Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet423/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish
— bu 
jismoniy shaxslar tomonidan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki 
sudya (shuningdek, sudyalar hay’ati va xalq maslahatchisi) ning 
faoliyatiga ta’sir etish. 
Tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish
tergov 
organi, prokuratura yoki sud binosi yonida shior yozilgan plakatlar bilan 
yoxud ish tashlash bilan bog‘liq namoyish, miting yoki namoyish 
o‘tkazish, tergov, prokuratura yoki sud organlari binosi yonida ochlik 
e’lon qilish, ommaviy axborot vositalarida kampaniyalar tashkil etish va 
boshqalarda namoyon bo‘lishi mumkin. 
Aralashish 
turli shaklda bo‘lishi mumkin: tergovni boshqa yo‘nalishda 
olib borish to‘g‘risida surishtiruvchi, tergovchi, prokurordan iltimos yoki 
talab qilish; sudya yoki xalq maslahatchisidan va’da berilgan foyda yoxud 
manfaat evaziga ishni muayyan yo‘nalishda olib borishni talab qilish; 
tahdid qilish bilan qo‘rqitish; o‘zi yaxshi taniydigan surishtiruvchi, 
tergovchi, prokuror, sudya yoki xalq maslahatchisi orqali tergov yoki sud 
ishini o‘zining foydasiga hal etishga urinish; maslahat berish yoki davlat 
hokimiyati mansabdor shaxsi orqali yo‘l-yo‘riq berish va boshqalar. 
Aybdorning harakatini kvalifikatsiya qilishda aralashishning aniq shakli 
— ishni tugatishni iltimos qilish, oqlash, aybni yengillashtirish yoki, 
aksincha, og‘irlashtirish, boshqa shaxslarni javobgarlikka jalb qilish, ishni 
da’vogar yoki javobgar foydasiga hal etish va hokazolar ahamiyatga ega 
emas. Aralashish yoki ta’sir ko‘rsatish dastlabki tergovning barcha 
bosqichiga, to‘plangan yoki jinoyat, fuqarolik, ma’muriy yoxud xo‘jalik 
ishiga qo‘shilgan dalillarga tegishli bo‘lishi mumkin. 
Aralashish yoki ta’sir etish, ular aniq bir ishga taalluqli bo‘lsa, jinoyat 
tarkibini tashkil etadi. Jazo chorasini kuchaytirish yoki kamaytirishga, 
umuman yoki biron-bir jinoyat turini aniqlashga qaratilgan aralashish 
tergov qilish yoki sud ishlarini hal etishga aralashish deb topilmaydi. 
506 


Fuqarolar yoki korxona, muassasa va tashkilotlar boshliqlarining tergov 
yoxud sud organlariga mehnat jamoasi a’zosiga nisbatan boshqa ehtiyot 
chorasini qo‘llash, shartli hukm qilish, ozodlikdan mahrum qilish bilan 
bog‘liq bo‘lmagan jazoni qo‘llash yoki, ularning fikricha, ishga daxldor 
boshqa hujjatlarni taqdim etish bilan bog‘liq murojaatnomalari yoxud 
iltimosnomalari tergov qilish yoki sud ishlarini hal etishga aralashish deb 
topilmaydi. 
Bundan tashqari, tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan jinoyat to‘g‘risida 
xabar berish, ishga daxldor yangi dalillarni keltirish, mansabdor shaxslar 
ustidan shikoyat berish tergov, prokuror, sud organlarining faoliyatiga 
aralashish deb topilmaydi.
Iltimos qilish, maslahat yoki taklif qilish umumiy ko‘rinishga ega bo‘lsa 
(misol uchun, biron-bir sudning jinoiy siyosat sohasidagi ishlarini nashr 
qilish yoki majlisda tanqidiy fikr bildirish), tergov qilish yoki sud ishlarini 
hal etishga aralashish deb hisoblanmaydi. Aybdor, uning yaqin 
qarindoshlari, himoyachining ish holatlari bo‘yicha dastlabki tergov 
organlari yoki prokuror yoxud sud majlisida sudga shikoyat, norozilik 
shaklidagi iltimoslarni bildirishini aralashish deb hisoblab bo‘lmaydi. 
Agar surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya ishlariga aralashish yoki 
qarshilik ko‘rsatish bilan bog‘liq ta’sir ko‘rsatish harakatlari o‘ldirish bilan 
qo‘rqitish yoki zo‘rlik ishlatish tahdidi asosida aks ettirilsa bu harakatlarni 
JKning 112-moddasi va 236-moddasi jinoyatlar jami tariqasida tavsiflash 
lozim. 
Shuni aytish lozimki, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya 
faoliyatiga moddiy manfaat ko‘rsatishni taklif qilib aralashish jinoyatlar 
majmui tariqasida JK 211-moddasi 1-qismi va JK 236-moddasi 1-qismi 
bo‘yicha kvalifikatsiya qilishga olib keladi. 
Sharhlanayotgan jinoyat surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudya 
faoliyatiga qonunsiz aralashish harakati bevosita boshlanishi hamon 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   419   420   421   422   423   424   425   426   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish