Международный научно-образовательный электронный журнал «образование и наука в XXI веке». Выпуск №25 (том 2)



Download 17,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/383
Sana23.05.2022
Hajmi17,93 Mb.
#607416
TuriСборник
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   383
Bog'liq
ОИНВ21ВЕКЕ. Апрель 2022. Том 2

ФИО автора
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat Oʻzbek tili va adabiyoti 
universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 2-kurs talabasi
Tursunova Umida Sattorjon qizi 
Название публикации:
«GURUH RAHBARINING SINFDAN TASHQARIDA
O'TKAZADIGAN ISH SHAKLLARI» 
Anotatsiya: Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan 
mutaxassislar rahbarligi ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va 
olib boriladigan ta`lim-tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib 
boriladigan, maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy 
ishlardan iboratdir. 
Kalit so'zlar: to'garak ishlari; viktorinalar; individual mashg'ulotlar; pedagogik g'oyalar. 
Sinfdan tashqari ishlar — umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻquv tarbiyaviy ishining tarkibiy qismi, 
oʻquvchilarning boʻsh vaqtini tashkil etish shakllaridan biri. Sinfdan tashqari ishlar oʻquvchilarni barkamol 
shaxs sifatida shakllantirish va ularni hayotga tayyorlashda keng imkoniyatlar yaratadi. Sinfdan tashqari 
ishlarga oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan va ularga tarbiya hamda bilim berishga qaratilgan turli xil 
mashgʻulotlar tizimi kiradi. Bunday mashgʻulotlar pedagogik jamoa, sinf rahbari, yoshlar tashkilotlari 
rahbarligi va bolalarning oʻz-oʻzini boshqarish tashkilotlari tomonidan darsdan tashqari vaqtda uyushtiriladi. 
Oʻquvchilarning sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oʻquvchilar saroylari, yosh texniklar, yosh 
tabiatshunoslar, yosh sayyohlar klubi va maktabdan tashqari boshqa muassasalar katta yordam beradi. 
Sinfdan tashqari ishlarning asosiy shakllari sifatida ommaviy ishlar (maktab klublaridagi tadbirlar, kecha, 
munozara va tanlovlar oʻtkazish, viktorina va koʻrgazmalar uyushtirish, tabiat qoʻyniga, maktab va 
muzeylarga ekskursiyalarga chiqish), toʻgarak ishlari (oʻquvchilarning turli toʻgaraklar, sport seksiyalari, 
ansambllardagi qatnashishlari), mustaqil ishlar (oʻquvchilarning sinfdan tashqari oʻqishi, kolleksiya toʻplashi, 
texnika, musiqa, tasviriy sanʼat, chizmachilik va sh.k. bilan mustaqil shugʻullanishi)ni koʻrsatish mumkin.
Sinfdan tashqari ishlar deganda – maktab o`qituvchilari yoki chetdan taklif qilingan mutaxassislar rahbarligi 
ostida maktabda darsdan tashqi vaqtda o`quvchilar o`rtasida yo`lga qo`yiladigan va olib boriladigan ta`lim-
tarbiya ishlari nazarda tutiladi. Maktabdan tashqari ishlar o`quvchilar bilan olib boriladigan, maxsus tashkil 
etilgan muassasalar tomonidan uyushtiriladigan ta`lim-tarbiya va madaniy ishlardan iboratdir. 
Bu ishlarni olib borish tartibi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” gi Qonunining II bob 17-
moddasi “Maktabdan tashqari ta’lim” ni tashkil etish masalasini aniq belgilab bergan: “Bolalar va 
o’smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun 
davlat organlari, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, madaniy-estetik, ilmiy, 
texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda maktabdan tashqari ta’lim muassasalarni tashkil etishlari 
mumkin”. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o’smirlar ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va 
markazlari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, san’at maktablari, musiqa maktablari, kutubxonalar, 
sog’lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi. 
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarga ta`lim-tarbiya jarayoning ajralmas 
tarkibiy qismidir. U darslarda olib boriladigan o`quv-tarbiya ishlarini mustahkamlab va to`ldirib borishi bilan 
birgalikda o`quvchilarni pedagogik ta`sir ostiga to`la ravishda jalb etishga hamda dars uchun ajratilgan vaqt 


343 
ichida amalga oshirilishi qiyin bo`lgan yoki butunlay iloji bo`lmagan bir qancha muhim tarbiyaviy vazifalarni 
hal qilishga yordam beradi. 
Qiziqish va intilishlarini darslarda, masalan, fizika darslarida, yetarlicha qondirish mumkin emas. Bu vazifani 
o`quvchilar bilan ularni qiziqtirgan masalalar bo`yicha darsdan tashqi mashg`ulotlar o`tkazish yo`li bilangina 
maqsadga muvofiq ravishda hal qilish mumkin.
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlarning mazmuni juda ham xilma-xildir. Bunga eng avvalo o`quvchilarning 
bilimlarini chuqurlashtirish va Kengaytirish, bilimlaridan amaliy va mustaqil ravishda foydalana bilishga 
o`rgatish, o`quvchilarni ijtimoiy foydali Mehnatga tayyorlab borish va shu bilan birga, ularga ijtimoiy-siyosiy 
tarbiya berish maqsadiga qaratilgan tadbirlarni uyushtirish kiradi. So`ngra o`quvchilarga badiiy tarbiya 
berish, ularning turli qobiliyat va iste`dodlarini o`stirish, o`quvchilarning sog`lig`ini mustahkamlash, jismoniy 
kuch-quvvatlarini rivojlantirish ishlari va nihoyat o`quvchilarning madaniy dam olishlarini uyushtirish bilan 
bog`liq bo`lgan mashg`ulotlar kiradi. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar har tomonlama kamol topgan inson tarbiyasining maqsad va vazifalariga 
muvofiq ravishda hamda o`quvchilarning tashabbuskorligiga tayanish asosida tashkil qilinadi va olib 
boriladi. Bundan tashqari o`quvchilarning yoshi, ularning qiziqish-havaslari ishning u yoki bu turiga 
tayyorgarlik darajalari hisobga olinadi. Buni ayniqsa ishning mazmuni va usulini belgilashda hisobga olish 
muhim ahamiyatga ega. Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarning kuchiga yarasha va ular uchun 
qiziqarli bo`lishi kerak. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilar tashkilotlari hamda ota-onalarjamoasiyordamiga suyangan 
holda olib boriladi. Bu ishlarning eng ko`p tarqalgan shakli quyidagilar: to`garak ishlari, ommaviy tadbirlar va 
o`quvchilarning mustaqil individual mashg`ulotlaridir. 
Sinfdan tashqari ishlarni o’z ichiga olgan to’garaklar quyidagi turlarga bo’linadi; 
• Fan to’garaklari; 
• Kasb-hunar yo’nalishidagi to’garaklar; 
• Sport to’garaklari; 
• San’at yo’nalishidagi to’garaklar. 
Sinfdan va maktabdan tashqi ishlar o`quvchilarni ma`naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda, ularga bilim 
berishda muhim vosita bo`lganligi tufayli bu ishlarni Keng yo`lga qo`yishga maktab direktorlari, ilmiy 
mudirlar, shuningdek, o`qituvchilarjamoasikatta e`tibor berishi, «Kamolot»va «Kamalak» tashkilotlari, ota-
onalarjamoasiva maktab rahbaralri yordamidan har tomonlama foydalanish kerak. 
O`quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan va maktabdan tashqi ishlarni o`qituvchilar jon dillari bilan 
sevishlari, bu ishga rahbarlik qilishda ishtirok etishni o`zlarining eng muhim vazifalaridan biri deb bilishlari 
zarur. Maktabning yangi vazifasi har bir o`qituvchidan faqatgina o`z fani va uni o`qitishni a`lo darajada 
bilishnigina emas, balki bilimlarni chuqur egallashni va bundan sinfdan tashqi ishlarni maqsadga muvofiq 
yo`lga qo`yishda ijodiy foydalana bilishni, har tomonlama ma`lumot va mahoratga ega bo`lishni talab 
qiladi.Bu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishiga har taraflama yordam ko`rsatish har bir o`qituvchining 
oliy burchidir.Sinfdan tashqari ishlar shaklini tanlaganda uning tarbiyaviy ahamiyatini shu ishning maqsadi, 
vazifalari nuqtayi nazaridan baholash kerak. 


344 
1.Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo 
hamjamiyati tan olgan qadam-baqadam amalga oshirilayotgan «o’zbek modeli» da juda to’g’ri belgilandi. 
Dunyoda birinchi bor insonni diqqat e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, 
uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish 
bo’lsa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. 
Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatining asosini tashkil etadi. CHunki komil inson sifatlarini 
tarbiya sohasidagi ilmlarini xulosalab, mujassamlashtirsa, ular asosan 3 ta: 
• Ezgu niyat, fikr; 
• Ezgu so’z, xushmuomila; 
• Ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir. 
Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad 
insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy axloqiy-
amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar qurollantira borish, mutaxassislarda xar bir sohaga mos ilm, bilim hosil 
qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi. 
O’zbekiston Respublikasiining «Ta’lim to’g’risida» gi qonunida ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy 
taraqqiyotida sohasini ustivor deb e’lon qilinadi. 
Ta’limning, o’qitishning vazifasi fuqarolar, yoshlarning eng asosiy konstituttsiyaviy xuquqlaridan biri bo’lgan 
har bir kishining aqliy-amaliy imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, ijodiy qobiliyatlarini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojini ta’minlash, o’zi hohlagan kasbini tanlash jihatidan rivojini ta’minlash, o’zi 
hohlagan shu sohada faoliyat ko’rsatishi uchun moddiy-ma’naviy tarbiyaviy didaktik shart-sharoit 
yaratishdan iboratdir. Bu umumiy vazifadan ta’limning har bir bo’g’ini, turi va bosqichining o’ziga hos 
vazifalari kelib chiqadi.Ta’lim pedagoglarning faorliyatidan va o’quvchi talabalarning faoliyatidan iborat 
qo’shaloq jarayondir. Birgalikdagi faoliyat orqali yoshlar ilimiy bilimlari qurollanadilar. Buning natijasida 
ularning ijodiy qobiliyatlari har tomonlama shakllanadi. Ma’lumot ta’lim-tarbiya jarayonining natijasi orqali 
to’plangan bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisi va shakllangan ma’naviy fazilatlar majmuidir. Ma’lumot 
olishning to’g’ri va ishonchli yo’li davlat ta’lim standartlari bo’yicha bilim beradigan aniq maqsadli rejalar, 
dasturlar asosida o’quv yurtlarida tashkil qilinadigan ta’lim tarbiya jarayonidir. Ta’lim, tarbiya, ma’lumot, 
rivojlanish, shakllanish uyg’unlash yagona jarayondir. Unda o’qituvchi-tarbiyachi rahbarlik qiladi. 
Pedagogika uzoq tarixiy jarayonda shakllanar ekan, hozirga kelib ilmiy bilimlarni mustaqil bir tarmog’i 
sifatida, fan sifatida shakllanadi. O’zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi. Natijada pedagogik 
fanlari tizimi, ya’ni uning tarmoqlari vujudga keldi. Yaqin vaqtgacha falsafaning bir tarmog’i hisoblangan 
pedagogikaning mustaqil yangi yo’nalishlari yaratildi. Jumladan, pedagogika mustaqil yangi yo’nalishlari 
yaratildi, pedagogika fanining tarixan rivojloanishi o’zida aks ettiriladi. Bunda o’tmishdagi ilg’or pedagogik 
g’oyalarni paydo bo’lishi, rivojlanishi ularning bugungi kundagi ahamiyati, merosdan foydalanishning 
zaruriyati xaqidagi fikr yuritiladi. 
Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli nihoyatda beqiyosdir. Insonni tarbiyalash, uni bilim 
olishiga, mehnat qilishiga undash va bu hatti-harakatini asta-sekin ko’nikmaga aylantirib borish lozim. 
Insonni mushohada qilish qobiliyatini tarbiyalaydi va mushohada qilish aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. 
Ong esa moddiy va ma’anaviy manbaga aylanadi. SHu tarzda inson asta-sekin takomillashib komillikka 
erishib boradi. Ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchidan uzok davom etadigan ma’suliyat, 
sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Buning uchun bolalarni yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. 
Ma’naviy, insoniy sifatlarining shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va bolalarga bo’lagn 


345 
munosabat muhim rol o’ynaydi. Ota-onalarimiz va atrofdagilarning bir-birlariga bo’lgan munosabatlarini 
ko’rgan bola shunga qarab shakllana boradi. Ular avval kattalarga taqlid qiladilar. So’ng asta-sekin 
qilayotgan ishlarning mohiyatini anglaydilar. Bolalarni to’g’ri tarbiyalashda ota-onaning ongi, ma’naviyati, 
bilimi tarbiyalanganligi ham muhim ahamiyatga ega. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. T.;Ma’naviyat, 2008. 
2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -T.: O’zbekiston , 2005 
3. Karimov I.A. Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. –T.: «O’zbekiston» 1997. 
4. Karimov I.A.Demokratik xuquqiy davlat, erkin iqtisodiyot talablarini to’liq joriy etish, fuqarolik jamiyati 
asoslarini qurish-farovon hayotimiz garovidir”. T.: O’zbekiston, 2007 . 
5. A.K. Munavvar.Oila pedagogikasi.-T., ,,O’qituvchi’’ ,1994. 
6. U.Mahkamov.Ahloq-odob saboqlari.-T.,,Fan’’,1994 
7. R.A.Mavlonova,N.X.Rahmonqulova,B.A.Normurodova, 
8. K.O.Matanazarova ,,Tarbiyaviy ishlar metodikasi’’ darslik Toshkent 2014. 
9. A. Jo`rayev ,,Tarbiyaviy darslarni o`tish’’ T- ,,O`qituvchi’’ 1994. 


346 

Download 17,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   383




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish