Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
Yusupov T. O`zbek adabiy tilining leksik-semantik va stilistik xususiyatlari.
Toshkent, 1986
2.
Tursunov T., Aliev A., O`rinboev B. O`zbek adabiy tili tarixi. Toshkent,
1995.
3.
Quronov D. Adabiyot nazariyasi asoslari. T.: Akademnashr. 2018. – 480 b.
4.
Mythopoetic Images IN Shukur Kholmirzaev’s Stories.S.Mamayusupova
European Journal of Molecular &Clinical Medicine 2020
320
ФИО авторов:
Abduvaliyeva Aziza, Husanova Mashhura
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat
O‘zbek tili va adabiyoti universteti talabasi
Название
публикации:
«O‘ZBEKISTONDA
HUJJATCHILIKNING
SHAKLLANISH TARIXI»
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida hujjatchilik tarixi shakllanishi haqida
ma’lumot beriladi. Shuningdek, hujjatlarning tarixiy va o‘lmas ahamiyati haqida so‘z
boradi.
Kalit so‘zlar:
hujjtchilik, hujjatchilik tarixi, xattotlar, mirzalar, o‘rta asrlar
hujjatchilik davri
Insoniyat yaralibdiki, ichki va tashqi har qanday masalalarda bugungi kunga qadar
hujjatlarga ehtiyoj sezadi. Hujjat o‘zi nima? U qanday dasturiamalki, hatto hozirgacha
o‘zining qadr-qiymatini yo‘qotgani yo‘q. Bizningcha, hujjat – ko‘pgina
muammolarning kaliti, yechimini izlayotgan muammolarning bartaraf etilishidir.
Sababi, u nafaqat davlatlar ichidagi, balki davlatlararo munosabatlarda ham o‘zining
ijtimoiy, siyosiy, ma’rfiy, madaniy va boshqa bir qator vazifalarini bajara oladi.
“Hujjat” so‘zining lug‘aviy ma’nosi arabchadan olingan bo‘lib, “qayd qilish”,
“tasdiqlash” degan tushunchani ifodalaydi. Demak, qayd qilingan, tasdiqlangan ushbu
omillar hayotimizning yengillashiga, ayrim muammolarimizning tez va oson bartaraf
bo‘lishiga sabab bo‘lar ekan. Manbalarga ko‘ra, ilk hujjatlar miloddan avvalgi XVIII
asrda Bobil davlati hukmdori Xammurapi davrida shakllantirilgan. Bu davrda hujjatlar
tosh ustunlarga bitilgan, va albatta, bu aholining barcha qatlami uchun birdek
ahamiyatli bo‘lgan. Sharq xalqlarida ham hujjatchilik davlatlar rivojlanishi bilan
takomillashib borgan. X asr yozma manbalarining guvohlik berishicha, ayni shu
davrda yozilgan ko‘plab hujjat namunalari bizgacha yetib kelgan. Ular turli xil buyum
va ashyolarga bitilgan. Masalan, daraxt po‘stlog‘iga, sopolga, toshga va hokazolarga.
321
Eng qiziqarli joyi shundaki, hujjatlar ayni bizning yurtimizda turli ko‘rinishdagi
yozuvlar paydo bo‘lishi va takomillashuviga sabab bo‘lgan. Masalan, ahamoniylar
sulolasi davrida bu yaqqol namoyon bo‘lgan. “Davlat mahkamalarida dastlab barcha
hujjatchilik ishlari oromiy kotiblari tomonidan oromiy tilida olib borilgan. Tuzilgan
hujjatlar Eron ma’murlariga og‘zaki tarjima orqali tasdiqlattirilgan. Bu kabi ish usuli
Eron saltanatining barcha satrapliklarida amal qilgan. Vaqt o‘tgan sari oromiy xattotlar
kamayib, ularning o‘rnini mahalliy kotiblar egallay boshlangan. Ularning aksariyati
endi oromiy tilini bilmaydiganlar edi. Natijada mahalliy kotiblar oromiy yozuvi
harflari bilan o‘z tillarida hujjat tuzish amaliyotini yo‘lga qo‘ya boshlaganlar. Shu yo‘l
bilan Markaziy Osiyoda parfiyoniy, xorazmiy, sug‘diy, baxtariy, o‘rta fors – pahlaviy,
keyinroq esa moniyviy, suryoniy, kxaroshtxi yozuvlari paydo bo‘lgan”. [Is’hoqov,
Alimova, 2020:67] Bundan ko‘rnadiki, hujjatlar nafaqat o‘z yaratilgan davri uchun,
balki kelajak avlod uchun ham xizmat qiladigan vositadir. Ayniqsa, qadimgi hujjatlarni
o‘rganish mobaynida hali o‘rganilmagan, fan uchun yangilik hisoblangan qanchadan
qancha sir-sinoatga duch kelishimiz mumkin.
“Qadimiy va ilk o‘rta asrlar Turon – Turkistonda mirzalarni tayyorlashga alohida
ahamiyat berilgan edi. Qadimgi Nisa shahar xarobalaridan topilgan hujjatlarda qariyb
o‘n nafar parfiyalik mirzalar nomi tilga olingan, ularda “shogird mirzalar” ham
eslatiladi”. [62 Axunjanov, 2011: 62] Demak, bundan ko‘rinadiki, o‘sha zamonlarda
ham hujjatchilik, hujjat tayyorlash ishlari naqadar mas’uliyatli va nozik vazifa bo‘lgan.
Hattoki shu ish bilan shug‘ullangan mirzalarning shogirdlari haqida ham bir qancha
ma’lumotlar uchraydi. Hujjatlarning naqadar ahamiyatga molikligini quyidagi
manbada ham ko‘rishimiz mumkin: “Ahamoniylar saltanati parchalanib, Xorazm,
Parfiya, Baqtriya, Sug‘d, Farg‘ona va Isfijobda mustaqil davlatlar tashkil topgandan
so‘ng ularda yozma hujjatlar, davlat farmonlari, og‘zaki ijodning boshqa
na’munalarini saqlash an’anasi qabul qilindi va davom ettirildi. Dastlab yozma
hujjatlar mazkur davlatlar podsholarining xazinalarida tilla yombilari, boshqa
qimmatbaho metall va toshlar hamda zeb-ziynatlar bilan yonma –yon saqlanar edi.
Asta-sekin g‘azna ajralib chiqdi va yozma hujjatlar bilan kitoblarni alohida tashkil
etilgan mahzanlarda, ya’ni kutubxonalarda saqlash an’anasi vujudga keldi”. [145
322
Axunjonov, 2011: 145] Hujjatlar shu qadar qimmatli bo‘lganki, ular hattoki podshoh
xazinasida saqlangan. Ayrim davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan hujjatlarning oltin suvi
yuritilgan qog‘ozlarga bitilgani ham ahamiyatga molik.
Olimlar tomonidan Xorazm hududidan topilgan hujjat namunalarida bir qancha
kishi nomlari aniqlangan. Va bu ayni damda onomastika sohasi rivojiga ulkan hissa
qo‘shgan. “Umuman olganda, hujjatlarning kesaklardagi izlarida 40 ga yaqin ismlar
saqlangan. Masalan, Abdak, Andak, Atrosak va boshqalar”. [71 Is’hoqov, Alimova,
2020: 71] Sug‘d yozma manbalari orasida Panjikent yaqinidagi Mug‘ qal’asidan
topilgan hujjat tarix uchun nihoyatda katta ahamiyatga ega. Sababi hujjatdagi asosiy
o‘rinlar arablarga qarshi ittifoq, ayni o‘sha davrdagi siyosiy va iqtisodiy muammolarga
bag‘ishlangan hamda xoqonlarning bir-biriga murojaatidan iborat. Bu tipdagi
hujjatlarda adresat va adresant nomlari keltirilmagan yoxud o‘ta maxfiy holatda
bitilgan.
O‘rta asrlarga kelib esa hujjatchilik boshqacha tus oldi. Sababi arablarning
bosqinidan so‘ng nafaqat xalqlarning hayotida, balki ularning hujjatlarida ham
ko‘pgina o‘zgarishlar vujudga kela boshladi. Bu davrda eng ko‘p tarqalgan hujjat turi
bu vaqf hujjatlaridir. “ Vaqf mulklari rasmiylashtirilgan hujjat “vaqfnoma” deb atalgan
hamda qozining muhrlari bilan qonuniylashtirilgan”. [Is’hoqov, Alimova 2020: 95]
Shuningdek, vaqfnomaning tuzilish jihati o‘ziga xos bo‘lgan. Hujjat Ollohga hamd va
Payg‘ambar Muhammad(s.a.v)ga salavot aytish so‘zlari bilan boshlangan va bu
keyinchalik an’anaviy tus olgan. Hujjatlar Buxoro va uning atofidagi katta va kichik
qishloqlarning tarixiy toponimikasi va topografiyasini o‘rganishda ham qo‘shimcha
ma’lumotlar beradi. Quyidagi qishloqlar – Farakan, Ushmiyun, Ibodi, Bidjugi,
Margzorcha, Zaxanjiza, Xavzi Arusonni, Fatxobod kasabasi, Farishun, Razina,
Kovokdiza, Kosara, Kushki Osiyoi Vobkand nomlari tilga olingan. Hujjatlarning
ahamiyatini qarangki, bu nomlardan ayrimlaridan hattoki bugungi kunga qadar
foydalaniladi. Demak, hujjatlar ayrim topografik nomlarning yo‘q bo‘lib ketmasligiga
sabab bo‘ladigan omillardan biri ekan.
323
Jahonga dong‘i ketgan buyuk sarkarda Amir Temurning “Temur tuzuklari” asari
hujjatchilikning eng yuksak namunasidir. Boisi, unda davlatni qay tartibda
boshqarishh, qo‘shin boshliqlarini qay tartibda tayinlash, mamlakatdagi siyosiy
ahvolni tartibga keltirish kabi dasturiamallarni o‘z ichiga olgan.
Xonliklar davri hujjatchilik tarixini o‘rganadigan bo‘lsak, ularda, asosan,
amaldorlarni ma’lum bir lavozim yoki mansabga tayinlash, soliq turlari, yer egaligi
turlari va xonliklarning chet el davlat elchilari bilan diplomatik munosabatlari o‘rin
egallagan.
Rus bosqini davrida O‘rta Osiyo hududidagi barcha arxiv hujjatlarini yo‘q
qilishga ko‘p urinishlar bo‘lgan. Ayrimlari markazga olib ketilgan. Mustamlaka xalq
ongiga esa “o‘lkada hujjatchilik umuman shakllanmagan” deb, singdirishga urinilgan.
Xullas, mustamlaka davrida nodir va qimmatbaho hujjatlarni asrash e’tibordan chetda
qolgan. Natijada, xalqimizga tegishli bo‘lgan qanchadan qancha hujjatlar izsiz
yo‘qolib ketgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, boshqa sohalarda bo‘lgani kabi
hujjatchilikda ham bir qator islohotlar o‘tkazildi. Xususan, davlat va nodavlat arxiv
fondlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi (O‘zMAF) ga aylantirildi. Va
ushbu sohaga doir bir qancha qaror va qonunlar ishlab chiqildi. Bugungi kunga kelib,
XXI asr talablariga javob bera oladigan yangi texnologiyalarning joriy etilishi
hujjatchilik rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda. 2019-yil 20-sentabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi” farmonga asosan arxiv ishiga nisbataan davlat nazorati kuchaytirildi,
hujjatlarni raqamlashtirish yo‘lga qo‘yildi. 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan
“Harakatlar strategiyasi” ga muvofiq O‘zbekiston Resoublikasi “O‘zarxiv” agentligi
tashkil etildi. Bundan ko‘rinadiki, bugungi hayotimizni hujjatlarsiz tasavvur qilish
qiyin. Shunday ekan, har birimiz hujjatchilik ishlariga qo‘ldan kelgancha hissa
qo‘shaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |