Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

7-§. O‘g‘rilik (JK 169-moddasi) 
O‘g‘rilik talon-torojning eng ko‘p tarqalgan shaklidir. Bunga sabab, 
avvalo, tergov amaliyotida o‘g‘irlikni ochish foizlarining unchalik katta 
emasligi bo‘lsa kerak, chunki o‘g‘irlik yashirin ravishda sodir etiladi, bu 
esa jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini ancha oshiradi, uning 
ochilishini qiyinlashtiradi. 
Jinoyatning 
bevosita obyekti 
o‘zganing mol-mulkini muhofaza qilish 
bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
Obyektiv tomotsdan 
o‘g‘irlik o‘zganing mulkini yashirin ravishda 
67 


talon-toroj qilishda ifodalanadi. 
NOTA BENE ! 
Talon-toroj qilitning yashirin usuli 
deganda, mulk egasi yoki mulk 
ishonib topshirilgan yoki ixtiyorida turgan shaxsga sezdirmasdan, ular 
yo‘q vaqtda yoxud mulkdor yoki boshqa shaxslar mulkning talon-toroj 
qilinayotganini tushunmagan vaqtda sodir etilishi tushuniladi. 
Agar mulk egasi yoki mulk ixtiyorida bo‘lgan yoki u ishonib 
topshirilgan shaxs talon-toroj qilish chog‘ida hozir bo‘lsayu, ammo talon-
toroj sodir bo‘layotganini tushunib yetmasa, shaxsning qilmishi (masalan, 
mulk egasi, qorovul uxlayotgan bo‘ladi yoxud alkogol yoki narkotik 
mastlik holatida bo‘lib, mulk talon-toroj qilinayotganini anglab yetmaydi) 
o‘g‘irlik deb kvalifikatsiya qilinadi. 
Mulkni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish atrofdagi shaxslarning ko‘zi 
oldida sodir etilgan bo‘lsa-yu, atrofdagilar buni anglamasa (masalan, 
aybdor birovning chamadonini egasi yo‘qligidan foydalanib 
atrofdagilarning ko‘zi oldida o‘g‘irlaydi, bunda jinoyatchi atrofdagilar u 
o‘z chamadonini olib ketyapti, deb o‘ylashlariga ishonadi va hokazo 
hollarda) ham qilmish o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj 
qilish deb hisoblanmog‘i lozim. Shaxs o‘zganing mulkini egallashga 
qaratilgan harakatlari boshqalarga ma’lum bo‘lganligini bilib, o‘z xatti-
harakatini to‘xtatsa va jinoyat joyidan qochib, yashirinsa, uning qilmishi 
o‘g‘irlikka suiqasd bo‘ladi. 
Biroq barcha holatlarda talon-toroj qilishni yashirin deb hisoblash 
uchun, o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikkita: obyektiv va subyektiv mezonni tahlil 
qilish va baholash lozim. 
Talon-toroj qilish usulini baholashning obyektiv mezoni shundan 
iboratki, mol-mulkni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish atrofdagi 
shaxslarning ko‘zi oldida sodir etilgan bo‘lsayu, atrofdagilar buni 
anglamasa, bu holda qilmish o‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-
toroj qilish deb hisoblanishi lozim. Jinoyatni sodir etish obyektiv 
mezonlari bahosiga asoslanib, bu yerda talon-torojlikni yashirin deb 
68 


topishning bir necha usullari mavjuddir. Ulardan birinchisi, amaliyotda 
ko‘proq uchraydigan shakli, ya’ni umuman guvohlar mavjud bo‘lmaganda, 
masalan, qo‘riqlanmayotgan tovar-moddiy qimmatliklari ulgurji bazasi 
omboridan kechasi yoki egasi uyda bo‘lmaganda o‘g‘rining qulfni buzib 
o‘g‘irlashidir. Ikkinchisi, egasi yoki boshqa shaxslar bo‘lsa ham, ularga 
bildirmasdan, yashirin ravishda molmulkni talon-toroj qilish, masalan, 
cho‘ntak o‘g‘irliklari va hokazo. Bunday holatlarda o‘g‘irlik kamdan-kam 
holatlarda adashib mulkni oshkora talon-toroj qilish, talonchilik deb 
topilishi mumkin. 
Yashirinlik belgisi o‘g‘irlik jinoyatining muhim belgisi bo‘lib, bu 
jinoyatning zo‘rlik ishlatmay sodir etiladigan jinoyatlar toifasiga kirishini 
anglatadi. Bu belgilar o‘g‘irlik jinoyatini bosqichilik va talonchilik 
jinoyatlaridan farqlash imkoniyatini beradi. 
«O‘zganing mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish bilan 
boshlangan, lekin jabrlanuvchi yoki boshqa shaxslar tomonidan sezib 
qolinganiga qaramasdan, aybdor tomonidan mulkka egalik qilish 
maqsadida ularning hayoti va sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik 
ishlatib yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitib qilingan harakatlar 
talonchilik deb, hujum qilib hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli bo‘lgan 
zo‘rlik ishlatganda yoxud shunday zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitganda esa 
bosqinchilik deb tavsiflanadi»
1

Ushbu qilmishni kvalifikatsiya qilishda katta ahamiyat kasb etadigan 
belgilardan biri uning talon-toroj qilishning zo‘rlik ishlatmaydigan usuli 
ekanligidir. Bundan yashirin ravishda mulkni olish zo‘rlik ishlatish bilan 
amalga oshirilsa yoki zo‘rlik mulkni olishga sabab bo‘lgan bo‘lsa, 
qilmishni o‘g‘irlik tariqasida kvalifikatsiya qilish mumkin emas, degan 
xulosa kelib chiqadi. Shuningdek, ushbu holatga, mulkni yashirin ravishda 
olish, zo‘rlik ishlatish yo‘li bilan jabrlanuvchini aybdorning jinoiy 
harakatlarini kuzatishdan mahrum qilishi (qamab qo‘yish, boshqa joyga 
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1999 йил 30 апрелдаги «Ўзгалар мулкини 
ўғирлик, талончилик ва босқинчилик билан талон-торож қилиш жиноят ишлари бўйича суд амалиёти 
тўғрисида»ги 6-сонли қарори Узбекистан Республикаси Олий суди Пленумининг 2002 йил 14 июндаги 10-
сонли қарорига асосан киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар билан) // Ўзбекистон Республикаси Олий суди 
Пленуми қарорлари тўплами. 1991—2006, 1-жилд. — Т.: «O‘qituvchi» НМИУ, 2007. — 221-б. (кейинги 
ўринларда — Тўплам, 1-жилд).
69 


olib borish) ham kiradi. Ushbu harakatlarni zo‘ravonlik ishlatish 
xarakteriga qarab JK 164-yoki 166-moddalari bilan kvalifikatsiya qilish 
lozim. 
O‘zganing mulki olib qo‘yilgan va aybdor shaxsda o‘g‘irlangan mulkni 
o‘z xohishiga ko‘ra tasarruf etishning real imkoniyati, ya’ni aybdorda o‘zi 
o‘g‘irlagan mulkni yashirish, sotish, berish, hadya qilish, belgilangan 
maqsadda foydalanish imkoniyati paydo bo‘lgan paytdan e’tiboran 
o‘g‘irlik 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish