Foydalanilgan adabiyotlar
1. Yemelyanova O. A. Ta'limda bulutli texnologiyalardan foydalanish. // Yosh olim. -
2014. -№ 3. - S. 907 – 909.
2. Sunagatullina I. I. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining nutq faolligining xususiyatlari
yumshoq tarzda ifodalangan nutqning umumiy rivojlanishi // Boshlang'ich maktab. - 2009.
-№ 2. -S. 78 – 81.
3. INNOVATIONS AND MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE
EDUCATION SYSTEM
‖
Materials of the VIII international scientific conference on
February 20 –21, 2018 (99p).
602
ФИО авторов:
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali Ichki kasalliklar kafedrasi
assistenti
Tosheva Zebiniso Rustam qizi
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali 3-kurs talabasi
Mavlonova Dilfuza
Название
публикации:
«REVMATOIDLI
ARTRITNING
ZAMOMAVIY
TASHXISOT USULLARI»
Mavzuning dolzarbligi. Bemorlarda uchraydigan biriktiruvchi toʼqimaning tizimli
kasalliklari kardiorevmatoligiyada dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Soʼngi
yillarda revmatoid artritning biriktiruvchi toʼqima tizimli kasalliklarini orasida keng
tarqalishi, bemorlarda nogironlik rivojlanishi bu kasallikni dolzarbligini koʼrsatadi.
Bemorlarda nogironlik rivojlanishi bu kasallikni nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo
ekanligini ham anglatadi.
Baʼzi holatlarda ichki aʼzolarni ham zararlanishi kuzatilishi, koʼpgina asoratlar
rivojlanishi ham mumkin. Kasallik yuzaga kelgach taxminan bemorlarning yarmida 3-5
yildan soʼng nogironlik rivojlanishi aniqlanadi. Shuning uchun mazkur kasallikni erta
tashxislash juda katta ahamiyatga ega.
Tadqiqot maqsadi. Bemorlarda revmatoid artritni zamonaviy tashxisot usullarini
oʼrganishdan iborat. Bu bizga kasallikni erta tashxislash hamda oʼz vaqtida davolashga
imkon beradi.
Tadqiqot materiallari va usullari. Termiz shahar kardiorevmatologiya boʼlimida
davolanayotgan artrit simptomi mavjud boʼlgan bemorlar tekshiruvdan oʼtkazildi. Barcha
bemorlarda klinik, laborator va instrumental tekshiruv usullari oʼtkazilgan. Laborator
tekshiruvdan umumiy qon taxlili, SRO, АSLO, АTsTsP, instrumental tekshiruv ulullaridan
ichki aʼzolar UTT, EKG, ExoKG oʼtkazildi.
Tadqiqot natijalari. Tekshiruvdagi bemorlarning 13 (38,2%) tasini erkaklar va 21 (61,8%)
tasini ayollar tashkil qildi. Bemorlarda kasallik rivojlanish anamnezi oʼrganilganda
kasallikka nasliy moyillik, yaʼni yaqin qarindoshlarida biriktiruvchi toʼqima sistemali
kasalliklari mavjudligi, organizmning fiziologik allergizatsiyasi (jinsiy rivojlanish davri,
tug’rikdan keyngi holat, klimaktrik davr), metioralogik holatlar sabab bo’lishi aniqlandi.
Barcha bemorlarda umumiy qon taxlili natijalari organizmda yalligʼlanish jarayoni,
shuningdek anemiya mavjudligini koʼrsatdi. S reaktiv oqsillar 27 (79,4%) ta, АSLO titrini
ortishi 21 (61,7%), S reaktiv oqsillarni paydo boʼlishi yalligʼlanish jarayonidan darak berib,
yuqori spetsifiklikka ega emas. АSLO titrini ortishi streptokokk infektsiyasin oʼtkazgan har
qaysi organizmda kuzatilishi mumkin.
603
Revmatoidli artrit. Revmatoidli artrit ko'proq periferik bo‘g‘imlaming eroziv - destruktiv
zararlanishi bilan namoyon bo'luvchi biriktimvchi to'qimaning surunkali tizimli kasalligi
hisoblanadi va ko'proq yoshlar va o'rta yoshli ayollar orasida uchraydi.
Etiologiyasi va patogenezi. Kasallikni keltirib chiqaruvchi etiologik omil hozirga qadar
aniqlanmagan. Lekin ayrim mualliflar uning yuzaga kelishida Epshteyn - Barr viruslari, L-
forma bakteriyalari, mikoplazmalar ma’lum rol o'ynaydi degan g'oyalami ilgari
surmoqdalar.
Sovqotish, respirator virusli infeksiyalar, stress holatlar, revmatoidli artritni yuzaga
kelishiga sharoit tug'diruvchi omillar hisoblanadi.
Kasallik patogenezida organizmdagi immunoglobulinlarga (Igl, IgM) qarshi
antitanachalar - revmatoid omil paydo bo'lishi yotadi. Ushbu omil periferik qonda bo'g'im
sinovial suyuqligida aniqlanadi. Har ikiqilasida aniqlanganda revmatoid artrit
seropozitiv faqat keyingisida bo'lsa seronegativ deb ataladi.
Tasnifi. Revmatoidli artritning klinik namoyon bo'lishi bo'yicha bo'g'im (80 %) va
bo'g'im-vitseral shakllari, o'tkir, o'tkir osti va sekin avjlanuvchi kechishi, revmatoid
omil aniqlanishiga ko'ra seropozitiv va seronegativ turlari hamda rentgen o'zgarishlarga
ko'ra to'rtta (I-bo'g'im tirqishining torayishi va osteoporoz; II-I + yakkalangan naqshlar; III-
II + ko'plab naqshlanishlar va suyaklami yarim chiqishlari; IV-III + ankiloz) bosqichi
farqlanadi.
Klinik manzarasiKo'proq mayda bo'g'imlaming shikastlanishi, uzoq harakatsizlikdan so'ng
yaqqol ertalabki karaxtlik va shikastlangan bo'g'imlaming jadal rivojlanuvchi
deformatsiyasi revmatoidli artritga xos bo'lgan klinik belgilar hisoblanadi. Kasallik
rivojlanib borgan sari ertalabki karaxtlik vaqtining davomiyligi oshib boradi.
Bo'g'imlardagi harakatlar o'ziga xos qiyinchilik bilan bajariladi (ushbu sindrom
periartikulyar to'qimalar shishi bilan tushuntiriladi) va kechqurunga borib harakatlar
birmuncha yengillashadi. Shuningdek, bemorlar umumiy holsizlik, tana haroratining
ko'tarilishi, ishtahaning yo'qolishi kabi shikoyatlar bildiradilar.
Kuchli artritik o'zgarishlar rivojlangan holatlarda obyektiv ko'rikda bo'g'imlaming o'ziga
xos deformatsiyasi, yarim chiqishlar, . ankilozlami ko'rish mumkin. Qo'l barmoqlarining
ulnar yo'nalish bo'ylab'qiyshayishi (“moij so'rg'ichlari” ko'rinishidagi ulnar deviatsiya),
proksimal falangalararo va bukiluvchi hamda distal falangalararo bo'g'imlami
kontrakturasi (barmoqni “tugmacha ilmog'i” ko'rinishidagi deformatsiyasi), kaft-falanga
va distal bo'g'imlami bukiluvchi kontrakturasi (barmoqni “oq qush bo'yni” ko'rinishidagi
deformatsiyasi) revmatoidli artritga xos belgilar hisoblanadi. Yuqorida qayd etilgan
barmoqlardagi o'ziga xos 0 ‘zgarishlar tashhis uchun muhim ahamiyatga ega bo'lganligi
sababli ayrim mualliflar uni kasallikning “tashrif qog'ozi” deb atashadi.
Bo‘g‘imlarni ko'zdan kechirish bilan birga og'riq mavjudligi, harakatchanlikni faol va
passiv chegaralanish darajasini aniqlash uchun ulami paypaslab ko'rish ham muhim
604
ahamiyatga ega. Shuningdek paypaslash yordamida revmatoidli artrit uchun xos
bo'lgan zararlangan bo'g'imlar atrofidagi mushaklar atrofiyasi aniqlanadi.
Ko'p hollarda tirsak bo'g'imi va suyagi ustidagi teri osti to'qimasida, axillov payi ustida va
ensa aponevrozida diametri JO,5-1,5 sm kattalikda bo'lgan, qattiqlashgan revmatoid
tugunlar paypaslanadi. Ular odatda harakatchan va atrof to'qimalar bilan qo'shilmagan.
Limfadenopatiya, spleno va gepatomegaliya revmatoidli artritning bo'g'im vitseral shaklida
kuzatilib ko'proq o'smirlarda uchraydi. Shuningdek, ayrim bemorlarda ob’yektiv ko'rik va
laborator-asbobiy tekshirishlarda o'tkir osti yoki surunkali miokardit, plevrit, diffuz fibrozli
alveolit va glomerulonefritning belgilari aniqlanadi. Qator hollarda ushbu kasallikda ichki
a’zolar amiloidozi rivojlanadi.
Laborator - asbobiy tekshirishlar. Umumiy qon tahlilida ECHT oshganligi (40-60
mm/soat gacha), gipo yoki normoxrom kamqonlik aniqlanadi. Qonning biokimyoviy
tahlilida yallig'lanish jarayoni faolligini aks ettiruvchi nospetsifik sinamalar —
disproteinemiya (gipergammaglobulinemiya, qon zardobida a2 -globulinlar,
fibrinogenning miqdori oshganligi), seromukoidning paydo bo'lishi, S-reaktiv oqsil
titrining yuqoriligi qayd etiladi.
Revmatoidli artritni tashhislashda qon zardobi va sinovial suyuqlikda revmatoid omilni
lateks-test ya Vaaler-Roze reaksiyasi yordaniida aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Bo'g'imlar rentgenografiyasi ulardagi suyaklar epifizlari osteoporozi, bo'g'im tirqishlari
torayishi, bo'g'im yuzalari naqshlanishi, epifizlarda mikrokistalami vujudga kelishini
aniqlash imkonini beradi. Og'ir hollarda suyaklami yarim chiqishlari va chiqishlari hamda
ulami deformatsiyalari va bo'g'im tirqishlarining butunlay jipslashib ketishi (ankiloz)
kuzatiladi.
Davolash. Davo choralari kasallikning rivojlanish mexanizmini to'xtatishga qaratilgan
bo'lib, ushbu maqsadda glyukokortikoidlar, aminoxinolin qatoridagi dorilar (delagil,
plakvenil), penitsillamin (kuprenil), a - o'sma nekrozi omiliga qarshi vositalar va
yallig'lanishga qarshi nosteroid preparatlar qo'llaniladi. Shuningdek, bemorlarga davo
gimnastikasi, fizioterapiya muolajalari (ko'rsatmalardan kelib chiqib) buyuriladi.
Profilaktikasi. Surunkali infeksiya o'choqlarini (og'iz bo'shlig'i sanatsiyasi, surunkali
tonzillit va surunkali otitlami) o'z vaqtida aniqlash va to'liq davolash revmatoidli artritning
muhim profilaktik choralaridan hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |