Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Obyektiv tomondan 
firibgarlik aldash yoki ishonchni suiiste’mol qilish 
yo‘li bilan o‘zganing mulkini yoki o‘zganing mulkiy huquqini egallashdan 
iborat. 
Ushbu jinoyatning o‘ziga xosligi shundaki, tashqi tarafdan mulkdor 
tomonidan mulkni «ixtiyoriy» ravishda berish yoki begonalashtirish va 
jinoyatchiga o‘tkazish kuzatiladi. Aynan aldash yoki ishonchni suiiste’mol 
qilish mulkdorda yoki mulkning boshqa qonuniy egasida mulkni yoxud 
mulkiy huquqlarni jinoyatchiga o‘tkazish fikrini tug‘diradi. Shu usulda 
jabrlanuvchining ongi va ixtiyoriga ta’sir etish yoki uning ishonchini 
suiiste’mol qilish orqali firibgar mulkni o‘z foydasiga yoki boshqa 
shaxslar foydasiga o‘tkazish maqsadiga erishadi. Bu erda aldash yoki 
62 


ishonchni suiiste’mol qilish talon-toroj qilishning zaruriy usuli sifatida 
gavdalanadi. 
NOTA BENE ! 
Aldash 
deganda, mol-mulk egasi yoki mol-mulk ishonib topshirilgan 
shaxsning o‘zi uni firibgarga ixtiyoriy ravishda, o‘z xohishi bilan berishiga 
erishish maqsadida, jabrlanuvchini chalg‘itish uchun aybdor shaxs 
tomonidan har qanday fakni buzib ko‘rsatish yoki haqiqatni yashirish 
yoxud bila turib yolg‘on ma’lumotlarni xabar qilish tushuniladi. 
Aldash birinchi navbatda shaxsning ongli ravishda o‘zgaga noto‘g‘ri 
ma’lumotlarni tarqatishida ifodalanadi. Aldash firibgarlik bilan talon-toroj 
qilish usuli sifatida aybdorning haqiqiy maqsadlariga (masalan, mulkni 
qaytarib bermaslik maqsadida qarzga olish); predmetga, uning narxi, 
miqdori va sifatiga (rangli metallardan foydalangan holda tilla buyumlar 
sifatida har xil narsalar ishlab chiqarish, to‘liq bo‘lmagan tovarni to‘liq 
narxida sotish) taalluqli bo‘lishi mumkin. Aldash, shuningdek, firibgarning 
shaxsi, uning mansabi va ijtimoiy mavqei, kasbiga ham bog‘liq bo‘lishi 
mumkin (masalan, shaxs o‘zini soliq inspeksiyasi xodimi sifatida 
tanishtiradi va soliq to‘lovlari sifatida pul mablag‘larini oladi). 
Aldash tarkibiga, shuningdek, bevosita mulkni topshirish uchun asos 
hisoblanmaydigan, lekin jabrlanuvchi tomonidan mulkni topshirayotgan 
vaqtda hisobga olinadigan boshqa holatlar ham kirishi mumkin. Bunday 
holatlar sifatida qalbaki guvohnomani taqdim etish, «kvitantsiya» yozish, 
qalbaki sertifikat ko‘rsatishni misol qilib keltirish mumkin. 
Aybdor firibgarlikni sodir etishda soxta hujjatlardan foydalansa, uning 
qilmishi firibgarlik tarkibi bilan qamrab olinadi va u JK 209-moddasi 
(Mansab soxtakorligi) yoki 228-moddasi bilan qo‘shimcha kvalifikatsiya 
qilishni talab qilmaydi. Biroq, firibgarlik harakatlarini sodir etish 
maqsadida aybdor shaxsning o‘zi hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar 
tayyorlasa, ularni qalbakilashtirsa, uning qilmishlari jinoyatlar jami 
bo‘yicha 
JK 168 
va 228-moddalari (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blan-
kalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 
63 


bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim. Shunga e’tibor berish lozimki, agar 
soxta hujjat (kasallik varaqasi, haydovchilik guvohnomasi, ma’lumotnoma 
va hokazo) firibgar tomonidan tayyorlanmagan bo‘lib, u boshqa shaxs 
tomonidan tayyorlanib, ushbu shaxs hujjatdan talon-toroj qilishda 
foydalanishini bilgan bo‘lsa, unda bu shaxs nafaqat hujjatlarni 
qalbakilashtirganlik uchun, balki firibgarlik orqali talon-toroj qilishda 
yordamchi sifatida javobgarlikka tortiladi. 
Firibgarlik harakatlarini sodir etishda aybdor o‘zini boshqa shaxs 
sifatida (davlat hokimiyat organi rasmiy vakili kiyimini kiyish yoki 
hokimiyat vakilining guvohnomasini qalbakilashtirish) namoyon qilish 
orqali o‘zganing mulkini qo‘lga kiritishi mumkin. 
Amaliyotda firibgarlikni iqtisodiyot asoslariga qarshi qaratilgan aldov 
yo‘li bilan sodir etiladigan soxta tadbirkorlik (JKning 179-moddasi) va 
soxta bankrotlik (JKning 180-moddasi) kabi jinoyatlar bilan farqlash 
zaruriyati yuzaga keladi. Bu kabi chegara va farqlarni jinoyatlar obyektlari 
orqali aniqlash mumkin. Demak, firibgarlik faqatgina o‘zganing mulkiga 
qarshi qaratilgan bir obyektli jinoyat hisoblansa, iqtisodiyot asoslariga 
qarshi jinoyatlar bir vaqtning o‘zida ikkita obyekt, ya’ni o‘zganing mulki 
bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning normal faoliyat olib 
borishi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarga ham zarar yetkazishga 
qaratilgan bo‘ladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish