ФИО авторов:
Mamajonova Gulnoza To‘ychiboyevna
Quvasoy shahar XTB tasarrufidagi
27-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Talabjonov Bunyodbek Saidahmad o‘g‘li
Farg‘ona Davlat Universiteti
tarix fakulteti 2-bosqich magistri
Название публикации:
«FARG’ONA VILOYATIDA TURIZM SOHASINI
RIVOJLANTIRISH BORASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLARGA
DOIR»
Rivojlangan mamlakatlar turizm industriyasida ichki turizmni o’sish tendensiyalari
bo’yicha ilgarilab bormoqda. Mazkur yonalishning rivojlanishi hududlarning tabiiy
sharoiti, unda sayyohlik ob’yektlarining mavjudligi bog’liq albatta.
Shuni aytish joizki, bugungi kunda dunyoning rivojlangan har bir mamlakati
tashqi imidjini yaratishda turizm sohasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Bu soha
qanchalik tezlik bilan rivojlansa mamlakatning dunyo hamjamiyatida ijobiy ma’noda
diqqat markazda bo‘lishini ta’minlaydi. Bu orqali mamalakatga tashrif buyuruvchi
turistlar va investorlarning kirib kelishi sezilarli darajada o‘sadi.
Mamlakatimizda ekoturizm, agroturizm, ziyorat turizmi, sport turizmi
yo’nalishlarini rivojlantirish, turistik xizmat ko’rsatish sifatini oshirish, madaniyatli
transport xizmat ko’rsatish bo’yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda.
O’zbekistonda turizm sohasini rivojlantirshning huquqiy asoslari yaratilgan.
Xususan , O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PF-6199-son
“Turizm , sport va madaniy meros sohalarida davlat boshqaruv tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni
1
, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 6-apreldagi PQ-5054-son “Turizm va sport vazirligi faoliyatini
tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori
2
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
1
https://lex.uz.
2
https:// lex.uz.
56
15-yanvardagi PF-52-son Turizm , madaniyat va madaniy meros va sport sohalarini
yanada rivojlantirsh uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi farmoni
3
,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-yanvardagi PQ-75-son “Turizm
va sport vazirligining tuzilmasiga qisman o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktabrdagi “Turizm, madaniy
meros va muzeyshunoslik sohalarida malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizmini
yanada
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik
jihatdan tartibga solish agentligi Bosh direktorining 2021-yil 3-iyuldagi 05-1246-son
“Turizm xizmatlari. Joylashtirish vositalari. Umumiy talablar. Davlat standatlarining
“A” ilovasiga o’zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i
4
va boshqa
meyoriy hujjatlar qabul qilingan.
Hozirda respublikamizning har bil viloyatida “Turizm va sport bosh
boshqarmalari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, Farg‘ona viloyati “Turizm va
sport bosh boshqarmasi” tomonidan viloyatda turizm salohiyatini oshirishga qaratilgan
qisqa, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan yaxlit konsepsiya qabul qilingan, Turizm
resurslarini saqlash va rivojlantirish yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlari
bilan hamkorlik, turizm salohiyatini rivojlantirish, turizm rivojlanishiga to‘sqinlik
qilayotgan g‘ovlarni bartaraf etish, turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini
rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish yo’lga qo’yilgan.
Xususan, Farg‘ona viloyatining turistik salohiyatini oshirish maqsadida 5 ta
zamonaviy mexmonxona (287 o‘rin), 43 ta oilaviy mehmon uylari (321 o‘rin), 110 ta
xostel (312 o‘rin ), 1 ta turistik sinfga mansub avtobus, 4 ta tur-operatorlar tashkil
etilgan. Viloyatning turistik manzilgohlarini keng targ‘ibot etishda 500 ga yaqin
mahalliy ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va bloggerlar orqali turli
targ‘ibot ishlari olib borilib, viloyatning turizm sohasidagi imkoniyatlari, yaratilgan
sharoitlar taqdim etilayotgan yengilliklar bo‘yicha keng yoritildi
5
.
3
https://lex.uz.
4
https://lex.uz.
5
Farg‘ona
viloyati
Turizm
va
sport
bosh
boshqarmasi
tomonidan
2021 yil yanvar-sentyabr oylarida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisoboti // Joriy arxiv. 2021-yil.
57
Hozirgi kunda viloyatning shahar va tuman hokimliklri bilan birgalikda har bir
tuman va shahar turizm salohiyati va resurslaridan kelib chiqib hududga turistlarni jalb
qlish bo‘yicha tumanlar kesimida turizm yo‘riqnomalari ishlab chiqilgani ichki
turizmning ravnaqiga xizmat qilmoqda.
Farg‘ona tumanida joylashgan “Avval” turizm qishlog‘ida turizm
infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan umumiy qiymati 1883,3 mlrd. so‘mlik
loyiha amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Jumladan, loyihaga 700 mln. so‘m turizm
axborot markazi qurilish, turizm qishlog‘i va yangi kichik xiyobonning 2,2 km
yo‘llarini tamirlashga 509,3 mln so‘m, ichimlik suvi va suvoqava tashkil etish uchun
674 mln. so‘m ajratilishi ko’zda tutilgan. Loyihaga ko‘ra, hududda qo‘shimcha
ravishda wi-fi zonalar, bio xojatxona, selfi obyektlari va yana bir qancha qo‘shimcha
obyektlarning barpo etilishi sayyohlarning mazmunli dam olishiga imkon yaratib
beradi.
Farg’ona viloyatining yana bir madaniy meros obyekti joylashgan Quva tumani
Toshkent M.F.Y hududidagi “Quva shahristoni”dir. Ushbu hudud o‘zining tarixiyligi
bilan qimmatli ahamiyatga ega. Turizm salohiyatini oshirish uchun “Quva
shahristoni”da keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirishni ko‘zda tutuvchi loyihalar
ishlab chiqilgan. Xususan, umumiy maydoni 14 gektardan iborat “Quva shahristoni “
hududining shimoliy-g‘abida yangi obyekt, ya’ni “Farg‘ona vodiysi dinlari muzeyi”
tashkil etish, mudofaa devoriga tutashgan holda “Qoraxoniylar arki” kirish qismi,
Ahmad al-Farg`oniy ramziy maqbarasi va zarbxona qurilishiga 7 mlrd. so‘m, “Quva
shahristoni “ 3,3 km uzunlikdagi aylanma yo‘lni qurish uchun 848,8 mln so‘m, yangi
quriladigan obyektlarni elektirlashtirish va chiroqlashtirish uchun 600 mln so‘m, yangi
va mavjud obeyktlarga ichimlik suvi, suvoqava va sug‘orish ta’minoti yaratish uchun
584 mln so‘m, jami 9,33 mlrd so‘m mablag‘lar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu
loyihalarning amalga oshirirlishi Farg‘ona viloyatining ichki va tashqi turizm
salohiyatini sezirali darajada oshishiga hissa qo‘shadi.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, bugungi kunda turizm sohasiga
qaratilayotgan e’tibor mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy,
58
madaniy sohalardagi islohotlar bilan chambarchas bog’liqdir. Turizm rivojlangan
hudud aholisining bandligi ta’minlanadi va daromadlari ortadi.
Farg’ona viloyatida joylashgan madaniy meros ob’ektlarida turizm
infratuzilmasi, serviz ximati yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi turizm sohasi bo’yicha
e’tibor qaratilishi zarur bo’lgan vazifalar qatoriga kiradi.
59
Do'stlaringiz bilan baham: |