Foydalanilgan adabiyotlar
1.
T.G‘affarova. ”Boshlang‘ich ta`limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar”,-
T., 2011. 47 – bet.
2.
Lewy Itross, Bathory Z. The Toxonomy of Educational obyektiv in
Continental. Yevrop, Univ. of Chikago.1994.P.146 – 163.
599
ФИО автора:
Boymurodova Gulshod Odilovna
Navoiy viloyati Navoiy shahar 16 – AFCHO’IM boshlang’ich sinf o'qituvchisi
Название публикации:
«O’RTA MAKTAB BOSHLANG‘ICH SINFLARIDA
INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»
Annotatsiya:
Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang’ich
sinflarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayonida o’quvchilarni
faollashtirish uchun foydalaniladigan metodlar haqida fikrlar bildirilgan.
Tayanch iboralar:
o’rta maktab, innovatsion texnologiya, metod, dars, o’qitish
metodi, interfaol ta’lim.
Ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish uchun, avvalo,
darsning rejasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi
o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning ko‘nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini
aniq belgilab olishi lozim. Shuningdek, qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham
muhim ahamiyatga ega. O‘qitish metodi – ko‘zlangan maqsad, yoki rivojlantirilgan aniq
bir maqsadga erishish yo‘lidagi amallar ketma – ketligidir. “Interfaol ta’lim” – bu doimiy
muloqotga asoslangan metodlar tizimi, birgalikda o‘qish va faol ishtirok etishdir. Bu –
o‘zaro harakat, ya’ni hamkorlik asosida o‘qitish demakdir. Buyuk faylasuf Konfutsiy 2500
yil oldin shunday degan: “Eshitganimni yoddan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman,
mustaqil bajarsam tushunib yetaman”. Biz darslarda o‘quvchilar bilan birgalikda, juftlikda,
guruhlarda ishlashda juda ko‘plab interaktiv metod va mashqlardan “Guruhlarda ishlash”,
“Taqdimot” yangi mavzuni bayon qilishda “Kichik ma
‟
ruza”, “Rolli o‘yin”, “Aqliy
hujum”, “Charxpalak” metodlaridan va “Hamma, hammaga o‘rgatadi”, “Mevalar salati,”
“Impuls” “Hayot yo‘li”, “Vaziyatlar” “Aql charxi” “Shokolad yomg’iri” mashqlaridan
foydalanishimiz mumkin. Bunda o‘quvchilar ta’lim olish jaroyonida guruhlarda,
hamjihatlikda ishlaydilar, mustaqil bajaradilar va eslab qoladilar. Bunda birinchi navbatda
o‘quvchilarda – “do‘stona kelishuv” va hayotiy ko‘nikmalar shakllantiriladi. “Do‘stona
kelishuv” – intizom, faollik, o‘zoro hurmat, o‘ng qo‘l qoidasi, ijodkorlik, ijodiy jarima,
reglament (aniq, qisqa, lo‘nda fikrni bayon qilish) “Hayotiy ko‘nikmalar” – muloqot qila
olish, ijodiy fikrlash, stress hоlatdan chiqib ketish, his – tuyg’ularni jilovlay olish,
muammolarni hal qila olish, o‘z – ozini tahlil qila olish, qaror qabul qilish, tanqidiy fikrlash.
O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lishda ham “kichik guruhlar ishi” metodidan foydalanish
mumkin. O‘quvchilarni guruhga bo‘lish jarayonida “enerjayzer” mashqlaridan foydalanish
mumkin. Bunda stol ustiga 3 – 4 xil mevalarning rasmlari teskari holda qo‘yiladi.
O‘quvchilar bu rasmlarni navbatma – navbat oladilar. Uzum rasmini olgan o‘quvchilar bir
guruh, pomidor rasmini olgan bolalar ikkinchi guruhni, olma rasmini olgan bolalar esa
uchinchi guruhni tashkil etadi. Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan joyga borib o‘tiradi. Bu
guruhlarda turli metodlardan foydalanib, munozarali masalalarni hal etishda, bahs –
munozaralar o‘tkazishda, yoki o‘quv rejasi asosida biror bo‘lim o‘rganib bo‘lingach,
600
umumlashtiruvchi darslarda qo‘llash mumkin. Bunday metodlarning barchasida ham
o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol
harakati nazarda tutiladi.
Quyida ana shunday metodlardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz.
“Charxpalak” metodidan ona tili darslarida “So‘z turkumlari” mavzusini mustahkamlashda
foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilarni istalgan metodingiz bilan guruhlarga bo‘lib
olishingiz mumkin. Bu metod o‘quvchilarni juftlikda ishlashga, bir – birining fikrini
tinglashga, so‘z turkumlarini farqlay olishiga, ijodiy fikrlashga, barcha o‘quvchilarning faol
qatnashishlariga yordam beradi. “Hamma, hammaga o‘rgatadi” mashqidan foydalaish
boshlang‘ich sinflarda ham qo‘l keladi. Buni barcha fanlarga moslab o‘tkazish mumkin.
Matematikada mustahkamlash darslarida o‘qituvchi mavzularga doir ma’lumotlarni
qisqacha yozib keladi. Masalan, uzunlik birliklariga millimetr, santimetr, detsimetr,
kilometrlar kiradi. Hamma tomonlari teng to‘rtburchak kavadrat deyiladi va hokazo. Bu
ma’lumotlar o‘quvchilarga tarqatiladi.
Ular o‘zlaridagi ma’lumotlarni o‘qib, o‘rganadilar. Ma’lum vaqtdan keyin yonidagi
o‘rtog‘i bilan bir – birining ma’lumotini o‘rganadi. Belgilangan vaqt tugagach, 4 ta
o‘quvchi bir biriga ma’lumotlarini o‘rgatadilar. O‘qituvchi tomonidan vaqt belgilanib, vaqt
tugaganligi, endi yonidagi sherigiga o‘rgatishini eslatib, aytib boradi. Mashq tugagach,
o‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi mumkin: ushbu mashq
sizga nimasi bilan yoqdi va nimalari foydali bo‘ldi? Bu mashqda siz uchun nima osonroq
bo‘ldi, o‘zingiz o‘qib o‘rganganingizmi yoki boshqaga ma’lumot berganingizmi? Bu
mashq orqali o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni yodga oladilar. O‘zlashtirmagan o‘quvchilar
bo‘lsa, ular ham bilib oladilar.
“Aql charxi” usulida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, nutqi
rivojlanadi, tez va to‘gri javob berish malakasi shakllanadi. Bu mashqda ikki yoki uchta
o‘quvchidan iborat guruhlar ishtirok etadi. Birinchi o‘quvchi mavzuga oid terminlardan
birini aytadi, ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchi aytgan terminni qaytaradi va o‘zi ham
bitta
termin
aytadi.
Uchinchi
o‘quvchi
avvalgi
ikkita terminni qaytaradi va bitta termin qo‘shib aytadi. Navbat birinchi o‘quvchiga keladi.
Qaysi o‘quvchi adashib ketsa yoki, aytilgan terminni qaytarib aytsa, o‘yindan chiqadi. Bu
o‘yinni tashkil etishda – maqsad aniq bo‘lishi va o‘quvchilarning qaysi bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallashlariga e’tibor qaratilishi lozim. Masalan: “Ot” so‘z turkumiga tegishli
so‘zlarni
ayting:
Ta’lim – tarbiya jarayonida dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilar bilimini
mustahkamlash, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishda innovatsion
texnologiyalar va interaktiv metodlarni qo‘llash bilan birgalikda turli ko‘rgazmali
qurollardan
foydalanish
maqsadga
muvofiqdir.
Bunda ayniqsa qo‘lda, ijodkorlik bilan tayyorlangan ko‘rgazmalar muhim ahamiyat
kasb etadi. Masalan, ana shunday ko‘rgazmalardan biri oddiy daraxt shoxining rasmi
chizilgan plakat bo‘lib, uning shoxlariga gullarni, qushlarni, mevalarni joylashtirish
mumkin. Bu qo‘lda tayyorlangan ko‘rgazmadan barcha fanlarda o‘z o‘rnida foydalanish
mumkin. Bu ko‘rgazma orqali o‘quvchilar fanlarning bir – biriga o‘zaro bog‘liqligini,
601
vatanning muqaddasligini, tabiatni sevishni, jonivorlarni asrashni o‘rganadilar. Quyida ana
shunday ko‘rgazmalardan namuna keltirilgan: Masalan, matematika darslarida gullardan
foydalanganimizda mashqni shunday davom ettirish mumkin. Gullarning bir tomoniga
matematika faniga oid savollar yozilgan bo‘ladi, ikkinchi tomoniga esa bo‘g‘inlar yozilgan
O‘quvchilar gullarning bir tomoniga yozilgan matematikaga oid savollarni o‘qiydilar va
bo‘g‘inli tomonini daraxt shoxiga qistiradilar. “Kimki savollarga to‘g‘ri javob bersa,
daraxtning gullashiga yordam beradi.” – degan gaplar o‘qituvchi tomonidan aytiladi. Shu
tariqa daraxt shoxlaridagi gullarda bo‘g‘inli so‘zlar hosil bo‘ladi.
Xullas, darslarning samaradorligini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajalarini
boyitishda darslarda turli interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi.
O‘quvchilarda bilimga ishtiyoq uyg‘otadi. O‘quvchilar darsga puxta hozirlik ko‘rishga
intiladilar. Bunday usullar darsning qiziqarliligini va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarni
ta’lim jarayonining faol sub’yektlariga aylantiradi. O‘quvchilarning mustaqil bajarib,
tushunib yetishlari uchun turli interaktiv metodlar va mashqlardan foydalanishimiz
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |