Mavzu: OK parametrlarini tadqiq etish va
OK asosida analog qurilmalarni tadqiq etish.
Ishning maqsadi:
Оperatsion kuchaytirgich parametrlarini o‘lchash
usullarini o‘rganish.
Nazariy qism.
Dastlab operatsion kuchaytirgichlar (OK) analog hisoblash mashinalarida
matematik amallarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Birinchi lampali operatsion
kuchaytirgichni 1942 yilda L.Djuli (AQSH) ishlab chiqqan. U o‘lchamlari katta va
qimmat qurilma bo‘lgan. Keyinchalik lampalar tranzistorlarga almashtirilgandan
keyin ular ixcham , arzon bo‘lgan, ishonchliligi nisbatan ortgan va natijada ularning
qo‘llanish sohalari kengaygan. Birinchi tranzistorli operatsion kuchaytirgichlar
sotuvda 1959 yilda paydo bo‘lgan. Boshqa elektron
sxemalar bilan bir qatorda
ularning ishonchliligini yanada orttirish, xarakteristikalarini mukammallashtirish,
narxini arzonlashtirish, va o‘lchamlarini kichraytirishga bo‘lgan talablar 1958 yilda
Texas Instruments firmasida yaratilgan integral mikrosxemalar
texnologiyasining
rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Johon bozorlarida muvaffaqiyat qozongan birinchi
integral OK mA702 R.Uidlarom (AQSH) tomonidan 1963 yilda yaratilgan. Hozirgi
vaqtda yuzlab nomdagi operatsion kuchaytirgichlar ishlab chiqariladi va ular keng
qo‘llaniladi.
Operatsion kuchaytirgich kirish toklari kichik va kuchaytirish koeffitsienti juda
katta bo‘lgan o‘zgarmas tok kuchaytirgichidir. O‘lchamlari va narxi bo‘yicha,
umuman olganda, alohida tranzistordan farq qilmaydi. Lekin operatsion
kuchaytirgichlar
tranzistorlarga
nisbatan
stabilligi,
xarakteristikalarining
mukammalligi, imkoniyatlarining kattaligi bo‘yicha afzalliklarga ega. SHu sababli
ular, hozirgi vaqtda, sxema elementlari sifatida analog sxemotexnikaning ko‘plab
sohalarida tranzistorlarning o‘rniga qo‘llaniladi.
Operatsion kuchaytirgichning musbat hamda manfiy
kirish signallari bilan
ishlashi uchun ikki qutbli ta’minlash kuchlanishidan foydalaniladi. Buning uchun
ikkita ta’minlash manbasi ko‘zda tutiladi.
3.1-rasm. Operatsion kuchaytirgich
Operatsion kuchaytirgich deyarli doimo manfiy teskari bog‘lanish bilan qamrab
olingan bo‘ladi (19.2-rasm). Teskari bog‘lanishning xossalari operatsion
kuchaytirgichli sxemaning xossalarini belgilaydi.
3.2-rasm. Manfiy teskari bog‘lanish
Teskari bog‘lanishning prinsipi quyidagicha. CHiqish kuchlanishining ma’lum
qismi teskari bog‘lanish zanjiri orqali kuchaytirgichning kirishiga beriladi
(qaytariladi). Agar teskari bog‘lanish kuchlanishi
kirish kuchlanishidan ayirilsa,
bunday teskari bog‘lanish manfiy deb ataladi.
Manfiy teskari bog‘lanishli operatsion kuchaytirgichning (3.2-rasm) chiqishidagi
kuchlanish
Uchiq =KUUd =KU(Ukir -
bu erda KU -
-teskari
bog‘lanish koeffitsienti.
Tenglamani Uchiq /Ukir ga nisbatan echamiz
Uchiq = K
U
Ukir - K
U
SHunday qilib, teskari bog‘lanishli operatsion kuchaytirgichning kuchaytirish
koeffitsienti faqat teskari bog‘lanish zanjiriga bog‘liq.
Eng sodda holda teskari
bog‘lanish zanjiri rezistorli kuchlanish bo‘lgich bo‘lishi mumkin. Bunda OK chiziqli
kuchaytirgich sifatida ishlaydi. Agar teskari bog‘lanish zanjiri sifatida RC-zanjir
qo‘llanilsa aktiv filtr hosil bo‘ladi.