Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet351/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

subyektiv tomondan to‘g‘ri qasd 
orqali sodir etiladi. Shaxs o‘z 
harakatlarining g‘ayriqonuniyligini biladi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi 
hududini hujjatsiz, soxta hujjatlardan foydalangan holda yoxud tegishli 
ruxsatnomasiz kesib o‘tayotganligini anglaydi va buni xohlaydi. 
Subyektiv tomonning qo‘shimcha belgilari — motiv va maqsad turlicha 
bo‘lishi mumkin. Agar aybdor shaxs davlat chegarasidan o‘tish qoidalarini 
O‘zbekiston Respublikasiga qarshi jinoyat sodir etish (masalan, josuslik, 
qo‘poruvchilik, terrorizm va boshqalar) maqsadida kesib o‘tsa, u holda 
uning harakatlari jinoyatlar majmui bo‘yicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. 
Mazkur jinoyat ehtiyotsizlik orqasida (masalan, mo‘ljalni yo‘qotish 
tufayli chegarani kesib o‘tish) sodir etilganda jinoiy javobgarlik kelib 
chiqmaydi. Davlat chegarasi majburiy ravishda kesib o‘tilgan (masalan, 
tabiiy ofat, halokat va boshq.) hollarda ham qilmishda sharhlanayotgan 
jinoyat tarkibi mavjud bo‘lmaydi. 
16 yoshga to‘lgan har qanday aqli raso jismoniy shaxs, jumladan, 
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs yoki chet 
el fuqarosi mazkur jinoyat 
subyekti 
bo‘lishi mumkin. 
Chet elga chiqish yoki g‘ayriqonuniy ravishda O‘zbekiston 
Respublikasiga kirish: 
a) chegarani yorib o‘tish yo‘li bilan; 
b) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib; 
v) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan; 
418 


g) chet elga chiqishi uchun maxsus kelishuv talab qilinadigan 
mansabdor shaxs tomonidan;
d) O‘zbekiston Respublikasiga kirish huquqi belgilangan tartibda 
cheklangan shaxs tomonidan sodir etilganida, aybdorning qilmishi 
O‘zbekiston Respublikasi 
JK 223-moddasining 2-qismi 
bilan 
kvalifikatsiya qilinadi. 
(Sharhlanayotgan «chegarani yorib o‘tish orqali» jinoyatini sodir 
etishning kvalifikatsiya qilish belgisi JK 182-moddasi tahlilida batafsil 
berilgan.) 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 6 
yanvardagi qaroriga 4-ilovada chet elga chiqishi uchun maxsus ruxsat 
talab qilinadigan shaxslarning ro‘yxati berilgan. O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining davlat maslahatchilari, viloyat hokimlari, Prezident devoni, 
Oliy Majlisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining mas’ul 
xodimlari, vazirlar, davlat qo‘mitalari, qator mahkama va idoralarning 
rahbarlari ana shunday shaxslar hisoblanadilar
1


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   347   348   349   350   351   352   353   354   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish