3-LABORATORIYA ISHI
SOF TUG‘MA ELEMENTLAR
1.
Laboratoriya ishining maqsadi
Sof tug`ma elementlarning kelib chiqishi va ularning tog` jinslarini
tashkil etishdagi hissasini o’rganish.
2.
Umumiy ma`lumotlar
Sof tug`ma elementlar va intermetall birikmalar.
Bu guruh minerallarining
soni 80 dan ortiq. Bulardan 30 tasi metallar va ularni ba`zan asl elementlar ham
deyiladi. Mendeleyev jadvalining oxirida joylashgan inert gazlari - He, Ne, Ar,
Xe va Rn ham ushbu guruhga kiradi. Yer qobiqi sof tug`ma elementlarning
umumiy miqdori 0,1% ni tashkil etadi. Bu miqdorning 0,04% azot va 0,01-
0,02% kislorod tashkil etadi. Sof tug`ma elementlarga
platinoid va temir
guruhi minerallari ham kiradi. Kimyoviy jadvalning o`ng qismida joylashgan
margimush, surma va vismut minerallari boshqalariga nisbatan kengroq
tarqalgan.
Sof tug`ma elementlarning kristall strukturasi juda xilma-xil. Atomlari
orasidagi bog`lanish o`ta kuchli.
Ushbu guruhga kiradigan metallar elektrni va issiqlikni yaxshi o`tkazadi.
Yana bir xususiyatlari ularni jilolaganda yuzasi
kuchli yaltiraydi va yuqori
darajada nur qaytarish xususiyatga ega bo`ladi. Bu guruhga kirgan platinoidlar
va oltinlarning solishtirma og`irligi barcha ma`lum minerallar solishtirma
og`irligidan juda katta. Bu guruhga kiruvchi metallarning yana bir xususiyati
ularning pachaqlanuvchiligi va egiluvchanligidir.
Sof holda uchraydigan minerallar
1. Mis - Cu. U kimyoviy jihatdan sof holda bo`ladi, ba`zan tarkibida
aralashma holda - Ag, Au va Fe uchraydi. Masalan: oltinli misda Au - 2-3%,
vitneit mineralida Au miqdori 11,6% gacha, kumush esa mis tarkibida 3-4 dan
8% gacha bo`ladi. Ayrim hollarda katta miqdorda rux bo`lishi mumkin. Mis
kubik singoniyali bo`lib kristallarining to`g`ri qiyofadagi turlari kam uchraydi
(3.1-rasm).
Mis-tog` jinslarining darzlik va yoriqlarida ko`pincha noto`g`ri
shaklda
dendritlar ba`zan plastinkachalar holida bo`ladi. Ba`zi konlarda yirik, og`irligi
bir necha tonnaga teng bo`lgan uyumlari (Amerikaning "Yuqori ko`l"
viloyatida) topilgan. Sof holda misning og`irligi 1000 tonna atrofidagi bo`lagi
Rossiyaning Yekaterinburg viloyatidagi Gumejevskiy konida topilgan.
3.1-rasm. Misning kristall strukturalari
Misning rangi qizil. Metall kabi yaltiroq, qattiqligi 2,5-3,
yaxshi
egiluvchanlik xususiyatiga ega. Sinishi ilgakli, ulanish tekisligi yo`q.
Solishtirma og`irligi 8,5-8,9, u elektr tokini yaxshi o`tkazadi. Ushbu
xususiyatlari bilan boshqa minerallardan farqlanadi. Mis HNO
3
kislotada oson
eriydi,
HCl da qiyinlik bilan erib, mis xlorni yuzaga keltiradi. Sof mis turli
geologik jarayonlarda yuzaga keladi, ammo ko`p
miqdorda gidrotermal va
ekzogen sharoitida paydo bo`ladi. Sof misning yuzaga kelishiga misol qilib
Amerikaning Michigan shtatidagi "Yuqori ko`l" konini ko`rsatish mumkin.
Gidrotermal sharoitda sof misning paydo bo`lishi quyidagicha ifodalanadi.
2FeCl
2
+CuCl
2
+3H
2
O=Cu+Fe
2
O
3
+HCl
Ba`zan sof mis o`zgargan asosli intruziv jinslarning oralarida uchraydi.
Ularning bu joyda mavjudligi xalkopirit va boshqa sulfidli birikmalarning
parchalanishi tufayli yuzaga kelgan. Bunga
misol Uraldagi Turinsk va
Qozog`istondagi Qalmoq tosh konlari:
Cu
2
S+2O
2
=CuSO
4
+Cu
CuO+C=2Cu+CO
2
Cu
2
O+H
2
SO
4
=CuSO
4
+H
2
O+Cu
Ushbu tenglamadagi sof misning yuzaga kelishini sulfid konlarining
oksidlanish zonasining ostki qismida joylashadi. U kuprit Cu
2
O,
malaxit -
Cu
2
(CO
3
)
2
·nH
2
O, ba`zan xalkozin –Cu
2
S va boshqa minerallar bilan birgalikda
uchrashi aniqlangan. Mis metall sifatida - elektrotexnikada, mashinasozlikda,
har xil asbob-uskunalar, tanga pul idishlar tayyorlashda ishlatiladi.