323
esa-jigar ichi yoki umumiy o’t yo’lining obstruksiyasi natijasida yuzaga
keladi.
Gemolitik sariqlik
Bu sariqlik qonda ko’p miqdorda konyugirlangan bilirubin bo’lishi
bilan xarakterlanadi. Eritrotsitlarning ko’p gemolizi bilan bog’liq
holatda bog’lanmagan bilirubinning ko’p ajralib chiqilishida yuzaga
keladi:
-Effektiv bo’lmagan eritropoez;
-Vit B12, folat kislota tanqis anemiya;
-Davomli yoki cho’ziluvchan septik endokardit;
-O’pka infarkti sohasidagi qon quyulishlar;
-Malyariya;
-Gemolitik zaharlar ta’siri natijasida (fenilgidrazin, og’ir
metal
tuzlari);
-Turli xil immunologik kasalliklar natijasida yuzaga keladigan
immun gemolitik anemiya ham bor.
Gemolitik sariqlikda teri rangi limon-sariq tovlanadi, teri qichishi
bo’lmaydi, taloq kattalashgan bo’lib, anemiya rivojlanadi.
Qonda erkin
(bog’lanmagan) bilirubin miqdori ko’payadi, chunki jigar ko’plab hosil
bo’layotgan bilirubinni bog’lashga ulgurmaydi.
Najas rangi
intensiv, bu
ko’p miqdorda bilirubin hosil bo’lishi va uni
sterkobilinogen shaklida
ichakga ajralishi bilan bog’liq.
Siydikda ko’p
miqdorda urobilin va
sterkobilinogen bo’lib, bilirubin bo’lmaydi.
Jigar-hujayra (parenximatoz) sariqligi.
Jigar hujayralari shikastlanishi hisobiga ularni zararsizlantirish
(detoksikatsion) funksiyasini pasayishi hisobiga,
qonda hemoglobinni
parchalanishi natijasida hosil bo’lgan bilirubinni glyukuronid kislota
bilan bog’lash faoliyatini yani bilirubin glyukuronid hosil bo’lishining
pasayishidir va o’t yo’llariga kam ajralishi. Sariqlikning bu turi,
gepatotsitlar zararlanishi va qonda bog’langan, shu bilan birga
bog’lanmagan bilirubin ko’payishi kuzatiladi. Bog’lanmagan
bilirubin
ko’payishi jigarni bilirubinni glyukuronid kislotasi bilan bog’lash
xususiyatini pasayishi hisobiga bo’lsa, bog’langan bilirubinni ko’payishi
uni o’t yo’llaridan qonga so’rilishi hisobigadir. Siydikda suvda eruvch
bog’langan bilirubin va o’t kislotalarini paydo bo’lishi, najasda
sterkobilinogen kamayishi bilan xarakterlanadi.
Sariqlikning bu turi quyidagi holatlarda kuzatiladi:
324
-Jigarning virusli zararlanishlarida (A, B turdagi o’tkir gepatitlarda,
B, C, D turdagi surunkali gepatitlarda,
toksik gepatitlarda, jigarning
tsirrozida);
-Alkagolli zararlanishida;
-Dorilar bilan zararlanishda;
-Autoimmun gepatitlar va b.q.;
Teri qoplamlari rangi o’zgargan qirmizi-sariq va qizilroq tus oladi,
taloq kattalashishi mumkin. Siydikda xuddi gemolitik sariqlikdek,
konyugirlangan bilirubin miqdori oshgan bo’lib, siydik rangi
odatdagidan qoraygan bo’ladi, najas esa odatdagidan oqargan bo’ladi.
Bulardan tashqari irsiy gepatozlar (Jilber va Rotor sindromi) ham
mavjud va bularda ham bilirubinni glyukuronid bilan bog’lanishi malum
etapda buzilib terida yoki shilliq qavatlarda
sariqlik yuzaga keladi, bu
bolalikdan ham bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: