Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


Huquqni muhofaza qilish organlarining



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet419/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Huquqni muhofaza qilish organlarining
boshqa xodimlari 
deb, 
huquqni muhofaza qilish organlarining shtat xodimi hisoblangan, odil 
sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi, lekin yuritilayotgan jinoiy 
ish uchun mas’ul bo‘lmagan shaxslar tushunilishi mumkin. Bunday 
xodimlar jumlasiga oddiy militsiya xodimlari, soliq xizmati, Milliy 
xavfsizlik xizmati va texnik funktsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa: 
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini qo‘riqlash, nazorat qilish va boshqa 
ishlarni bajaruvchi shaxslar kiradi. 
Jazoni ijro etish muassasasining xodimi
deb, mansab vakolatidan qat’i 
501 


nazar, mazkur muassasaning shtat jadvali bo‘yicha xodim hisoblangan 
shaxslarni, agar ular qiynoqdan jabrlanganga bog‘liq bo‘lgan jinoiy ish 
bo‘yicha surishtiruvchi bo‘lmasalargina, hisoblash lozim. Aks holda, 
mazkur shaxs surishtiruvchi hisoblanishi kerak. Masalan, jazoni 
ozodlikdan mahrum etish tarzida o‘tash koloniyasi rahbari jazoni ijro etish 
muassasasi xodimi sifatida tan olinishi lozim, lekin koloniyada jinoyat 
sodir etilsa, u bu ish bilan bog‘liq bo‘lgan shaxsga (jabrlanuvchi, 
gumonlanuvchi, guvohga) nisbatan surishtiruvchi maqomiga ega bo‘ladi. 
O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga binoan quyidagilar jazoni ijro 
etish bo‘yicha muassasalardir: 
— sud (ijrochilari)– jarima tarzidagi jazoga nisbatan; 
— ichki ishlar organlari — muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq 
tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari, ozodlikdan mahrum qilish va 
umrbod ozodlikdan mahrum qilish kabi jazolarni ijro etish bo‘yicha. 
Muayyan huquqdan mahrum etish tarzidagi hukm talablari sudlanganning 
ish joyi ma’muriyati tomonidan, shuningdek, muayyan ish faoliyati bilan 
shug‘ullanishga ruxsat berish huquqiga ega bo‘lgan organlar tomonidan 
bajariladi; 
— harbiy qism boshliqlari — xizmat bo‘yicha cheklash tarzidagi jazoni 
ijro etish bo‘yicha harbiy xizmatchilarga nisbatan; 
— maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar — intizomiy qismga jo‘natish 
tarzidagi jazoga nisbatan; 
— unvon bergan organ — harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 
ko‘rinishidagi jazoga nisbatan, muassasalar hisoblanadi. 
Agar tahlil qilinayotgan jinoyat huquqni muhofaza qilish organi xodimi 
bo‘lmagan shaxs tomonidan (masalan, tergovchining jamoatchi 
yordamchisi, surishtiruvchi yoxud uning qarindoshlari va boshqalar), lekin 
surishtiruvchi, tergovchi yoki huquqni muhofaza qilish organi boshqa 
xodimining fitnasi, ig‘vosi, ruxsati yoki nomiga roziligi bilan sodir etilgan 
bo‘lsa, uning harakati JK 28-moddasi 5-qismi, 235-moddasi bo‘yicha 
jinoyat sodir etishda vositalarni yetkazib berganlik belgisiga ko‘ra 
qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni 
kamsituvchi muomala yoki jazo turlarini qo‘llashda yordamchilik qilish 
502 


sifatida kvalifikatsiya qilinishi lozim. Surishtiruvchini, tergovchini yoki 
huquqni muhofaza qilish organlari boshqa xodimini, o‘z navbatida, jinoyat 
sodir etishda boshqa vositalardan foydalanish belgisiga ko‘ra, JK 
235-moddasi bo‘yicha ishtirokchi sifatida javobgarlikka tortish kerak (JK
28-moddasi 2-qismi). 
Tahlil qilinayotgan jinoyat formal tarkibli qilmish sifatida belgilanadi, 
ya’ni uni tugallangan jinoyat sifatida tan olish uchun qonunga xilof biror-
bir oqibat kelib chiqishi talab etilmaydi. 
Jinoyat jismoniy yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatilgan paytdan boshlab 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   415   416   417   418   419   420   421   422   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish