44-Mavzu: Bir takitli kuchlanish o’zgartirgichlari sxemasi va qo’llanilishi



Download 61,38 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi61,38 Kb.
#781964
Bog'liq
44-mavzu


44-Mavzu: Bir takitli kuchlanish o’zgartirgichlari sxemasi va qo’llanilishi.
Tranzistorli o‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli o‘zgartirgichlarning (avtogeneratorlar) o‘zgarmas kuchlanishni o‘zgartirish jarayonini 44.1-rasmda keltirilgan tuzilish sxemasidan foydalangan holda tushuntirish mumkin. O‘zgarmas tok manbai akkumulyator batareyasi (AB) hisoblanib, undan uncha katta bo‘lmagan Ukir kuchlanish Tr transformatorga beriladi. Tr transformator o‘zgaruvchan kuchlanishning shakllanishi va uning qiymatini o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Akkumulyator kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lganligi uchun akkumulyator va transformator orasiga o‘zgarmas tok zanjirini davriy ravishda uzish va ulash maqsadida 350...400 Hz li tok uzgichi qo‘yish zarur. O‘zgarmas tok uzgichi sifatida tranzistorli G generator xizmat qiladi. Transformator birlamchi cho‘lg‘amidagi tokning uzilishi magnit o‘tkazgichda vaqt bo‘yicha o‘zgaruvchan 𝐹(𝑡) magnit oqimini vujudga keltiradi. Natijada cho‘lg‘amlarda magnit oqimi o‘zgarish tezligiga va cho‘lg‘am o‘ramlar soniga proporsional bo‘lgan EYuK induksiyalanadi. Shunday qilib o‘zgarmas kuchlanishdan to‘g‘ri burchakli impulslar shaklidagi o‘zgaruvchan kuchlanisholinadi, ya’ni invertorlash amalga oshiriladi. To‘g‘ri burchakli impulslar transformator yordamida amplituda bo‘yicha o‘zgartiriladi va keyin F siliqlovchi filtrli T to‘g‘rilagichga beriladi. To‘g‘rilagich chiqishidan kirish kuchlanishidan talab qilingan qiymatga farqlanuvchi o‘zgarmas kuchlanish olinadi.

44.1-rasm. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli bir taktli o‘zgartirgich (avtogenerator)ning tuzilish sxemasi.
O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli tranzistorli bir taktli o‘zgartirgichning (44.2-rasm) prinsipial sxemasi Ukir o‘zgarmas kuchlanish manbai, avtogenerator sxemasi bo‘yicha kalit rejimda ishlovchi VT tranzistorda yig‘ilgan tok uzgichi, magnit o‘tkazgichi to‘g‘ri burchakli gizterezis halqali impulsli Tr1 transformator, T bir yarim davrli to‘g‘rilagich, F filtr va yuklamadan tashkil topgan. O‘zgartirgichning ishlash prinsipi impuls transformatori birlamchi cho‘lg‘amida kalit ravishda ishlovchi VT1 tranzistor yordamida o‘zgarmas tokni uzishga asoslangan. Kollektor zanjiriga Ukir o‘zgarmas kuchlanish qo‘yilganda transformatorning Wk birlamchi cho‘lg‘amidan tok oqib o‘ta boshlaydi. Ulanish momentidan boshlab tok oniy ravishda emas, ma’lum qonun bo‘yicha ortadi. SHuning uchun tok impuls transformatori magnit o‘tkazgichida o‘suvchi magnit oqimini vujudga keltiradi. Bu o‘zgaruvchan magnit oqimi Wb teskari aloqa cho‘lg‘amida o‘zinduksion EYuKni vujudga keltiradi. Wb teskari aloqa cho‘lg‘amining uchlari baza-emitter oraliqqa shunday ulanganki, kollektor toki ortganda bazaga ochuvchi potensial keladi. Tranzistor ochila borib, bundan keyingi kollektor tokining ortishiga imkoniyat yaratadi, ya’ni sxemada musbat teskari aloqa amalga oshiriladi.

44.2-rasm. O‘z-o‘zidan qo‘zg‘atishli tranzistorli bir taktli o‘zgartirgichning prinsipial sxemasi.
Kollektor va baza toklarining bunday ko‘chkisimon ravishda tez ortishi magnit oqimi to‘yinguncha davom etadi. Keyin bu toklarning ortishi to‘xtaydi va o‘zgarmas tokda transformator cho‘lg‘amlarida EYuK induksiyalanmaydi. Natijada tranzistor bazasiga ochuvchi potensial kelmaydi va u yopila boshlaydi. Tranzistor yopilishidagi kollektor tokining kamayishi qarama-qarshi yo‘nalishdagi EYuKni hosil qiladi va bazaga tranzistorni yopuvchi kuchlanish beriladi. Birlamchi cho‘lg‘am toki uziladi. Shunday qilib tranzistor, impuls transformatori va ta’minot manbai kuchlanish bo‘yicha transformatorli teskari aloqali relaksion generatorni tashkil qiladi. U o‘zgarmas tokning uzilishini ta’minlaydi. Transformatorning ikkinchi cho‘lg‘amidan o‘sha chastota va qutbdagi, lekin amplitudasi ortgan shakldagi impulslar olinadi. Bu impulslar VD1 diodda yig‘ilgan to‘g‘rilagichga beriladi. To‘g‘rilagichdan keyin RYU yuklamada talab qilingan qiymatdagi o‘zgarmas kuchlanish shakllanadi. Bir taktli o‘zgartirgichning afzalligi uning sxemasining soddaligi va ishonchliligidir. Kamchiligi esa magnit o‘tkazgichning doimiy magnitlanish natijasida kollektor cho‘lg‘amidan tok faqat bir yo‘nalishda oqib o‘tadi.
Download 61,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish