Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet392/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

bevosita asosiy 
obyekti
hisoblanadi. Jinoyatning bevosita fakultativ obyekt
i ‒ 
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlaridir. 
Obyektiv tomondan
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 
230
1
-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat, tergovga qadar tekshiruv 
va jinoyat ishlari materiallari bo‘yicha dalillarni to‘plash, ularni tekshirish 
va baholashda g‘arazli yoki boshqa past niyatlarda, hujjatlar yoki 
predmetlarga bilan turib yolg‘on ma’lumotlar yoki tuzatishlar kiritishda 
ifodalangan, isbotlashni amalga oshiruvchi yoki isbotlashda ishtirok 
etishga jalb qilingan shaxslar tomonidan dalillarni soxtalashtirish 
(qalbakilashtirish)dan iborat.
Soxtalashtirish (qalbakilashtirish)
‒ ashyoviy yoki yozma dalillar 
hisoblangan haqiqiy ma’lumotlarning buzilishini anglatadi.
Soxtalashtirish (qalbakilashtirish)ni sodir etish usullari: bu dalilni yo‘q 
qilish; hujjatga avvaldan bila turib yolg‘on ma’lumotlarni kiritish; to‘liq 
qalbakilashtirilgan dalilni tuzish; o‘tkazilmagan so‘roq bayonnomasini 
tuzish; ekspert xulosasini qalbakilashtirish; mazmuniga ko‘ra yolg‘on 
yozma dalillarni tuzish; bayonnomalar yoki boshqa hujjatlarga yolg‘on 
ma’lumotlarni kiritish; ularni qalbakilashtirish, tuzatish kiritish, boshqa 
sana bilan belgilash; yolg‘on dalillarni yasash (ayblanuvchining 
xonadoniga, mashinasiga, kiyimiga va boshqalarga giyohvandlik 
moddalarini, patronlarni tashlab qo‘yish va boshqa ko‘plab usullar). 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoiy-protsessual kodeksining 81-moddasi 
dalillarning quyidagi turlarini belgilaydi: jinoyat ishi bo‘yicha haqiqiy 
ma’lumotlar dalillar hisoblanadi, ularning asosida surishtiruv, tergov va 
sud organi qonun bilan belgilangan tartibda jamiyat uchun xavfli 
qilmishning mavjudligini, bu qilmishni sodir etgan shaxsning aybliligini, 
va ish bo‘yicha to‘g‘ri qaror qabul qilish uchun ahamiyatli boshqa 
holatlarni aniqlaydi. 
Bu ma’lumotlar guvoh, jabrlanuvchi, gumonlanuvchi, ayblanuvchi, 
sudlanuvchining ko‘rsatmalari, ekspertning xulosasi, ashyoviy dalillar, 
468 


ovozli, videoyozuv va kino-fototasvirlar materiallari, tergov va sud 
harakatlari bayonnomalari va boshqa hujjatlar bilan aniqlanadi.
Isbotlash ishning qonuniy, asoslangan va adolatli hal etilishi uchun 
ahamiyatga molik holatlari haqidagi haqiqatni aniqlash maqsadida 
dalillarni to‘plash, tekshirish va baholashdan iborat (O‘R JPKning 85-m). 
Isbotlashni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror va sud amalga oshiradi.
Gumonlanuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, himoyachi, jamoat 
ayblovchisi, shuningdek jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar va ularning 
vakillari isbotlashda ishtirok etish huquqiga egadirlar. 
Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, xolislar, shuningdek 
mazkur Kodeksda nazarda tutilgan tartibda dalillarni to‘plash, tekshirish 
va baholash bilan bog‘liq huquqlarni amalga oshiruvchi va majburiyatlarni 
bajaruvchi boshqa fuqarolar va mansabdor shaxslar isbotlashda ishtirok 
etishga jalb qilinadilar (O‘zR JPKning 86-m). 
Hujjatlarga bila turib yolg‘on ma’lumotlar kiritish va boshqa buzilishlar 
(O‘R JKning 209-moddasining sharhiga qarang). 
Dalillar tergov va sud harakatlari: gumonlanuvchi, ayblanuvchi, 
sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspertlarni so‘roq qilish; yuzlashtirish; 
tanib olish uchun ko‘rsatish; hodisalarni voqea joyida tekshirish; olib 
qo‘yish; tintuv o‘tkazish; guvohlantirish; murdani eksgumatsiya qilish; 
eksperimentlar; ekspertiza tadqiqotlari uchun namunalar olish; ekspertiza 
va taftish tayinlash; taqdim etilgan predmet va hujjatlarni qabul qilish; 
telefonlar va shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlari orqali boshqa 
so‘zlashuv qurilmalaridagi so‘zlashmalarni eshitish yo‘li bilan to‘planadi 
(O‘zR JPKning 87-m). 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   388   389   390   391   392   393   394   395   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish