Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet418/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Subyektiv tomondan 
sharhlanayotgan jinoyat 
to‘g‘ri qasd 
va 
subyektiv tomonining zaruriy belgisi hisoblangan maxsus 
maqsadning 
mavjudligi bilan tavsiflanadi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, qonun 
tomonidan jinoyatni sodir etish maqsadi muqobil tartibda aniqlanadi, ya’ni 
harakatni 
JK 235-moddasi
bo‘yicha jinoyat deb tan olish uchun subyekt 
quyidagi maqsadlarga erishishga harakat qilishi lozim: 
a) biror-bir axborot olish
b) jinoyat sodir etganlikka iqror bo‘lish; 
v) sodir qilingan jinoyat uchun o‘zboshimchalik bilan jazolash; 
g) jabrlanuvchini muayyan harakatlarni sodir etishga majburlash. 
Maqsadning konkret yo‘naltirilganligi jinoyatni kvalifikatsiya qilishga 
ta’sir etmaydi, lekin sud tomonidan jazoni individuallashtirish paytida 
inobatga olinishi mumkin. Qilmishning 
motivi 
ham jinoyatni 
kvalifikatsiya qilishga ta’sir etmaydi, lekin jazoni individuallashtirishda 
inobatga olinishi mumkin. Qoida tariqasida g‘arazgo‘ylik, moddiy 
manfaatdorlik, mansabparastlik, noto‘g‘ri tushunilgan adolat hissi, o‘zini 
namoyon qilishga intilish va boshqalar motiv bo‘lishi mumkin. 
Jinoyat surishtiruvchi; tergovchi; prokuror yoki huquqni muhofaza 
qiluvchi organning boshqa xodimi, jazoni ijro etish muassasasi yoki 
boshqa davlat organi xodimi tomonidan, yoxud boshqa shaxslar davlat 
yoki huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimining roziligi yoki 
ig‘vogarligi bilan sodir etilishi mumkin. 
Surishtiruvchi 
— surishtiruv organining boshlig‘i yoki shunday 
organlarning mansabdor shaxsiga surishtiruv organi boshlig‘ining 
topshirig‘iga binoan: jinoyatning oldini olish yoki unga yo‘l qo‘ymaslik; 
dalillarni to‘plash va saqlash; jinoyat sodir etishda gumon qilinganlarni 
ushlash va gumon qilinuvchilarni hamda ayblanuvchilarni qidirib topish; 
jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy ziyon qoplanishini ta’minlash uchun 
500 


kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlarini yurituvchi shaxs. Surishtiruv 
organlarining ro‘yxati JPK 38-moddasida ko‘rsatilgan va bu ro‘yxat to‘liq 
hisoblanadi.
Tergovchi 
— vazifasi dastlabki tergovni olib borish bo‘lgan, qonunda 
belgilangan tartibda prokuror, ichki ishlar, Davlat xavfsizlik xizmati 
organlaridan tayinlangan shaxs. 
Prokuror 
— bu prokuratura organlarining surishtiruv va dastlabki 
tergov bosqichlarida qonunlarning aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan 
nazoratni amalga oshirish vakolatiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs. 
Shuni nazarda tutish kerakki, sharhlanayotgan moddaning matnidagi 
shaxsni surishtiruvchi, tergovchi yoki prokuror sifatida, faqat ish bo‘yicha 
shaxslarga nisbatan jinoyat subyekti tomonidan jismoniy yoki ruhiy akt 
hisoblangan qiynoq yoki shafqatsiz, insoniylikka zid, uning qadr-
qimmatini kamsituvchi harakatlar sodir etilayotgan jinoyat ishi bo‘yicha 
mas’ul bo‘lsalargina, tan olinishi mumkin. Aks holda, shaxs huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatida tan olinishi kerak.
Masalan, qiynoqqa solish: 
— tergovchi tomonidan sodir etilgan deb — agar aybdor mansabdor 
shaxs bo‘lib, dastlabki tergov yuritilayotgani ma’lum bir aniq ish bo‘yicha 
mas’ul bo‘lsagina; 
— huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa shaxslari tomonidan 
sodir etilgan deb — garchi u shtat jadvalida tergovchi lavozimida turib
jinoyat ishlarini tergov qilayotgan bo‘lsa-da, muayyan bir ish bo‘yicha 
dastlabki tergovni yuritishda mas’ul hisoblanmasa, topiladi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   414   415   416   417   418   419   420   421   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish