Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet354/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

Haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar
deganda, tegishli shtamp, muhr, imzosi 
bo‘lmagan, shuningdek, soxta hujjatlar, hujjatlarning tasdiqlanmagan 
nusxalari kabilar tushuniladi. 
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning quyidagi 
muayyan toifalari o‘z pasportlarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishdan 
ozod etiladilar: 
diplomatik korpus xodimlari, havo kemalari ekipajlari, 
xalqaro va boshqa tashkilotlarning a’zolari va hokazolar
2
.
1
Қаранг
:
Хорижий фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг Ўзбекистон Республикасида 
бўлишлари қоидалари (Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1996 йил 21 ноябрдаги 408-сон 
қарорига 2-илова), 11-банд.
2
Қаранг:
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1996 йил 21 ноябрдаги 408-сонли «Хорижий 
фуқаролар ва фуқаролиги бўлмаган шахсларнинг Ўзбекистон Республикаси ҳудудида бўлишлари тартиби 
421 


Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston 
Respublikasida vaqtinchalik yoki doimiy bo‘ladilar. Chet el fuqarolari va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi hududida muddati 
kirish vizasida va pasportda vaqtincha yashash joyi manzilini ko‘rsatgan 
holda belgilanadigan vaqtincha bo‘lishda respublika hududida turish 
hamda uning himoyasidan va ko‘plab boshqa huquqlardan foydalanish 
huquqiga ega bo‘ladilar. Biroq ko‘rsatilgan muddatlar tugagach, ular 
respublika hududini tark etishlari bu yerda bo‘lish muddatini uzaytirish 
to‘g‘risida ariza berishlari shart. Mehmonxonalarda joylashgan chet el 
fuqarolarining hujjatlarini rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish qabul 
qiluvchi tashkilotlar yozma tavsiyanomalarida ko‘rsatilgan muddatga, 
biroq vizaning amal qilish muddati doirasida (turistlar uchun sayohat 
muddatiga) amalga oshiriladi. 
Bu harakatlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 
yil 21 noyabrdagi 408-sonli qaroriga 2-ilova: «Xorijiy fuqarolar va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari 
qoidalari» bilan batafsil tartibga solinadi. 
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, agar O‘zbekiston 
Respublikasi qonunchiligi va xalqaro shartnomalarida boshqacha hol 
nazarda tutilmagan bo‘lsa, ularning pasportlari yoki uning o‘rnini bosuvchi 
hujjat bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik 
vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berilgan tranzit 
vizalari mavjud bo‘lgan hollarda O‘zbekiston Respublikasi hududidan 
tranzit tarzda o‘tishga ruxsat beriladi. 
Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi hududidan belgilangan 
mamlakatga havo, temir yo‘l yoki suv transporti orqali tranzit tarzda 
o‘tishlariga bunday o‘tish uchun tegishli hujjatlar mavjud bo‘lgan hollarda 
ruxsat beriladi. 
Xalqaro tranzit avtotashishlarni amalga oshirayotgan chet el 
fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasidan o‘tish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi orqali vizasiz tranzit 
тўғрисидаги» қарори.
422 


o‘gishga ruxsat etiladi: 
1)
havo transporti passajirlari tomonidan boshqa samolyotga o‘tmasdan 
O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali o‘tish; 
2)
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish 24 soatdan oshadigan hollarda 
xalqaro havo yo‘llari samolyotlarida kelib, boshqa samolyotga o‘tishi 
kerak bo‘lgan hamda aeroportdan chiqqan sanasi ko‘rsatilgan belgilangan 
mamlakatga kirish huquqini beruvchi hujjat mavjud bo‘lgan passajirlar; 
3)
O‘zbekiston Respublikasi tegishli ravishda hukumatlararo 
kelishuvlarga ega bo‘lgan davlatlar fuqarolari. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish