natural sonlar yig’indisini toping.: (Javob: 
208 ) 
3. Soatning minut mili soat milidan necha marta tez aylanadi? (Javob:12 marta.) 
4.Teng 16 ta kvadratchaga bo`lingan kvadratda jami necha kvadrat bor? (Javob:30ta) 
5.Harorati 90º C bo`lgan 6 litr suvga 30 ºC li 7 litr suv aralashtirilsa, suvning harorati necha 
ºC bo`ladi?(Javob:50ºC) 
6. Qaysi sonning 
3
5
qismining 
3
5
qismiga 3 qo`shilsa,21hosil bo`ladi?(Javob:50) 
7. Kvadratning har 2 ta qarama-qarshi tomonining har biri 8smga uzaytirilgach, qolgan 2 ta 
tomoni 
esa 
shuncha 
qisqartirildi. 
Shakl 
yuzi 
necha 
𝑠𝑚
2
ga 
va 
qanday 
o`zgaradi?(
Javob: 64𝑠𝑚
2
ga kamaygan) 
8.Shunday 2 ta son topingki,ularning ayirmasi ham, nisbati ham 5 ga teng bo`lsin?(Javob: 
6,25 va 1.25) 
9.1dan 100 gacha sonlar orasida 3ga ham 4ga ham bo’linmaydigan sonlar nechta? 
(Javob:50) 
10.Kasr suratiga 1 qo`shilsa, u 1 ga teng bo`ladi.Agar maxrajiga 6 qo`shilsa, u 
1
2
ga teng 
bo`ladi. Shu kasrni toping.(Javob:
7
8



656 
11. Bozorda 1 kg yong’goq 12000 so’m . Yong`oq qobig`idan tozalangach, mag`zi yong`oq 
og`irligining 60% ini tashkil qiladi. 1 kg yong`oq mag’zi bahosi necha so`mga to’g’ri 
keladi?(Javob:20000so`m) 
12. Kubning qirrasi uzunligi 20% ga uzaytirilsa, hajmi necha % ga ortadi? (Javob:72,8%.) 
13. 1, 2, 4, 5, 6 va 9 raqamlaridan shunday 2 ta son tuzingki, ulardan biri
ikkinchisidan 5 marta katta bo’lsin. (Javob: 129 va 645 ) 
14. 4 ga bo’lganda 1 qoldiq, 5 ga bo’lganda 2 qoldiq, 6 ga bo’lganda 3 qoldiq, 7 ga 
bo’lganda 4 qoldiq qoladigan eng kichik natural sonni
toping. (Javob: 417 ) 
15. Fotima 2 yildan keyin o’zining 2 yil oldingi yoshidan 2 marta katta
bo’ladi. Hasan esa 3 yildan keyin o’zining 3 yil oldingi yoshidan 3 marta katta bo’ladi. 
Ularning qaysi birining yoshi katta ? (Javob: yoshlari teng. ) 
Bunday bellashuv jarayonida ishtirokchi va tomoshabin o’quvchilarda mustaqil fikrlash, 
izlanuvchanlik, jamoada ishlash, boshqani tinglash va o’z fikrini bayon qila olish kabi 
ko’nikmalar shakllanib boradi. 


657 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   250   251   252   253   254   255   256   257   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish