O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


- rasm. 12 t sanoat chastotali  induksion tigel pechi (qopqog‗i  ochilgan) 3.21- rasm



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

3.20- rasm.
12 t sanoat chastotali 
induksion tigel pechi (qopqog‗i 
ochilgan)
3.21- rasm.
ИЧТ- 6 induksion tigel 
pechi 


181 
3.22- rasm.
Induksion elektrpechda metall temperaturasining va tarkibining o‗zgarishi (1-5 larni 
3.18- rasmdan qarab oling).


182 
Agar induksion pechda tarkibida kremniy kam bo‗lgan va uglerod miqdori ko‗p 
bo‗lgan cho‗yan suyuqlantirilsa, C va Si ning berilgan konsentratsiyalari uchun 
muvozanat temperaturaga erishilganda tigel reaksiyasi boshlanadi, bu esa pech 
tigelining ko‗p yeyilishiga olib keladi. Shuning uchun futerovkasi kislotali pechda 
suyuqlantirishning temperatura rejimini o‗ta qizdirilayotgan suyuq cho‗yanning 
kimyoviy tarkibiga qarab tanlash zarur. 
Induksion 
pechda 
suyuqlantirish 
texnologiyasi.
Induksion pechda 
suyuqlantirishning texnologik jarayoni shixtani yuklash, uni qizdirish va 
suyuqlantirish, o‗ta qizdirish, uglerodlash va cho‗yanning kimyoviy tarkibini 
berilgan tarkibgacha yetkazish, shuningdek, termovaqtli ishlov berish (saqlab 
turish) ni o‗z ichiga oladi. Yuklanadigan shixta qisman suyuqlanmaga botirilib 
elektr o‗tkazadigan uzluksiz muhit yaratadi va bu muhitda induktor bilan uyurmaviy 
toklar hosil qilinadi. Suyuq metallga (oldingi suyuqlantirishdan qolgan zumpf yoki 
«botqoq» deb ataladigan qoldiq) yuklash shuning uchun ham bajariladiki, sanoat 
chastotali elektr tokidan foydalanilganda shixtaning diskret elementlarida 
uyurmaviy toklar hosil qilish kam samarali bo‗ladi, chunki ular metallni qizdiradi va 
u suyuqlanadi. 
Zumpf massasi pechdagi metall umumiy massasining 50%ini tashkil qiladi va 
mos ravishda, suyuqlantirish davrlarining davomiyligiga ta‘sir qiladi. «Botqoq»qa 
yuklash bir necha bosqichlarda amalga oshirilishi mumkin. Masalan, sig‗imi 12 t 
bo‗lgan pechda va sig‗imi 5 t bo‗lgan zumpfda suyuqlantirishda quyidagi ketma- 
ketlikka va davrlarning davomiyligiga rioya qilinadi: 5—6 t ni yuklash 
(qaytarishdan tashqari) — 15 min, suyuqlantirish — 1 soat 5 min, kimyoviy tarkibni 
me‘yoriga yetkazish — 40 min, qaytarilgan metallni (2 t) yuklash — 10 min, 
qaytarilgan metallni suyuqlantirish — 15 min, temperatura bo‗yicha me‘yoriga 
yetkazish va shlakni nasos bilan chiqarib tashlash — 25 min. Shunday qilib, 
pechning soatlik unumdorligi uning sig‗imining taxminan 1/3 qismini tashkil qiladi. 
Ba‘zan suyuqlantirish sikli bayon etilganidan sezilarli farqlanadi. Masalan, 
sig‗imi 65 t bo‗lgan tigelli induksion pechlarda suyuqlantirishda hajmi 58 t ni tashkil 
qiladigan «botqoq»qa yuklash har biri 7 t bo‗lgan porsiyalar bilan amalga oshiriladi. 


183 
Yuklanadigan 7 t qattiq metal 500 °C gacha qizdirilganda tez suyuqlanadi va 10 
minut o‗tgach 1550 °C temperaturali 7 t suyuq metal chiqarib beriladi. 
Shixtani qizdirish va suyuqlanirish vaqtida temirning oksidlanish jarayonlari 
sodir bo‗ladi. Havo kislorodi temir aralashmalarini ham oksidlaydi. Temir, kremniy 
va marganes oksidlari shlak hosil qiladi. 
Induksion pechlarda cho‗yanni suyuqlantirishda FeO dan temirni qaytarish 
uchun karburizator ishlatish va ferroqotishmalarni tejash maqsadga muvofiq 
bo‗ladi. Suyuqlantirishni suyuqlanmadagi kremniy va marganes miqdori kam va 
uglerod miqdori ko‗p bo‗lganda bajarish lozim. Buning uchun karburizatorni tigel 
tubidagi uyumga kiritish, suyuqlangan va o‗ta qizdirilgan suyuq cho‗yanga esa 
ferrosilitsiy va ferromarganes kiritish zarur. Tarkibida uglerod bo‗lgan ФС 75 va 
ФМн5 qo‗shilmalarni yuklagichga yuklaganda C, Si va Mn larning kuyindilari
tegishlicha, 18—25, 30—32 va 52—55% ni tashkil qiladi. Agar yuklash joyiga 
karburizator kiritilsa, ФC75 va ФМн5 esa pech 1550 °C gacha qizdirilib, 1440— 
1460 °C gacha sovitilgandan keyin qo‗shilsa, C ning kuyindisi 30—35% gacha. Si 
va Mn ning kuyindisi esa, tegishlicha, 5—7% hamda 13—24% gacha kamayadi. 
Shu boisdan, shuningdek, komponentlarning erish issiqlik effektlarini (3.8- jadval) 
hisobga olib, birinchi navbatda, karbyurizator va po‗latning temir- tersaklarini, ular 
suyuqlangandan va erib ketgandan keyin esa cho‗yanning temir- tersaklari hamda 
qaytarmani yuklash lozim. Ferroqotishmalar eng oxirida (me‘yoriga yetkazishda) 
kiritiladi [8]. 
Induksion pechda suyuqlantirishda shlaklar katta qovushoqlikka ega bo‗ladi, 
chunki ularning tarkibida 60—70% SiO
2
bo‗ladi (3.16- rasmga q.) va past 
temperaturaga ega bo‗ladi, bu esa shlak bilan birgalikda metallning ko‗p 
yo‗qolishiga olib kelishi mumkin. Ularning tarkibi suyuqlantirish rejimi, 
elementlarning kuyishi va oksidlarning futerovkaning sirt qatlamidan shlakka 
o‗tishiga bog‗liq. Shlaklarning kislotaliligi suyuqlantirish boshidagi 0,9—1,1 dan 
1500 °C temperaturaga erishilganda 6—8 gacha ortadi, shlakdagi temir 
oksidlarining miqdori 40 dan 10% gacha kamayadi. SiO
2
ning miqdori esa 40 dan 
70% gacha ortadi. Qolgan komponentlarning miqdori deyarli o‗zgarmaydi (2—3% 


184 
CaO; 0,5—2,5% Mn; 7—14% Ai
2
O
3
). SiO
2
miqdorining ortishini past suyuqlanish 
temperaturasiga ega bo‗lgan (SiO
2
∙ nFeO ∙ mMnO) tipidagi murakkab 
birikmalarning hosil bo‗lishi hisobiga uning futerovkadan o‗tishi, shuningdek, FeO 
ning kamayishi hisobiga uning shlakdagi solishtirma ulushining ortishi bilan 
tushuntirish mumkin. FeO yuqori temperaturada, asosan, cho‗yan uglerodi bilan 
qaytariladi. 
Cho‗yanning uglerodlanishi va uni ma‘lum kimyoviy tarkibgacha yetkazish — 
induksion pechda cho‗yan suyuqlantirish operatsiyalaridan eng muhimidir. 
Kimyoviy tarkibi ma‘lumotnomalarda keltirilgan hisob ma‘lumotlari bo‗yicha 
korrektirovka qilinadi. Induksion pechda cho‗yan suyuqlantirishni yakunlovchi 
operatsiyasi 
termovaqt 
ishlov 
berishdir. 
Bit 
operatsiya 
suyuqlanmani 
gomogenizatsiyalash va dastlabki shixta materiallarining zararli irsiy ta‘sirini 
kamaytirish maqsadida bajariladi. Termovaqt ishlov berish tigel reaksiyasining 
muvozanat temperaturasidan 50 °C ortiq temperaturada tutib turishdan iboratdir. 
Tutib turish СЧ 18 cho‗yan uchun 5 min dan 20 min gacha (СЧ 45 cho‗yan uchun) 
davom etadi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish