Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
Normurodova Gulnora Ikromovna 
Jizzax Davlat Pedagogika Instituti 
1-bosqich magistranti

Название публикации:
«XOTIN-QIZLAR O'RTASIDA IJTIMOIY-MA'NAVIY 
MUHITNI SOG'LOMLASHTIRISHNI TASHKIL ETISH» 
Anotatsiya: Bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy turmushini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar 
yaratishga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida 
Xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi. Bugungi kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-
singillarimizga tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta'minlash yuzasidan amaliy 
yordam ko'rsatilmoqda. Shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida 21 ming 500 nafar qiz qisqa muddatli 
kasb-hunar kurslarida o'qitildi. Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan 
ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko'payib, ular tomonidan minglab yangi ish o'rinlari barpo 
etilmoqda. 
Kalit so'zlar: mikromuhit; makromuhit; qonun ustuvorligi; tadbirkorlik markazlari, xotin-qizlar; ijtimoiy-
ma'naviy muhit 
Ijtimoiy muhit - insonning yashashi va ishlashi uchun uni oʻrab turgan ijtimoiy, moddiy va maʼnaviy shar-
tsharoitlardir. Muhit keng maʼnoda (makromuhit) ijtimoiy-iqtisodiy tizimni — ishlab chiqaruvchi kuchlar, 
ijtimoiy munosabatlar va tartib-qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini oʻz ichiga oladi. 
Tor maʼnodagi ijtimoiy muhit (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, oʻquv va boshqa
guruhlardan iborat. ijtimoiy muhit shaxsning shakllanishiga va rivojlanishiga hal qiluvchi taʼsir koʻrsatadi. 
Ayni vaqtda insonning ijodiy faolligi, faoliyati taʼsirida ijtimoiy muhit oʻzgaradi, bu oʻzgarishlar jarayonida 
odamlarning oʻzlari ham oʻzgaradi. 
Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko'rki. Ayollar bilan hayotimiz go'zal va mazmunli, 
xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e'zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi 
farovon. Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to'laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shu bois mamlakatimizda 
xotin-qizlarga munosib shart-sharoitlarni yaratib berish, ularni hayotdan rozi bo'lishlarini ta'minlashga 
alohida e'tibor qaratilmoqda. 
O‘tgan qisqa davrda aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha “mahalla — sektor — Xalq 
qabulxonasi — mahalla” tamoyili asosida samarali hamkorlik tizimini joriy etish, mahallani xalq bilan davlat 
o‘rtasida ishonchli “ko‘prik” bo‘lishini amalda ta’minlash, oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida 
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, fuqarolar yig‘inlariga xos bo‘lmagan funksiyalar 
yuklatilayotganligi, ularning boshqa quyi idoralar bilan hamkorligi tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi, oila, xotin-
qizlar va keksalarga yordam ko‘rsatishning yaxlit tizimi mavjud emasligi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini 
olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar samarali natija bermayotganligi jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. 
Ma'lumki, 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi 
bo'yicha Harakatlar strategiyasi hamda uning asosida har yili qabul qilinayotgan Davlat dasturlarida xotin-
qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni davlat va jamiyat boshqaruvidagi o'rnini kuchaytirish, 
xotin-qizlar, kasb-hunar kolleji bitiruvchi qizlarining bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng 


60 
jalb etish, oila asoslarini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga alohida 
e'tibor qaratilyapti hamda bu borada ko'plab chora-tadbirlar belgilanib, ularning ijrosi izchil 
ta'minlanmoqda. Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender 
tenglikni ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular 
uchun yangi ish o'rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor 
yo'nalishiga aylandi. Bugungi kunda mamlakatimizda erkaklar va xotin-qizlarga teng huquq va 
imkoniyatlarni yaratish, gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan huquqiy asoslar mustahkamlandi. 
Yurtimizda ayol rahbarlar — vazirlar, hokimlar, ishlab chiqarish birlashmalari, bank va kompaniyalar raislari, 
huquq-tartibot idoralarida, Qurolli Kuchlarimiz tarkibida mas'ul vazifalarda xizmat qilayotgan opa-
singillarimiz soni ortib bormoqda. Xotin-qizlar ham zimmalaridagi mas'uliyatni to'liq his etib, qaysi sohada 
bo'lmasin, samarali mehnat qilib, yurt ravnaqi, xalq farovonligiga o'zlarining munosib hissalarini qo'shib 
kelishmoqda. 
Ma'lumki, bugungi kunda xotin-qizlar manfaatlarini oila, mahalla va jamiyat manfaatlaridan ajratgan holda 
tasavvur etib bo'lmaydi. Ana shu masalalarni kompleks hal etish, bu borada davlat siyosatini yanada yuqori 
bosqichga ko'tarish yangi vazirlikning asosiy vazifasi sifatida belgilandi. 
Bugungi kunda xotin-qizlarning ijtimoiy turmushini yaxshilash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratishga 
davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, respublikamizning barcha hududlarida Xotin-qizlar 
tadbirkorlik markazlari tashkil etildi. Bugungi kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-singillarimizga 
tadbirkorlik, hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta'minlash yuzasidan amaliy yordam 
ko'rsatilmoqda. Shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida 21 ming 500 nafar qiz qisqa muddatli kasb-
hunar kurslarida o'qitildi. Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'ygan ayollar soni 
bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko'payib, ular tomonidan minglab yangi ish o'rinlari barpo etilmoqda. 
Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar profilaktikasi xotin-qizlar masalalari bo'yicha bo'linmalari tomonidan 
mahallalarda ijtimoiy muhit barqarorligini ta'minlash, aholi, shu jumladan xotin-qizlar o'rtasida 
huquqbuzarlik va jinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, oilalarda 
sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ularga xotin-qizlar 
qo'mitasining boshlang'ich tashkilotlari, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari huzuridagi asosiy 
yo'nalishlar bo'yicha komissiyalar va boshqa tashkilotlar ham ko'maklashib kelishmoqda. 
Namangan shahridagi Yoshlar markazida xotin-qizlar o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni 
muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat targ‘ibot guruhi hamda Namangan shahar va tumanlar otinoyilari 
ishtirokida muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda ayollar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish bo‘yicha targ‘ibot guruhi a’zolari vazifalari 
tushuntirildi. Ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Targ‘ibot guruhlari hududlarda xotin-qizlar 
o‘rtasida diniy vaziyatni sog‘lomlashtirish, mutaassib g‘oyalar tarqalishining oldini olish hamda otinoyilar 
faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi. Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni 
sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va ularning joylarda to‘y va ma’rakalarni ixcham, kamxarj va 
risoladagidek o‘tkazishda oilalarga yaqindan maslahat berish amaliyotini yanada kuchaytirishga alohida 
to‘xtalib o‘tildi.
Mamlakatimizda xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, ularning turli soha va 
tarmoqlarda o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, huquq va 
qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya qilinishini ta’minlash, onalik va bolalikni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlash, shuningdek, oila institutini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 


61 
Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan 
takomillashtirish maqsadida, shuningdek, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni inobatga olgan 
holda: 
1. Quyidagilar O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: 
birinchidan, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini 
ta’minlash, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularning mamlakat ijtimoiy-
siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish; 
ikkinchidan, xotin-qizlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy 
ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarning, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan ayollarning manzilli ro‘yxatlarini 
tuzish, ularga ijtimoiy-huquqiy, psixologik va moddiy yordam ko‘rsatish; 
uchinchidan, xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, xotin-qizlarni, ayniqsa, 
qishloq joylardagi yosh qizlarni oilaviy va xususiy tadbirkorlikka, hunarmandchilikka keng jalb etish 
masalalarida har tomonlama manzilli qo‘llab-quvvatlash; 
to‘rtinchidan, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, birinchi navbatda, 
huquqbuzarlikka moyilligi bo‘lganlar bilan yakka tartibda ish olib borish hamda jazoni ijro etish 
muassasalaridan ozod qilingan xotin-qizlarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashishi bo‘yicha chora-
tadbirlarni amalga oshirishda davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan yaqin hamkorlikni 
ta’minlash. 
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og'ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, 
nogironligi bo'lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to'liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini 
yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori 
asosida Xotin-qizlar va oilani qo'llab-quvvatlash jamoat fondi mablag'lari hisobidan har yili respublika 
bo'yicha mingdan ziyod og'ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo'lgan, uy-joyga muhtoj xotin-
qizlarga berilgan uylarning 10 foizlik boshlang'ich badal to'lovlari to'lab berilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, 
xotin-qizlar hamisha davlat e'tiborida, e'zozu ardog'ida. Chunki ayol o'zini baxtli his qilsa, jamiyat baxtli 
bo'ladi, oilada ma'naviy muhit barqarorligi ta'minlanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-fevraldagi PF-5325-son Farmoniga 
6-ILOVA 
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PF-5938-son Farmoniga 
2-ILOVA 
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-martdagi PF-6188-sonli Farmoni tahririda — Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son) 
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini 
yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son) 


62 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish