27
28.
Sh.S.Saripovning “Kasb-hunar ta‟limi tizimida o„quvchilar ijodkorlik
qobiliyatlarini rivojlantirish uzluksizligi” (Monografiya. -T.: 2005 y. “Fan”., 129
bet) monografiyasida asosan mehnat (hozirgi kunda texnologiya)
fanidan yoki
kasbiy yoʻnalishda kadrlar tayyorlovchi kasb-hunar kollejlarida oʻquvchilarni
ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning ilmiy nazariy va ilmiy metodik tavsiyalar
ishlab chiqilgan.
Mehnat ta‟limi darslarida o„quvchilar texnikaga oid murakkab bo„lmagan
modellarni yasash bilan shug„ullanishadi. Ularni namunasi yoki chizmalari
bo„yicha tayyorlanadi. Bunday buyumlarni tayyorlash
jarayonida maktabning
ustaxonasidagi shart-sharoit hisobga olinadi. Mashinasozlik chizmachiligi orqali
o„quv loyihalashda uncha murakkab bo„lmagan konstruktorlik masalalari
yechiladi. Ijodkorlik - insonning borliqni bilish va o„zgartirishga qaratilgan ongli,
maqsadga yo„naltirilgan faoliyati bo„lib, uning natijasida yangi, o„ziga xos, ilgari
mavjud bo„lmagan moddiy va ma‟naviy ne‟matlar
yaratiladi Ijodkorlikni
ta‟minlash uchun ijodiy izlanish talab qilinadigan masalalar boʻlishi shartligi va
bunday topshiriqlar mazmuni hamda banki ilgʻor pedagoglar tomonidan tuzilishi,
oʻquvchilarga yetkazilishi shart. Mazkur monografiya bu holatning yechimini
koʻrsatib berilgan.
29.
E.Ruziyevning “Графическая подготовка в системе непрерывного
образования Республики Узбекистан (монография) (-Т.: “Фан” АН РУз, 2003.
– 10,6 п.л.) monografiyasida mamlakatimizdagi uzluksiz ta‟lim tizimida: umumiy
oʻrta ta‟lim, kasb-hunar ta‟limi va oliy ta‟limda oʻquvchi
va talabalarni grafik
faoliyatga tayyorlashning metodik ta‟minoti ilmiy nuqtayi nazardan tahlil qilingan,
uni takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqilgan va bu tavsiyalarning
amaliyotdagi oʻrni koʻrsatib berilgan.
30.
N.Yodgorov,M.Xalimovlarning
“Chizmachilikda
fazoviy
almashtirishlarni oʻqitish jarayonida oʻquvchilar bilish faoliyatini rivojlantirish”
(Monografiya. –Buxoro: “Durdona” nashriyoti, 2014, 6,5) fazodan tekis chizmaga
koʻchish yoki aksincha, tekis chizmadan fazoga koʻchish jaraonlari, bunda fazoviy
28
almashtirishlarning amalga oshirilishi va aynan shu jabhada oʻquvchilarning
fazoviy tasavvuri va tafakkurini rivojlantirish,
shuningdek, bilish faoliyatini
faollashtirish imkoniyatlari ilmiy jihatdan ochib berilgan.
31.
S.S.Saydaliyevning “Sharq me‟morchiligi an‟analari vositasida
o„quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish” (Nomzodlik dissertatsiyasi. -T.:
2010, 130 bet) nomli nomzodlik dissertatsiyasida fazoviy tasavvurning 24ta turi,
talabalarning fazoviy tasavvuri va tafakkurini
rivojlantirish imkoniyatlari, bunda
sharq me‟morchiligi an‟analaridan oʻrinli foydalanish yoʻllari ilmiy jihatdan
yoritib berilgan. Ammo loyihalashga oid masalalar dissertatsiyad koʻrsatilmagan,
chunki bu mavzuning maqsadidan oʻrin olmagan.
32.
N.J.Yodgorovning
“Fazoviy
almashtirishlar
jarayonida
o„quvchilarning
bilish
faoliyatini
rivojlantirish
omillari”
(Nomzodlik
dissertatsiyasi. -T.: 2009. b. 142) nomzodlik dissertatsiyasida detal, buyumlarning
chizmalarini tuzish va uni oʻqish jarayonida fazoviy
almashtirishlar amalga
oshirilishi hamda bunda oʻquvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirish
imkoniyatlari, shuningdek, ularning fazoviy tasavvuri
va tafakkurini kuchaytirish
yoʻllari bayon etilgan. Biroq loyihalash, ijodiy izlanishni talab qiladigan masalalar
mazmuni, uning klassifikatsiyasi haqida ma‟lumotlar ishdan oʻrin olmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: