TA‟LIM MUASSASALARIDA EKOLOGIK TARBIYA JARAYONI
MASALALARI
Hotamova M.S., Ro‟ziqulova N - Navoiy davlat pedagogika instituti
Hozirgi davrda insoniyat oldida turgan eng dolzarb ekologik muammo kun
sayin ifloslanib borayotgan hayotiy muhitlarimizning ifloslanishini bartaraf etib,
ularning barqaror muhofazasini ta'minlashdir. Bu, oz navbatida, samarali chora-
tadbirlarni ko`rishni taqoza etadi. Bunday vazifani bajaruvchi har bir kishi,
avvalambor, atrof-muhit va ular tarkibidagi barcha hayotiy omillarga oid
ekologik ilmiy tushuncha va qonuniyatlarni chuqur anglab olishlari zarur.
Shu kungi ekologik muammolarning kelib chigishi negizida, asosan,
tabiatga antropogen ta'sir natijasida sodir bo‘ladi. Bunday ta'sir, oldin aytib
o`tilgandek, fan-texnika rivoji va uning natijasida, xususan XX asrda, barcha
tabiiy manbalardan jadal sur'atda foydalanib, atrof-muhitga turli xil: gaz, suyuq
va qattiq, ko'p hollarda, o'ta ham zaharli moddalar chigarib yuborilishi oqibatidir.
Bu, nafaqat insonlarning tabiatga befarqligi, shuningdek, atrof-muhit bilan
bog`liq ekologik ilmiy ma'lumotlarning tub mohiyatini bilmasligidan darak
beradi.
Hozirgi kunda ilmiy- texnika va ijtimoiy rivojlanish davrida ekologik
ta‘lim tarbiya kishilik jamiyatining shaxslarni shakllantirishda asosiy omil bo‘lib
hisoblanadi. Shu sababli ekologik tarbiyaning mazmun jihatidan boyitish
masalalariga doir tushunchalarni shakllantirishda masalan atmosfera havosini
muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning ahamiyati katta ekanligini
261
tushuntirish lozim. Buning uchun sanoat korxonalaridagi texnologik jarayonlarni
takomillashtirish, hatto chiqindisiz yoki kam chiqindili texnologiyalarni joriy
etish mumkin. Bunday texnologiyalar mutloq berk jarayonlar bo‘lib, unda
chiqindilar butunlay bo‘lmaydi, chiqindi moddalar boshqa mahsulotlar ishlab
chiqarish uchun xom ashyo vazifasini o‘taydi. Chiqindisiz yoki kam chiqindili
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etishda xom ashyo tayyorlash, mavjud
materiallardan to‘la foydalanish, ularni chiqindi sifatida tashqi muhitga
tashlamaslik chora-tadbirlari ko‘riladi. Albatta, chiqindisiz texnologiya
jarayonlarini ishlab chiqish nazariy jihatdan oson bo‘lsa-da, amalda uni joriy
etish juda murakkabdir. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, chiqindisiz ishlaydigan
sanoat korxonalari faoliyatlari asosini barcha xom ashyolarni tayyor
mahsulotlarga aylantirish tashkil qiladi. Masalan, o‘tgan asrning boshlarida rangli
metallurgiya korxonalarida rudalar tarkibidan jami 15 ta element ajratib olingan
bo‘lsa, hozirda misli xom ashyolarning o‘zidangina 25 ta element, jumladan, mis,
rux, qo‘rg‘oshin, nikel, oltin, kumush, molibden, kobalt, kadmiy, selen, tellur,
germaniy, reniy va ularning boshqa birikmalari oltingugurt, vismut, surma, bariy,
temir va hokazolar ajratib olinmoqda.
Ma‘lumki hozirgi kunda ta‘lim tizimida ekologik ta‘lim va tarbiyaning
elementar tushunchalari «Ekologiya» atamasi, o'z mazmun-mohiyatiga ko`ra,
kishilik jamiyatining tabiiy manbalardan foydalanishda zarur bo`lgan
munosabatlanling chuqur ilmiy- amaliy asoslarini mujassamlaydi. Ekologiya,
tabiat - jamiyat munosabatlarini har tomonlama tahlil va tadqiq qiladi, ilmiy
asoslaydi. Uning obektlari xususida gap borganda, birinchi galda, biosferani
tashkil etuvchi alohida olingan biologik turlar, jumladan, o`simlik va hayvonlar,
ularning har biriga oid populyatsiyalarni ko'rsatib o`tmoq kerak. Qisqasi, butun
biosfera - Yer jonli qobig'idagi har bir tirik organizmni o`rganib, ularga xos xislat
va xususiyatlarni anglab olishlarini o‘quvchi ongiga singdirish zarur.
Ekologik tarbiyaning asosiy shakli o‘quvchilarning bevosita o‘qituvchi
rahbarligida tabiatni asrash bo‘yicha olib boradigan amaliy faolligi hisoblanadi.
Bu masalani hal etishda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik tarbiyaviy
tadbirlar o`zining mazmunan boyligi, tashkiliy shakllarning serqirraligi bilan
ajralib turadi. Biz bu o`rinda sinfdan tashqari tashkil etiladigan ekologik
tarbiyaning ayrim samarador shakllari xususida fikr yuritishni lozim topdik.
Bundan ko`zlangan sinf va to`garak rahbarlarini tarbiyachilarni aniq uslubiy
tavsiyalar bilan qurollantirishdan samarador tashkiliy shakllarning tarbiyaviy
jarayondagi o`rni va ahamyati haqida ma`lumotlar berishdan, ekologik tarbiyani
tashkil etishda sezilarli siljish yasashga turtki bo`ladi. Ekologik to`garaklar
o`quvchilarni mahalliy ekologik vaziyat bilan kengroq tanishtirish ularni vujudga
kelgan keskinlikni bartaraf etishda ishtirok etish istiqbolini ochadi. Kimyo
zavodlarning
atrof-muhitga
chiqaradigan
chiqindilari,
havo
havzasini
ifloslantiradigan gazlar va ularning inson salomatligiga, tirik jonzod va
o`simliklar dunyosiga ta`sirinni o`rganishga to‘g`ri keladi. Buning sabablari doim
tabiatda tirik organizm va atrof-muhit o'rtasida modda - energiya almashinish
jarayonlari bo`lib turishi, Yer sathining turli mintaqa va hududlarida bu o`ziga
xos tarzda va darajada amalga oshishi va ularni kamaytirish yo`llarini o`quvchilar
bilan muhokama qilishlari lozim.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, ta‘lim-tarbiyaning hamma
bosqichlarida talab darajasida ekologik bilim va ko‘nikmalarni egallab oladigan
262
bu borada havo oqimi turli o'simlik urug`lari va mikroorganizmlarni, shuningdek,
suv bug‘larini Yerning turli hududlariga tarqatish bilan birga har xil iqlim, ob-
havo sharoitlarini namoyon bo`lishida muhim vosita ekanligini anglab olishlariga
katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |