Maxsus qism iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlar. Ekologiya sohasidagi jinoyatlar



Download 2,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/444
Sana21.05.2022
Hajmi2,58 Mb.
#606204
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   444
Bog'liq
1adf65d2c470323c234b166b15972e86 JINOYAT HUQUQI KURSI 4 tom

6
-moddasi
da ko‘zda tutilgan jinoyatning 
subyekti
imtiyozlar va preferentsiyalarni qo‘llash vakolatiga ega bo‘lgan, 
shuningdek ularning qo‘llanishi to‘g‘riligi ustidan nazorat qilish 
majburiyati yuklangan maxsus subyekt bo‘lishi mumkin.
Birinchi qismda nazarda tutilgan harakatlar juda ko‘p miqdorda zarar 
yetkazgan holda yoki uyushgan guruh manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan 
bo‘lsa, 
JKning 192
6
-moddasi 2-qismi
bo‘yicha javobgarlikni keltirib 
chiqaradi. 
7-§. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul 
mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirish (JK 192
7
-moddasi) 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va boshqa tashkilotlarga pul 
mablag‘lari berishni asossiz ravishda kechiktirishning 
ijtimoiy xavfi 
shundaki, jinoyat sodir etilishi natijasida haqiqatda asossiz ravishda Budjet 
kamomadi paydo bo‘lishi mumkin, xususiy mulk esa, uning qismi 
hisoblanadi. Buning natijasida to‘lov qobiliyatsizligi, aholining ayrim 
qatlamlari orasida norozilik shakllanishini yuzaga keltiradi, bu esa, 
jamiyatning O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni qabul 
qilishiga salbiy ta’sir qilib, ularni obro‘sizlantiradi. 
259 


Jinoyat kodeksining 192
7
-moddasida ko‘zda tutilgan jinoyatning 
bevosita obyekti
birinchi navbatda to‘lanadigan to‘lovlarni tegishli 
muddatlarda to‘lashni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy 
munosabatlar hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu qilmishning predmetini 
inobatga olib, ta’kidlash lozimki, jinoyat obyekti sifatida fuqarolarning 
iqtisodiy, ijtimoiy huquq va erkinliklari, mehnat va ijtimoiy ta’minot, 
ta’lim sohasidagi munosabatlar tan olinishi lozim. 
Jinoyatning
predmeti
sifatida xo‘jalik yurituvchi subyektlar va boshqa 
tashkilotlarning faqatgina qonunda qayd etilgan xarajatlari, jumladan, ish 
haqi, nafaqalar, stipendiyalar va ularga tenglashtirilgan o‘zga to‘lovlar 
xizmat qiladi. 
Pensiya 
– bu fuqarolar qonun hujjatlaridan belgilangan yoshga 
yetkanlarida ularga taqdim etiladigan pul ta’minoti, muntazam pul 
to‘lovlaridir.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, 
mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda 
ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga 
chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab 
chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi. 
Amaldagi qonunchilikka asosan 
ish haqi 
deganda moliyaviy manbadan 
qat’i nazar, pul yoki natural shaklda hisoblangan barcha turdagi mehnat 
haqi (shuningdek, turli mukofot, qo‘shimcha ustamalar, ijtimoiy 
imtiyozlar), shu jumladan, ishchilarga qonunda belgilangan tartibda 
ishlamagan vaqt uchun hisoblangan pul mablag‘lari (har yilgi ta’til, dam 
olish va bayram kunlari va h.k.) tushuniladi. O‘rganilayotgan modda 
mazmuniga ko‘ra, ish haqi faqat pul shaklida ifodalanishi mumkin, chunki 
banklar uni natural shaklda berishmaydi. Shu munosabat bilan, mazkur 
modda doirasida ish haqini aniqlashda tergov va sud organlari qonunda 
belgilangan pul shaklidagi ish haqiga oid pul to‘lovlarini inobatga olishi 
lozim.

Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   444




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish