21-§. Qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki O‘zbekiston
Respublikasiga kirish (JK 223-moddasi)
Jinoyatning bevosita obyekti
chet elga chiqish va O‘zbekiston
Respublikasiga kirishning qonunda belgilangan tartibi bilan bog‘liq
ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasi
— O‘zbekiston
Respublikasi hududi doirasini (quruqlikda, suvda, yer ostida, havo
bo‘shlig‘ida) belgilovchi chiziqdan va bu chiziq bo‘ylab o‘tuvchi vertikal
sathdan iborat. Davlat chegarasi davlat suvereniteti
amal qiladigan hudud
doirasini belgilaydi.
Chegara rejimi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadigan qoidalar majmuidan iborat bo‘lib, u chegara
hududiga kirish (o‘tish), unda bo‘lish (yashash), harakatlanish va chegara
hududida ishlab chiqarish ishlarini amalga oshirish tartibini o‘z
ichiga
oladi.
Chegara hududlarida chegara rejimiga rioya etish ustidan nazorat
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo‘mita
1
va o‘z vakolatlari doirasida ichki ishlar organlari
tomonidan amalga
oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasiga kirish, chiqish va davlat
chegaralaridan
o‘tish bilan bog‘liq munosabatlar quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi:
1999 yil 20 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasining Davlat
chegarasi to‘g‘risida»gi Qonuni
2
, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining «Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu
yerda
bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida»gi qarori, Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga 1-ilova: «Xorijiy
fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari
tartibi», Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga
1
Қаранг
:
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 1999 йил 13 январдаги ПФ- 2176-сонли Фармони //
Халқ сўзи, 1999 йил 14 январь.
2
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 1999 й., 9-сон, 217-модда; Ўзбекистон
Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2004 й., 25-сон, 287-модда; 2009 й., 3-сон, 9-модда.
415
2-ilova: «Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalari», Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-son qaroriga 3-ilova: «Xorijiy
fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston
Respublikasi hududi orqali tranzit o‘tishlari qoidalari»
1
.
O‘zbekiston Respublikasiga kirish, chiqish va davlat chegaralaridan
o‘tish bilan bog‘liq munosabatlarni jinoyat-huquqiy qo‘riqlashdan maqsad
fuqarolarning ko‘chib yurish erkinligi bilan bog‘liq konstitutsiyaviy
huquqlarini amalga oshirishlarini tartibga solish va yetarli
sharoitlar
yaratishdan iborat. Shu bilan birga, qonun chiqaruvchi davlat va jamiyat
suvereniteta hamda xavfsizligini ta’minlash uchun respublikadan chiqish
va unga kirish, davlat chegaralaridan o‘tish tartibini belgilab bergan.
Shundan kelib chiqib, davlat chegarasiga tajovuz qilish — bu, avvalo,
davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatining bir me’yordagi
tartibiga tajovuz qilish deb topiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: