O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s. A. Rasulov, V. A. Grachev


Kristall panjaralarning asosiy turlari



Download 4,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/140
Sana01.05.2022
Hajmi4,75 Mb.
#601174
TuriУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140
Bog'liq
fayl 1921 20210923

Kristall panjaralarning asosiy turlari 
Turi 
Misol 
Kub 
Osh tuzi, mis 
Geksagonal 
Grafit, kvars 
Tetragonal 
Oq qalay 
Rombik (ortorombik) 
Rombik oltingugurt 
Monoklin 
Monoklin oltingugurt 
Trigonal (romboedrik) 
Kalsit 
Qattiq amorf moddalar o‗ta sovitilgan suyuqliklardir. Bunday strukturalarda eng 
yaqin qo‗shni zarrachalar panjarada qariyb to‗g‗ri holatni egallashi mumkin, lekin 
navbatdagi qo‗shni zarrachalar to‗g‗ri holatlardan ancha ko‗p chetlanadi va shuning 
uchun bitta elementar zarracha (yacheyka) chegarasidan tashqarida zarrachalarni 
joylashtirishda yetarli darajada tartib o‗rnatishga erishib bo‗lmaydi. Metallurgiyada 
moddalarning bu guruhini keng ko‗lamda shlaklar tashkil qiladi. Barcha 
suyuqlantirilgan metallar ham suyuqliklar jumlasiga kiradi. 
Navbatdagi agregat holat gazsimon holat hisoblanadi. Barcha moddalar qattiq 
holatdan suyuq holatga, so‗ngra gazsimon holatga o‗tishlari mumkin. Biroq bunday 
holatlar orasidagi masofa turlicha bo‗ladi. Agar A nuqta — qattiq holat, В — suyuq, 
C esa gazsimon holat bo‗lsa, unda AB kesma, BC kesmaga qaraganda ko‗p marta 


60 
kichik bo‗ladi. 
Istalgan modda yetarli darajada qattiq qizdirilganda bug‗lanib, gazga aylanadi. 
Agar temperatura ko‗tarilsa, gaz molekulalari ularni tashkil etadigan atomlarga 
parchalana boshlaydi, so‗ngra atomlar ionlarga aylanadi. Gaz fazaning bunday 
holati plazma holati deyiladi. Plazma ionizatsiyalanish darajasi α bilan 
xarakterlanadi. Ionizatsiyalanish darajasi deganda, ionizatsiyalangan atomlar 
sonining ularning plazma hajm birligidagi to‗la soniga nisbati tushuniladi. α ning 
qiymatiga qarab, plazma ozgina, ko‗p yoki to‗la ionizatsiyalangan plazmalarga 
bo‗linadi. 
Plazmaga tatbiqan past temperaturali va yuqori temperaturali tushunchalariga 
biroz o‗zgacha ma‘no beriladi. Temperaturasi T ≤ 10
5
К bo‗lgan plazmani past 
temperaturali deb hisoblash qabul qilingan. Metallurgiyada past temperaturali 
plazma ishlatiladi. 
Metallurgiyada moddalar qanday agregat holatda bo‗lmasin, bir- biri bilan sof 
ko‗rinishda o‗zaro ta‘sirlashish jarayonlari juda kam uchraydi. Odatda, eritmalar 
bilan ish olib borishga to‗g‗ri keladi. 
Eritmalarning juda ko‗p turlari mavjud. Ularning xarakteri va xossalari eritmada 
qanday zarrachalar taqsimlanganligiga, erituvchi muhitning xususiyati qandayligiga 
va zarrachalar orasidagi o‗zaro ta‘sir qaysi tarzda amalga oshishiga bog‗liq bo‗ladi. 
Eritmaning unda kam miqdorda bo‗lgan komponentini erigan modda deb, ko‗p 
miqdorda bo‗lgan komponentini esa eritgich deb atash qabul qilingan. Agar suyuq 
eritmada taqsimlangan molekulyar yoki ion zarrachalarning undagi miqdorida erishi 
davom etmasa, unda bunday eritma to ‗yingan eritma deyiladi. 
Eritmalar 
erigan moddalarning 
konsentratsiyasi 
bilan 
xarakterlanadi. 
Konsentratsiya massasi bo‗yicha % hisobida, hajmi bo‗yicha % hisobida, 1 m
3
eritmada mollarda, 1 l eritmada mollarda (molarlik) va mol ulushlarida (eritma 
komponentlaridan birining mollari sonining eritma mollarining umumiy soniga 
nisbati) ifodalanishi mumkin. 
Metallurgiyada eng ko‗p tarqalgani — metall eritmalari va oksidlar eritmasidir. 
Ularning o‗zaro ta‘siri oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining o‗tishi bilan 


61 
xarakterlanadi. 

Download 4,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish