85
6-Bob
.
Nafas. Nafas fiziologiyasi. Sog‘lom turmush tarzida
nafasning ahamiyati.
Barcha tirik organizmlarning hujayralari oziq moddalarning oksidlanishli
parchalanishi oqibatida energiya bilan, asosan adenozintrifosfat (ATF)
bilan
ta’minlanadi. Ushbu energiya, substratdan vodorodni tortib olish va uni atomar
kislorod bilan birikishi hisobiga ajaraladi (nafas olish zanjiri bo‘ylab elektronlar va
protonlar uzatilishi sodir bo‘ladi). Bu jarayon natijasida substratdan (asosan
uglevoddan) karbonat angidrid va suv qoladi. Hujayralarning
normal faoliyati
uchun metabolizmning oxirgi mahsulotlari chiqarib tashlanishi lozim. Bunday
muhim mahsulot karbonat angidrid hisoblanadi. Shunday qilib, hujayralar va atrof-
muhit o‘rtasidagi gazlar almashinuvi, ya’ni kislorodning
yutilishi va karbonat
angidridning chiqarilishi nafas olish deyiladi.
Nafas olish a’zolarining anatomiyasi.
Nafas olish a’zolari havo
o‘tkazuvchi yo‘llar va gazlar almashidigan a’zo - o‘pkalarga bo`linadi. Havo
o‘tkazuvchi yo‘llarga burun bo‘shlig‘i, hiqildoq, kekirdak, traxeya va bronxlar va
bronxiolalar kiradi. O‘pkalarda esa qon bilan kislorod orasida gazlar almashinishi
ro‘y beradi. Yuqori sut emizuvchilarda nafas olish a’zosidan hiqildoq ikkita
funksiyani bajaradi: havo o‘tkazuvchi va tovush chiqaruvchi. To‘g‘ri
nafas olish
burun bo‘shlig‘i orqali amalga oshriladi.
Burun bo‘shlig‘i-
butun ichki yuzasi
shilliq parda bilan qoplangan. Bu parda xilpilovchi kiprikli epiteliydan iborat.
Shilliq bezlar qadahsimon hujayralardan tarkib topib,
shilliq moddalar ishlab
chiqaradi. Epiteliy kipriklari havo tarkibidagi changni ushlab qoladi. Shilliq osti
qavatida joylashgan qon kapillyarlari orqali havo iliydi va iligan xolda havo
o‘pkaga o`tadi. Nihoyat shilliq bezlarning sekreti yordamida havo namlanadi.
Hiqildoq-
havo o‘tkazuvchi yo‘llarning bir qismi bo`lishi bilan tovush chiqarishda
xam ishtirok etadi.Hiqildoq bo`yinning oldingi qismida IV-VI bo`yin umurtqalari
sohasida joylashgan. Til osti - qalqonsimon membrana
orqali hiqildoq til osti
suyagiga osilib turadi. Hiqildoq old tomonidan teri, bo`yin muskullari va fassiyalar
joylashgan. Orqa tomondan esa bo`yindan o`tuvchi qon tomirlar va asablar o`tadi.
86
Hiqildoq pastki qismi bilan kekirdakga tutashgan (ilova: 34- rasm).
Kekirdak-
hiqildoqni davomi bo‘lib 9-13 smga teng bo`lgan nayidan iborat. Yuqori qismida
uzuksimon tog`ay bilan xiyla harakatchan birikadi va VI-VII bo`yin umurtqalari
ro`parasida joylashgan. Pastki chegarasi V Ko`krak umurtqasini yuqori qirrasiga
to‘g‘ri keladi, shu sohada kekirdak chap va o`ng bosh bronxlarga ajralib ketadi.
Kekirdak 4-5 ko`krak
umurtqalari sohasida chap, o`ng bosh bronxlarga bo`linadi.
O`ng bronx chap bronxga qaraganda kaltaroq va keng, chap bronx ingichkaroq va
uzun. Nafas olish tizimining bosh a’zosi
o‘pkalar
(ilova: 35- rasm). O‘pkalar juft
a’zolar bo‘lib, butun ko`krak bo‘shlig‘ini egallab, shakli va hajmini doim nafas
fazasiga qarab o`zgarib turadi. Chap va o`ng o‘pkalar ko`krak qafasining oldingi
qismida joylashgan bo‘lib, konussimon shaklga ega.
Konusning asosi past
tomondan diafragmaga tegib tursa, uchi esa birinchi qovurg‘adan 3-4 sm
yuqoriroqda turadi. Har qaysi o‘pka plevra deb ataladigan seroz parda bilan
o`ralgan. Plevra ikki varaqdan - ichki (visseral) va devor (parietal)
varaqlardan
iborat. Ichki yoki visseral varag`i darvoza sohasidan tashqaridan butun o‘pkani
o`rab turadi. Devor yoki parietal varag`i esa ko`krak bo‘shlig‘i devorini qoplab
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: