Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet389/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Aybsizligi ayon bo‘lgan shaxs
deganda, aybini yetarli darajada aniq 
isbot etadigan ishonchli dalillar to‘planmagan shaxslar tushuniladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksida shaxs 
qonun bilan belgilangan asoslarda va tartibda jinoiy javobgarlikka tortilishi 
mumkin deb uqtiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasi JK 16-moddasi 2-qismiga muvofiq, «Jinoyat 
kodeksida nazarda tutilgan jinoyat tarkibining barcha alomatlari mavjud 
bo‘lgan qilmishni sodir etish javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi». 
NOTA BENE ! 
Aybsiz 
deganda, harakatlarida jinoyat tarkibi bo‘lmagan shaxsni yoxud 
qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar mavjud bo‘lgan yoxud 
jinoyat sodir etganligi dalillar bilan yetarlicha isbotlanmagan shaxsni 
tushunish zarur. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga ko‘ra, 
jinoiy 
javobgarlikka tortish 
deganda, shaxsning ijtimoiy xavfli qilmishni sodir 
etganligidan dalolat beruvchi yetarli asoslar bo‘lgani holda uni 
ayblanuvchi sifatida jalb etish haqida surishtiruvchi, tergovchi tomonidan 
chiqarilgan qarorni tushunish zarur. 
Aksariyat hollarda, aybsizligi oldindan ayon bo‘lgan shaxsni jinoiy 
javobgarlikka tortish ayblovchi dalillarni sun’iy ravishda yasash yo‘li bilan 
ham sodir etiladi. So‘roq qaydnomasini qalbakilashtirish, guvohning 
yolg‘on ko‘rsatmalaridan foydalanish, dalillarni moslashtirish va h.k.lar 
shular jumlasidandir. 
Agar bila turib, aybsiz kishini javobgarlikka tortishdan oldin uning 
aybsizligini bilgan holda qonunga xilof ravishda qamoqqa olingan bo‘lsa, 
bu harakatlarni JKning 230-moddasi va 234-moddasi (Qonunga xilof 
ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) bilan jinoyatlar jami tariqasida 
kvalifikatsiya qilish lozim. 
Ushbu qilmish formal tarkibli bo‘lib, aybsizligi oldindan ayon bo‘lgan 
shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan paytdan, ya’ni tegishli vakolatga ega 
bo‘lgan shaxs unga nisbatan ayblanuvchi sifatida ishga jalb etish haqida 
465 


qaror chiqargan va uni taqdim etgan paytdan boshlab 
tugallangan 
hisoblanadi. 
JPK 361-moddasiga muvofiq, shaxsni ayblanuvchi sifatida jinoiy 
javobgarlikka tortish ikkita bir-biriga bog‘liq bo‘lgan protsessual aktlardan 
tashkil topadi: shaxsni ayblanuvchi tariqasida ishga jalb etish to‘g‘risida 
unga qo‘yilayotgan aybni asoslab va qilmishni huquqiy kvalifikatsiya qilib 
qaror chiqarish hamda shaxsga bu qarorni taqdim etib, ayblovning 
mohiyatini, ayblanuvchining huquq va majburiyatlarini tushuntirish. Agar 
shaxsga javobgarlikka tortilayotganligi to‘g‘risidagi qaror u yoki bu 
sababdan taqdim etilmagan bo‘lsa, shaxsni javobgarlikka tortish amalga 
oshmagan deb tan olish kerak. Keyingi qarorning bekor qilinishi, ishning 
to‘xtatilishi, aybsizlik haqida hukm chiqarilishi va hokazolar 
sharhlanayotgan jinoyatning tarkibi mavjudligiga ta’sir etmaydi, biroq 
jinoyat oqibatlari darajasi moddaning sanktsiyasi chegaralarida jazoni 
tayinlashda hisobga olinishi mumkin. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   385   386   387   388   389   390   391   392   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish