O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Yoy pechida cho‘yanni monojarayon yordamida suyuqlantirish



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Yoy pechida cho‘yanni monojarayon yordamida suyuqlantirish 
texnologiyasi.
Shixta sifatida, asosan, cho‗yan yoki po‗lat temir- tersaklari va 
qaytarilgan metall, shuningdek, biror miqdorda quyma ko‗rinishidagi yangi 
cho‗yandan foydalaniladi. Shixta mavjud shixta materiallarining kimyoviy tarkibiga 
va kuyindiga asoslanib hisoblanadi. Odatda, uglerodning kuyishi 10%, kremniyning 
kuyishi 10% va marganesning kuyishi 20% deb qabul qilinadi. Shixtada qirindidan 
foydalanilganda elementlarning kuyishi sezilarli darajada ortishini hisobga olish 
lozim. 
Har bir suyuqlantirish oldidan futerovkani mayda ta‘mirlash zarur. Shu 
maqsadda tag va qivaliklar zapravka qilinadi, ya‘ni tag va qiyaliklardagi 
chuqurchalarga oldingi suyuqlantirish jarayoni tugagan zamonoq, 90—92% kvars 
qumdan, 5—6% suyuq shisha va 3—4% suvdan iborat aralashma surtiladi. 
Futerovka asosli bo‗lganda zapravka dolomit yoki magnezit massa bilan amalga 
oshiriladi. 
Shixta ixtisoslashtirilgan qovg‗a yordamida yuklanadi. Shixtaning hovlisiga 
massasi pech sig‗imining qariyb yarmini tashkil qiladigan shixta porsiyasi 
yuklanadi. Shixtani pech vannasiga yuklash uchun gumbaz chetga suriladi, qovg‗a 


177 
pech vannasi bilan o‗qdosh qilib o‗rnatiladi va tubi ochiladi. Yuklash oldidan 
karbyurizatorning (elektrod siniqlari, elektrod uvoqlari va shunga o‗xshashlar) hisob 
miqdoridan 75%i qovg‗a yoki pechga uzatiladi. 
Yuklangan va gumbaz bilan berkitilgan pech suyuqlantirish uchun ishga 
tushiriladi, ya‘ni kuchlanish ostida bo‗lgan elektrodlar shixta bilan 
kontaktlashgunga qadar pechga kiritiladi. Yoy razryadlarini turg‗un o‗tishi yo‗lga 
qo‗yilgandan keyin pech quvvati yuqori bosqichga o‗tkaziladi. Shixta suyuqlangan 
sayin suyuqlanmagan bo‗laklar hosil bo‗lgan quduqlarga itarib tushiriladi. Shlak 
hosil qilish uchun uni hosil qiluvchi komponentlar. ohak va qum kiritiladi. Ularning 
massasi shunday tarzda tanlanadiki, suyuqlantirish oxirida metall qalinligi 50 mm 
ga yaqin shlak qatlami bilan qoplansin. Shlakning qovushoqligi yuqori bo‗lmasligi 
kerak (sinov qoshig‗idan oson to‗kilsin), qotgandan keyin, esa yashilroq sirtli zich 
siniq joyiga (siniqqa) ega bo‗lshi kerak. Qattiq holatda shlak singan joyining qora 
rangli va pufakchasimon bo‗lishi uning yuqori darajada oksidlanganligi haqida 
guvohlik beradi. Bunday holda shlakni qisman chiqarib tashlash va shlak hosil 
qiluvchi yangi komponentlar qo‗shish kerak. 
Asosiy shlakni hosil qilish uchun pechga 1 t metallga 0,15 kg miqdorda ohak 
kiritiladi, natijada 0,001% oltingugurt chiqarib yubori- ladi. To‗la suyuqlangandan 
keyin kimyoviy analiz qilish va oqarganligini tekshirish uchun namunalar olinadi, 
pech esa ikkinchi bosqichga ulanadi va metall 1400—1450 °C gacha o‗ta qizdiriladi. 
So‗ngra shlak chiqarib yuboriladi, pechga karbyurizatorning umumiy hisob 
massasidan qolgan 25%i hamda ohak va qum kiritiladi. Birinchi ekspress- analiz 
natijalariga ko‗ra pechga ferroqotishmalar beriladi. So‗ngra metall 1440—1480 °C 
gacha o‗ta qizdiriladi va kovshga chiqariladi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish