1-mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari



Download 1,96 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/152
Sana13.05.2022
Hajmi1,96 Mb.
#603073
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152
boylik toʻplash 
vazifasini bajara boshlaydi. Natural 
xoʻjalik sharoitida boylik toʻplash, jamgʻarish mahsulot jamgʻarish shaklida amalga oshirilgan. Tovar 
xoʻjaligining rivojlanishi boylik jamgʻarishning pul jamgʻarish shaklini keltirib chiqaradi. Tovar xoʻjaligi 
taraqqiyotining dastlabki davrlarida pul jamgʻarish uni muomaladan chiqarib olish yoʻli bilan amalga 
oshirilgan. Keyinchalik foyda ketidan quvish hukmron ahamiyat kasb etib, boʻsh yotgan pul foyda 
keltirmasligi sababli pul egalari uni harakatga solishga, uni foydali joyda ishlatish yoʻlini topishga 
intildilar. Tovarlar nasiyaga toʻlov muddati kechiktirib sotilganda, pul 
toʻlov vositasi 
vazifasini bajaradi. 
Xaridorlar tovarning pulini toʻlov muddati kelgandan keyingina toʻlaydi. Pulning bu vazifasi tovar 
muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni toʻlashda ham toʻlov 
vositasi vazifasini bajaradi. Qogʻoz pullar, veksel va banknotlar – pulning toʻlov vositasi sifatidagi 
vazifasidan kelib chiqqan. Bugungi kunda zamonaviy, ya’ni qogʻoz-kredit pullarning iqtisodiy mazmuni va 
tabiati toʻgʻrisida soʻz yuritilganda, gʻarb iqtisodiy adabiyotlarida qogʻoz pulning tovar emasligi qat’iy 
ta’kidlanadi. Bunda ayrim iqtisodchilar pulning tabiatini uning likvidligi, boshqa birlari esa uning dekret 
pul, ya’ni qonun tomonidan mustahkamlanganligi orqali belgilaydilar.
6
Klassiklar ham, miqdoriylik 
nazariyasi tarafdorlari ham pulning alohida tovar ekanligini va boshqa tovarlardan uning ana shu alohida 
xususiyati ajratib turishini tushunmaydi. Bizning nazarimizda pul alohida tovar boʻlib, boshqa barcha 
tovarlarning qiymatini ifodalaydigan 

Экономическая теория: Учебник. - Изд., испр. и доп. / Под общ. ред. акад. В.И.Видяпина, А.И.Добрынина, 
Г.П.Журавлевой, Л.С.Тарасевича. – М.: ИНФРА-М, 2005, 163-б.; Экономическая теория: Учебник./ Под ред. 
А.Г.Грязновой, Т.В.Чечелевой. – М.: Издательство «Экзамен», 2004, 189-191-б.; Курс экономической 
теории. Учебное пособие под ред. Чепурина М.Н., Киселевой Е.А. Киров, изд-во «АСА», 1995, 96-б.
umumiy 
ekvivalent sifatida xizmat qiladi. U boshqa tovarlar kabi ikki tomonlama xususiyatga ega: bir tomondan, 
umuman tovar sifatida boshqa tovarlar singari qiymatga ega boʻlsa, ikkinchi tomondan, naflilikka, ya’ni 
iste’mol qiymatiga ega. Uning iste’mol qiymati umumiy ekvivalent sifatida boshqa istalgan tovarga 
almashuvchanligida ifodalanadi. Toʻla qimmatli pullardan oʻz qiymatiga ega boʻlmagan pul belgilarini 
qoʻllashga oʻtish hamda naqd pulsiz hisob-kitoblarning rivojlanishi natijasida qogʻoz pul oddiy tovarlarga 
xos boʻlgan xususiyatlar: qiymat va iste’mol qiymatga ega boʻlmaydi. Ammo u maxsus tovar sifatida oltin 
puldagi ikki xususiyatni: qiymat belgisi va rasmiy naflilikni saqlab qoladi. Qogʻoz pul umumiy ekvivalentlik 
vazifasini bajarganda, boshqa tovarlar qiymati bevosita qiymatga ega boʻlgan tovar (oltin) bilan emas, 
balki qiymat belgisiga ega boʻlgan vakolatli 
«tovar» bilan oʻlchanadi

(4-rasm). 

Download 1,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish