Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar


-§. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

21-§. O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish
(JK 224-moddasi) 
Jinoyatning bevosita obyekti 
chet el fuqarosi yoki fuqaroligi 
bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi hamda 
O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit tarzda o‘tishi bilan 
bog‘liq ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 
JK 224-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan 
jinoyat obyektiv 
tomondan 
O‘zbekistonda yashash huquqini beradigan hujjatlarsiz yoki 
haqiqiy bo‘lmagan hujjatlar bilan yashash, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish 
yoki doimiy propiskadan o‘tish, ko‘chish yoki turar joy tanlash bo‘yicha 
belgilangan tartibga rioya etmaslik, respublikada bo‘lish muddati 
tugagach, chiqib ketishdan bo‘yin tovlash, O‘zbekiston Respublikasi 
hududi orqali tranzit tarzda o‘tish tartibiga rioya qilmaslikda ifodalanadi. 
JK 224-modda dispozitsiyasi 
blanket norma hisoblanadi. 
Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda 
bo‘lish qoidalari quyidagi hujjatlar bilan tartibga solinadi: O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 17 martdagi 134-sonli 
«Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishlarini 
tartibga solish to‘g‘risida»gi qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli «Xorijiy fuqarolarning 
va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga 
kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi 
420 


to‘g‘risida»gi qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
1996 yil 21 noyabrdagi 408-sonli qaroriga 2-ilova: «Xorijiy fuqarolar va 
fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari 
qoidalari»; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 28 
yanvardagi 38-F-sonli «Davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar, 
muassasalar, korxonalar rahbarlarining pasport rejimi hamda xorijiy 
fuqarolarning turish qoidalariga rioya qilish yuzasidan mas’uliyatini 
oshirish choratadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoyishi va boshqa normativ 
huquqiy hujjatlar. 
O‘zbekiston Respublikasida bo‘lgan chet el fuqarolari o‘zlari bilan 
pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni olib yurishlari va vakolatli 
organ vakillarining talabiga ko‘ra taqdim etishlari lozim. O‘zbekiston 
Respublikasida vaqtincha bo‘ladigan chet el fuqarolari vaqtinchalik 
ro‘yxatdan o‘tgan holda yashashadi. Milliy pasport chet el fuqarosi kelgan 
kundan boshlab uch kun ichida (bayram va dam olish kunlaridan tashqari) 
vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish uchun taqdim etiladi
1

O‘zbekiston Respublikasida yashash huquqini beruvchi hujjatlarni 
rasmiylashtirish chet el fuqarosi mehmonxonaga kelgan vaqtdan boshlab 
48 soat ichida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy 
yashovchi chet el fuqarolari umumiy asoslarga ko‘ra mehmonxonalarda 
joylashadi va hisobga olinadi. O‘zbekiston Respublikasiga kirgan kundan 
boshlab uch kun o‘tgach (bayram va dam olish kunlaridan tashqari) chet el 
fuqarolarining hujjatlarini rasmiylashtirish taqiqlanadi. 

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish