283
ko‗plarini tabiat yaratgan bo‗lsa (o‗simlik, hayvonot dunyosi) qolganlari
insonning akl-zakovati bilan ijod etilgan (uy-ro‗zg‗or buyumlari, maishiy
texnika,
transport vositalari, kiyim-kechaklar va hokazolar). Texnika tarakkiyoti
xayotimizga rangli fotosurat, rangli tele-videnie, rangli kinofilm va boshqalarni
olib keldi. Tabiat mu‘jizasi bo‗lmish meva-sabzavotlar o‗ziga xos xush ta‘mligi-
dan tashkari, o‗z shakli va ranglariga ega! Gullarning nafis ranglarini ham
e‘tibordan chetda qoldirib bo‗lmaydi. Bular-ning
hammasi inson yaratadigan
san‘at asarlariga manba, zamin va ashyodir. Tabiat manzaralarining jozibali
ko‗rinishlari ham odamlar hayratini qozonadi. Albatta, yorug‗lik nurlari tush-
gandagina ranglar o‗z kuchini to‗liq namoyon qila oladi. Muddao-ga yaqinlashib
shuni aytish mumkinki, biz yashab turgan xonadon-lar, tarixiy me‘moriy
obidalar, foydalanadigan transport vositalarimiz, oziq-ovqat
mahsulotlarimiz va
xokazolar o‗zining muayyan shakli va rangiga ega.
Me‘morchilik va dizayn mutaxassisligini tanlagan talaba-lar tasviriy
mahoratlarini oshirish borasida o‗quv dasturiga kiritilgan rasm (kalamtasvir),
rangtasvir va xaykaltaroshlik mashg‗ulotlari juda muxim ahamiyatga ega ekanligi
ma‘lum. San‘atning turli sohalari singari (musiqa, raqs, poeziya va h.k.) har kunti
mehnat tasviriy san‘at mahoratini rivojlan-tirishda xam asosiy zamindir. Hali
xech kim guvohi bo‗lmagan, lekin me‘mor ongida shakllangan me‘moriy
ansambllar tasvi-rini tushirish uchun qalamtasvir va rangtasvir maxorati va bi-
nolar maketlarini yasashda hajm sezish va xaykaltaroshlik maxoratiga ega
b\'/lishlari kerak.
Bizni o‗r:yu turgan atrof-muhitni aniglash, tabiigdagi ranglarni chuqurrok
sezish qobiliyati nafakat rassomlar va amaliy san‘at ustalari uchun balki
me‘morlar va dizaynerlar uchun xam juda zarur. Zero, me‘mor va dizaynerdagi
o‗ziga xos bu fazilat bejirim loyixa va maketlarni bajarishi
bilan birga ulardagi
rang boyligini ta‘minlash imkonini ham beradi.
Tasviriy va amaliy san‘at soxasi mutaxassislarini, me‘mor va dizaynerlar
tayyorlashda ya‘ni, badiiy etuk, Vatanga va milliy san‘atga sadoqat ruhida
tarbiyalab voyaga etkazishda tasviriy san‘at xususan, qalamtasvir predmetining
o‗rni bekiyosdir. Bu esa oliy o‗quv yurtlari va fakultetlarida o‗qitilayotgan va
o‗zlashtirilayotgan maxsus fanlarning chuqur asosli bo‗lishini taqozo qilib,
pedagog va olimlar zimmasiga yuksak vazifalarni belgilaydi.
Qalamtasvir badiiy ta‘lim tizimida o‗qitiladigan
barcha fanlarning asosi
bo‗lib hisoblanadi. Qalamtasvir bilimlari va chizish malakalarini egallamay turib,
talaba rangtasvir, haykaltaroshlik, kompozitsiya, xalq amaliy san‘ati va boshka
fanlarni yuqori darajada o‗zlashtira olmaydi.
Vaziyat taqozasidan kelib chiqib, me‘morchilik-qurilish institutlari
me‘morichilik fakultetlarida
mutaxassislik fanlar, xususan o‗quv qalamtasviri
mashg‗ulotlarini o‗qitipshi an‘anaviy uslublari asosida yangi texnologik tizimini
ishlab chiqish va ilmiy jihatdan asoslangan yangi yo‗li, shakli, mazmu-ni va
uslublarini takomillashtirish dolzarb muammolardan xisoblanadi.
Qalamtasvir-barcha tasviriy san‘at turlarining asosi hisoblanadi. Me‘mor,
dizayner, konstruktor, rassom amaliy san‘at ustalari o‗zlari yaratayotgan
asarlarining qoralamalari (eskizlari)ni avvalo qalamda dastlabki chizgilari bilan
ifo-dalaydilar. SHu tariqa o‗lkan me‘moriy muhitda o‗z uyg‗inligini topgan
monumental xaykallar va devoriy rangtas-vir asarlari yuzaga keladi.
284
Qalamtaszirsiz yukorida kayd etil-gan keng ma‘nodagi ijodiy faoliyatni tasavvur
etib bo‗lmaydi.
Qalamtasvirda bajarilgan ish tasviriy va amaliy san‘at-ning
boshqa turlari
singari tugallangan dastgohli san‘at asa-ri bo‗lishi ham mumkin. Tush, sangina,
sous, pastel va qalamda bajarilgan ko‗pgina grafik asarlar jahonning nufuzli
san‘at muzeyi va ko‗rgazmalaridan munosib joy olgan.
Tasviriy san‘atning eng qadimgi turi - rasm chizishdir. Hali gaplasha
olmaydigan ibtidoiy odamlar tig‗li buyumlar bilan tosh va g‗or devorlariga turli
tasvirlar chizib, o‗z fikr-larini bir-birlariga bayon kilganlar. Suratlar asosan yon
to-mondan soddalashtirilgan holatda yoki sxematik ko‗rinishda tasvirlangan.
Samarali uslubda muntazam olib borilgan qalamtasvir mashg‗ulotlari
borliqni idrok etish, ong va sezgi organlariga mutanosib ravishda qo‗lning chizish
mahoratini oshirish faqatgina bo‗lajak rassomlargagina emas, balki boshka kasb
sohasidagi kishilarga ham zarurdir.
Bu borada uyg‗onish davrining buyuk rassomi
va olimi Leo-nardo da
Vinchi o‗zining "Rangtasvir qonunlari" nomli asarida ham ta‘kidlab o‗tgan edi:
"YOshlar, ilm-fan, tasviriy san‘atda o‗zlarini sinamoqchi bo‗lsalar, avvalo rasm
chizishni mukammal bilmoqlari lozimdir".
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Boymetov.B. Tolipov.M. Maktabd tasviriy san‘at to‘garagi. Toshkent.
Fan. 1995.
2.
Ten. N. Gips modellarining rasmi. Toshkent . O‘qituvchi. 1994.
3.
Azimova. B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi. Toshkent.
O‘qituvchi. 1984.
Do'stlaringiz bilan baham: