Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti 
universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi

Yoqubova Nilufar Sherali qizi 
Название 
публикации:
«AHMAD 
YASSAVIYNING 
PEDAGOGIK 
QARASHLARI» 
Anotatsiya: Yassaviy inson hayotidagi katta kurashni — nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash
hisoblaydi. Nafsdan ustunlikka erishgan g’aribni shoh o’rnida ko’radi. Yassaviyning ta’limoticha, nafs -
ichki, lekin juda katta dushman. Nafs insondagi butunlikni sindiradi. Uning amrlaridan ma’naviy
osoyishtaliklar bardam topadi. Shu bois «nafsni tepib mehnat yetsa rohat» anglamog’i kerak. Demak, inson 
nafsni o’zidan yiroqlatib, mehnatga berilsa, bu uning uchun rohatdir. Inson mehnatni rohat deb anglamog’i 
kerak. Yassaviy hikmatlarini diyonat ziyosi va iymon shafqati ichdan nurlantirib turadi.
Kalit so'zlar: tasavvuf; bags; rahm-shafqat; adolatsizlik; riyokorlik. 
Tasavvuf ta’limoti pedagogik g`oyalar taraqqiyoti bilan uzviy bog`liq, tasavvufdagi asosiy g`oyalar hozirgi 
pedagogik nazariya va amaliyotining ham muhum qirralari bo`lib hisoblanadi. 
Ma’lumki, insonni tarbiyalaydigan har qanday voqelik pedagogik unsurdir. U xoh buyum bo‘lsin, xoh yirik 
ta’limot, maqsadi tarbiyalash, yaxshilik va ezgulikka chorlash, diniy yo dunyoviy bilim berish bo‘lsin 
mohiyatan pedagogikaga uyg‘un hisoblanadi. Aynan shunday ezgu g‘oyalarni o‘zida mujassamlashtirgan, 
Sharq pedagogikasi tarixiga ulkan hissa qo‘shgan shaxslardan biri mutasavvif Xoja Ahmad Yassaviydir.
Ahmad Yassaviy turkiy tasavvuf she’riyatining atokli vakili. U «Devoni hikmat» asari bilan jahonning bir 
necha mamlakatlarida ma’lum va mashhur bo’lgan. Yassaviyning tug’ilgan yili aniq ma’lum emas. Lekin
ilmiy adabiyotlarda vafoti 1166-1167 deb ko’rsatiladi. Yassaviy Sayramda tavallud topgan. Keyinchalik shoir 
tug’ilgan yerini «ul muborak Turkistondin» deb ta’riflagan. Otasi Shayx Ibrohimdan yetti yoshida yetim
qolgan. Dastlabki tahsilni Yassida mashhur turk mashoyixi Arslonbobdan olgan. Arslonbobo vafotidan 
so’ng, u tahsilni Buxoroda Yusuf Hamadoniy qo’lida davom ettirgan. Yassaviy o’z asarlarida insonni
ulug’langan, insonni ulug’likka chorlagan. Uning uqtirishicha, inson haqiqat qarshisida tik tura olishi,
o’zligi qarshisida ham qomatini bukmasligi shart. Inson hayoti nechog’lik kulfat va mashaqqatlarga
to’la bo’lmasin, u komillikka intilishi shart. Komillikka intilgan odam ko’p kulfatlarni boshdan kechiradi, 
turli alam va iztiroblarga duch keladi. Ammo undagi abadiyatga bo’lgan ishonch ana shu qiyinchiliklarda
tug’iladi va u o’z murodiga erishadi. Yassaviy bu «haqiqatni daryosidin» deb ta’riflagan:
Haqiqatni daryosidin kechg’on kishi.
O’zi munglug’, ko’ngli yetuk, ko’zda yoshi.
Xorliq, zorlik, mashaqqatdir doim ishi,
Diydorini talab qilib topar, do’stlar.
Yassaviy islom dinining yirik namoyondasi sifatida «tuproq»ni Allohning munavvar nuri, suv - uning
yopyg’ hayoti, havo — buyukligi, olov uning g’azabi timsoli hisoblaydi. Shu ma’noda tuproq - Vatan. 
Tuproq necha yuz yillardan buyon ulug’ farzandlarini quchog’iga bosib kelayotgan mushfiq zamin. Shuning 


335 
uchun biz uni e’zozlab ona Vatan deymiz. Bu Vatan o’tmishda yashagan ajdodlarimizga onalik qilgan. Vatan
biz uchun va kelajak nasllar, avlodlar uchun xam Ona Vatandir.
Yassaviy:
Boshim tufrog’, uzim tufrog’, jismim tufrog’,
Haq vaslig’a yetarmen deb ruhim mushtoq.
— deb o'zining Vatan diydoriga bo’lgan sog’inchini izhor etgan. Demak, inson Vatan bilan uyg’un.
Shu tuyguga ega bo’lgan inson el-yurt ehtiromiga sazovordir.
Bunday insonni dunyo taniydi. Bunday qudratli zotlarni olam xam yengib, bosib o’tolmaydi.
Yassaviy o'zining diniy-axloqiy qarashlarida yomonlik, nodonlik, jaholatlik, molparastlik illatlarni
qoralaydi, «ko’ngli qattiq xaloyiqni» shafqatli bo’lishga, g’arib va yetim mazlumlarga ozor bermaslikka 
da’vat etadi. U deydi:
G’ariblarni ko’rgan yerda og’ritmangiz,
G’ariblarga ochig’lanib so’z qotmangiz,
Zaif ko’rib g’apublapg’a tosh otmangiz,
Bu dunyoda g’aribliktek balo bo’lmas.
Yassaviy inson hayotidagi katta kurashni — nafsni taslim etishga xizmat qiladigan kurash hisoblaydi.
Nafsdan ustunlikka erishgan g’aribni shoh o’rnida ko’radi. Yassaviyning ta’limoticha, nafs - ichki, lekin
juda katta dushman. Nafs insondagi butunlikni sindiradi. Uning amrlaridan ma’naviy osoyishtaliklar
bardam topadi. Shu bois «nafsni tepib mehnat yetsa rohat» anglamog’i kerak. Demak, inson nafsni o’zidan 
yiroqlatib, mehnatga berilsa, bu uning uchun rohatdir. Inson mehnatni rohat deb anglamog’i kerak. Yassaviy
hikmatlarini diyonat ziyosi va iymon shafqati ichdan nurlantirib turadi. Alloh qahru g’azablaridan
qo’rqmay odamlarga ranj yetkazib, ko’zlaridan yoshlar oqizuvchi bag’ritoshlarga u imonsizlar deb
qaragan, odamlarni iymonli bo’lishga chorlagan. Yassaviyning fikricha, na musulmon, na kofirga, xech 
birovga ozor bermaslik kerak.
Sunnat ermish, kofir bo’lsa, berma ozor,
Ko’ngli qammug’ dilozordan xudo bezor. — deydi Yassaviy. Yassaviyning hikmatlarida ifodalangan Vatan,
inson kamoloti, iymon, diyonat, nafsga berilmaslik, rahm-shafqatlilik haqidagi axloqiy-falsafiy fikr-
g’oyalar hozirgi yoshlar tarbiyasida ham qimmatli qadriyat bo’lib, ular milliy pedagogikamizga 
qo’shilgan katta hissadir.
Ahmad Yassaviyning asarlari tasavvuf g‘oyalarini omma ko‘ngliga chuqur singdirishga qaratilgan. Abdurauf 
Fitratning ta'kidlashicha, Yassaviyning «adabiyotda tutgan yo‘li sodda xalq shoirlarimizning tutg‘on yo‘lidir... 
Uning hikmatlari vaznda, qofiyada, uslubda xalq adabiyoti atalgan she'rlar bilan barobar».Yuqorida 
ta’kidlanganidek, Ahmad Yassaviy merosida uning “Hikmat” nomi bilan yuritilgan she’rlar to‘plami zalvorli 
o‘rin egallaydi. Mazkur she’rlar to‘plami adabiy muhitda “Devoni hikmat”nomi bilan mashhur. Shuningdek, 
uning pedagogik qarashlari «Rasoil» («Risolalar») asarida ham aks etgan.«Yassaviya» tariqatining barcha 
aqidalari Ahmad Yassaviyning asosiy asari bo‘lmish «Hikmat»da mufassal bayon etilgan. XII asrdagi 
turkiyzabon she'riyatning ajoyib namunasi bo‘lgan, keyingi davrlardagi turkiy adabiyotga katta ta'sir 
ko‘rsatgan «Hikmat» asarida «Yassaviya» ta'limotidagi poklik, halollik, to‘g‘rilik, mehr-shafqat,


336 
o‘z qo‘l kuchi, peshona teri va halol mehnati bilan kun kechirish, Alloh taolo visoliga yetishish yo‘lida Insonni 
botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg‘or umuminsoniy qadriyatlar ifoda etilgan. 
Ahmad Yassaviy hikmatlari mavzu jihatidan rangbarang. Ularni chin dildan oʻqib, anglashga harakat qilinsa, 
o‘quvchi “Inson” degan mavjudotni kashf eta boshlaydi, oʻz-oʻzini taftish etadi. Bu “kashfiyot” (oʻz-oʻzini 
anglash) o‘quvchini asta-sekin oʻtkinchi hoy-u havaslardan uzoqlashtiradi, mohiyatga yuzlantiradi. 
Odamlikka undaydi. . Bu undashlarning bir uchi Yassaviy hikmatlari tilining sodda va xalqchilligiga borib 
tutashsa, ikkinchi uchi kuchli badiiy ifodalar bilan qalbga kirib borish, she’rxonni ham ma’naviy ham badiiy 
tarbiyalashda ko‘zga tashlanadi. Yassaviy hikmatlarida ilmga intilish,bilimga,ma’rifatga chorlash yetakchilik 
qiladi, misralarda ilmli kishilarning qadri baland bo‘lishi bot-bot uqtiriladi: 
Ey do‘stlarim, oriflar xolis suhbat etorlar, 
Ul suhbatda ma'rifat durlarini sochorlar. 
**************************************** 
Haq-nohaq(ni) bayonini olim bilur, 
Halol-harom farqin omi qoydin bilur?! 
Olimlardin omilar ko‘b foyda olur, 
Bu dunyoda yaxshi otin qo‘llar, do‘stlar. 
Yassaviy nuqtai nazarida hikmat — «ilmi laduniy», ya'ni ilmi g‘aybu haqoyiq va ilohiy sirlarni kashf aylash 
mazmuniga ega. Ahmad Yassaviy aynan shu kashfiyotni qila olgan va bu yo‘lda uchragan har qanday 
adolatsizlik, riyokorlikni keskin qoralagan.
Xususan, uning “Rasoil” asarida quyidagi jumlalar uchraydi: shunday osiy va xofiy shayxlar chiqadurki, alar 
shayton alayhil-l-la'naga ustozlik qilurlar, barcha xalq ularga (ipsiz) bog‘lanurlar va alar firibgarlik ila 
muridlarni ovlayurlar. Ushal osiy shayxlar muridlaridan mol-pul undirurlar va alarning ko‘ngillari kufru 
zalolatdan qutulolmas. Andoq pirlar kofir va zolimlarga xayrixoh bo‘lurlar va sovg‘a-salom bermaganlarni 
pisand etmaslar va alar uchun shariat qonunlarining qadri sariq chaqacha bo‘lmas. 
Yuqoridagi fikrlar ,o‘z davrining shayxlarigagina tegishli bo‘libgina qolmay, har qanday davr pedagoglarini 
tarbiyalash va ustoz shaxsini shakllantirish masalalariga ham taalluqlidir.Yassaviy ayrim shayxlar kabi mol-
dunyo to‘plashga mutlaqo qiziqmaganini, kambag‘alparvar va g‘aribparvar bo‘lib yashaganligini uning ba'zi 
bir hikmatlaridan ham bilsa bo‘ladi. Mol-dunyoga, boylikka va davlat orttirishga mukkasidan ketgan, xasis va 
ochofat kishilarni Yassaviy beayov tanqid qiladi: 
Beshak biling bu dunyo barcha xalqdan o‘taro, 
Ishonmag‘il molingga, bir kun qo‘ldan ketoro,
Oto, ono, qarindosh qayon ketdi, fikr qil,
To‘rt oyoqlik cho‘bin ot bir kun sango yetoro. 
Yuqoridagi misralarga uyg‘un ravishda shoir insondagi ruhiy boylikni muqaddas tutadi. Illatlar ichida eng 
xavflisi nafsdir, deydi: 
Nafsim meni yoʻldan urib xor ayladi, 
Termultirib xaloyiqgʻa zor ayladi.
Darhaqiqat, nafs har qanday illatning boshlanishiga sabab bo‘ladigan insondagi ruhiy-ma’naviy jihatlardan 
biridir. Uni yoshlikdanoq tarbiyalash, illat emas, fazilat sifatida shakllantirish muhim ijtimoiy , pedagogik 
vazifa sanaladi. Sharqona ta’limning maqsadi faqat bilim emas, balki axloqan yetuk shaxsni ham 
tarbiyalashdir. Ahmad Yassaviy hikmatlari aynan shu maqsadda xizmat qiladi. Ahmad Yassaviy nodonlik 
tufayli hayotda savodsizlik, diyonatsizlik, ota-ona va ustozlarga hurmatsizlik, ma'naviy qashshoqlik, yovuzlik, 
takabburlik, nodon insonning eng tuban shaxs ekanligi, nodonlik, razolat hukm surgan joyda, ma'rifat 
bo‘lmagan o‘lkada mamlakatning inqirozga yuz tutishini alohida qayd etib o‘tadi. Shoir ma’rifatli insonlarni 
har satrida qadrlaydi, ularni ehtirom bilan tilga oladi: 
Haqiqatning daryosidin guhar olg‘on, 


337 
Ma'rifatning maydonida javlon qilg‘on. 
Kuyub-pishib ich bag‘rini o‘tqa solg‘on, 
Ondog‘ oshiq alif qaddin duto qilsun. 
Ahmad Yassaviy hikmatlarini ko‘zdan kechirar ekanmiz, ular asosida barcha insoniy fazilatlarni 
shakllantirish, ma’rifatni targ‘ib etish va ziyoli insonlarni ulug‘lash, asosiysi, komil insonni tarbiyalash g‘oyasi 
ilgari surilganiga guvoh bo‘lamiz. Komil inson tarbiyasi esa har qanday davr pedagogikasining birlamchi 
maqsadi bo‘lib qoladi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Насафий. Хожа Аҳмад Яссавий –Тошкент:Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1993 
2. Zunnunov A. Pedagogika tarixi. –Toshkent: “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh 
tahririyati , 2004 
3. Аҳмад Яссавий. Ҳикматлар.-Тошкент: Ғафур Ғулом , 1993. 


338 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish