462
VII BOB. ODIL SUDLOVGA QARSHI JINOYATLAR
10-sxema
1-§. Aybsiz kishini javobgarlikka tortish
(JK 230-moddasi)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasiga muvofiq,
«jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda
qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u
aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish
Odil sudlovga qarshi jinoyatlar
Aybsiz kishini
javobgarlikka
tortish
JK 230-m.
Dalillarni
soxtalashtirish
(qalbakilashtirish
)
JK 230
1
-m.
Tezkor-qidiruv
faoliyati natijalarini
soxtalashtirish
(qalbakilashtirish)
JK 230
2
-m.
Adolatsiz hukm,
hal qiluv qarori,
ajrim yoki qaror
chiqarish
JK 231-m.
Sud hujjatini
ijro etmaslik
JK 232-m.
Band solingan
mulkni qonunga
xilof ravishda
tasarruf etish
JK 233-m.
Qonunga xilof
ravishda ushlab
turish yoki hisbga
olish
JK 234-m.
Qiynoqqa solish va boshqa
shafqatsiz, g’ayriinsoniy
yoki qadr-qimmatni
kamsituvchi muomala
hamda jazo turlarini
qo’llash JK 235-m.
Tergov qilishga
yoki sud ishlarini
hal etishga
aralashish
JK 236-m.
Yolg’on
xabar berish
JK 237-m.
Yolg’on
guvohlik berish
JK 238-m.
Surishtiruv yoki dastlabki
tergov ma’lumotlarini
oshkor qilish
JK 239-m.
Jinoyat protsessini yuritish
qatnashchilarining o’z
zimmasidagi vazifani bajarishdan
bo’yin tovlashi JK 240-m.
Jinoyat haqida xabar
bermaslik yoki yashirish
JK 241-m.
Jinoyati hisobga
olishdan qasddan
yashirish
JK 241
1
-m.
463
uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi»
1
.
Jinoyatning
bevosita obyekti
surishtiruv, dastlabki tergov bosqichlarida
odil sudlovning manfaatlarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan
ijtimoiy munosabatlar hamda shaxsning huquq va erkinliklari hisoblanadi.
Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, jinoyatning obyekti sifatida bundan
tashqari surishtiruv, dastlabki tergov yoki prokuratura idoralarining normal
faoliyati, obro‘yi bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni ham kiritish
mumkin.
Jinoyat-protsessual qonunchilikka muvofiq surishtiruvchi shaxsni
jinoyat protsessida ayblanuvchi sifatida jalb qilishga haqli emas va bu
uning vakolat doirasiga kirmaydi. Bu surishtiruvchining vazifasi doirasiga
taalluqli emas (Jinoyat-protsessual kodeksining 39-moddasi).
Jinoyat-protsessual kodeksining 342-moddasi 2-qismi 2-bandiga ko‘ra,
surishtiruvchi gumon qilinuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi
ehtiyot chorasini qo‘llash yoki muayyan shaxsni ayblanuvchi tariqasida
ishda ishtirok etishga jalb qilish uchun asoslar aniqlangan bo‘lsa, qonunda
belgilangan muddatlarga qaramasdan darhol ish hujjatlarini tergovchiga
jo‘natishi lozim.
Obyektiv tomondan
jinoyat aybsizligi ayon bo‘lgan shaxsni ijtimoiy
xavfli qilmishni sodir etganlikda ayblab jinoiy javobgarlikka tortishda
ifodalanadi.
1
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси: Ўн иккинчи чақириқ Ўзбекистон Республикаси Олий
Кенгашининг ўн биринчи сессиясида 1992 йил 8 декабрда қабул қилинган. (2002 йил 27 январда ўтказилган
умумхалқ референдуми натижаларига кўра ҳамда унинг асосида Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 24
апрелда қабул қилинган Қонунига мувофиқ Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси XVIII, XIX, XX,
XXIII бобларига ўзгартиришлар ва қўшимчалар қиритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2007 йил 11
апрелда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 89-моддасига, 93-
моддасининг 15-бандига, 102-моддасининг иккинчи қисмига тузатишлар киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2008 йил 25 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 77-моддасининг биринчи қисмига ўзгартириш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2011
йил 12 декабрда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 90-моддасининг
иккинчи қисмига тузатиш киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2014 йил 16 апрелда қабул қилинган
Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 32, 78, 93, 98, 103 ва 117 моддаларига ўзгартиш ва
қўшимчалар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 6 апрелда қабул қилинган Қонуни билан
Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 80-моддасининг 4-бандига, 81-моддасининг еттинчи қисмига,
83-
моддасига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13 ва 14- бандларига, 107-моддасининг биринчи қисмига, 110-
моддасининг биринчи ва учинчи қисмларига, 111-моддасига ўзгартишлар ва қўшимча киритилган. Ўзбекистон
Республикасининг 2017 йил 31 майда қабул қилинган Қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг
Конституцияси 80-моддасининг 5 ва 12-бандларига, 93-моддаси биринчи қисмининг 13-бандига ҳамда 108, 109-
моддаларига ўзгартишлар киритилган. Ўзбекистон Республикасининг 2017 йил 29 августда қабул қилинган
қонуни билан Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси 99 ва 10-моддаларига ўзгартишлар киритилган.) –
Т.: “Ўзбекистон”, 2017. – 11-б.
464
Do'stlaringiz bilan baham: |