Menejment
- bu tashkiliy resurslarni rejalashtirish, tashkil qilish, boshqarish va
nazorat qilish orqali tashkilot (ya’ni korxona, muassasa, firma, jamiyat va h.k.)
maqsadlariga samarali va unumli erishishdir [2: 139].
Menejment fani
- bu boshqaruvchiga tanlovni to‘gʻri amalga oshirishni va
ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor
munosabatlari sharoitida barcha bo‘gʻinlarda ishlay oladigan yuqori malakali
boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat. Shundan kelib chiqqan holda bu fan
quyidagilarni o‘rganadi:
▪
boshqarish nazariyasi va amaliyoti;
▪
boshqarish obyekti va subyekti;
▪
boshqarish tamoyillari va usullari;
▪
boshqarish madaniyati;
▪
menejer va uning fazilatlari;
▪
menejer reytingi;
▪
boshqarishda kirishuvchanlik va qaror qabul qilish;
▪
boshqarish funksiyalari;
▪
xodimlarni boshqarish;
▪
ishlab chiqarishni boshqarish;
▪
samaradorlikni boshqarish;
▪
o‘z-o‘zini boshqarish;
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
66
http://oac.dsmi-qf.uz/
▪
hududiy boshqarish va hokazolar.
Ko‘rib turibmizki, bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obyekti
orasidagi o‘zaro munosabat bo‘lib, uning asosiy vazifasi o‘quvchilarga
boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik san’ati sirlarini o‘rgatishdan iborat.
Fanni o‘qitish talabalarda boshqarish muammolariga nisbatan qiziqishni
uygʻotish, amaliy va ijodiy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq tugʻdirishdan iborat.
Chunki, hozir boshqarish asoslarini o‘rganayotgan talabalar kelgusida boshqarish
tizimining xodimlari, kichik va o‘rta, katta jamoalarning rahbarlari, korxona va
firmalar iqtisodiy, sotsial, tashkiliy - texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish
bo‘yicha loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da’vat etilgan mutaxassislar bo‘lib
etishadilar [3: 267].
Ijodiy jarayon va madaniy boyliklarni ishlab chiqarish hamda ularni jamiyatda
idrok etishni targʻib etish uchun sharoit yaratish san’at menejeri faoliyatining asosi
hisoblanadi.
Menejer
- bu maxsus tayyorgarlik koʻrgan, boshqarishning sir-asrorlari, qonun-
qoidalarini puxta egallagan malakali mutaxassisdir. Menejer - bu yollanma
boshqaruvchi boʻlib, alohida ijtimoiy qatlamga mansub boʻladi.
Kompaniya, firma, korxona, bank, moliya muassasalarining ijroiya hokimiyatiga
ega boʻlgan boshqaruvchi, direktor, rahbar, mudir, maʼmuriy boshqaruvchilar
menejerlar deb yuritiladi [4: 99].
San’at menejerining faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:
-
ijodiy jarayonni (gʻoyalar beruvchi, ssenariy yozuvchi va h.k.) tashkil etuvchi
tadbirkor menejeri;
-
badiiy asarlarni yaratishni tashkil etuvchi menejer tashkilotchi;
-
madaniy mahsulotlar tarqatishni tashkil etuvchi va vositachilik xizmatlarini
koʻrsatuvchi savdo boʻyicha menejer (koʻrgazmalar, gastrollar, kitob, disk, ijod
mahsulotining savdosi)
-
madaniyat va san’atni ommalashtirishni tashkil etuvchi, madaniy jarayonni
jamiyat tomonidan qabul qilishga yordam beruvchi marketing sohasi boʻyicha
menejer (axborot, reklama);
-
madaniy boyliklarni tiklash, ularni asrash va ommaga taqdim etish dasturi
boʻyicha menejer.
Bugungi kun menejeri axborot va kommunikatsiya harakatini an’anaviy vertikal
aloqada emas, balki gorizontal yoʻnalishda ta’minlamoqda. Bu esa oʻz navbatida
tashqi muhit oʻzgarishlariga tashkilotning javoban harakatini tezlashtiradi.
Iyerarxiyaning gorizontal yoʻnalishida faoliyat yurituvchi loyiha menejerlari,
funksional va bosh menejerlar zamonaviy biznesning talabiga aylanmoqda.
San’at menejmentida ham erkak va ayol menejerlar faoliyat koʻrsatadi. Ularning
qobiliyatlari va bajaradigan vazifalarini oʻrganish jarayonlari bir qator olim va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
67
http://oac.dsmi-qf.uz/
olimalar tomonidan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan. Ulardan biri tadqiqotchi olima
F.Denmark katta hajmdagi tadqiqotlari asosida shunday xulosaga keldiki, boshqaruv
sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol
va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar
jamoadagi insoniy munosabatlarga koʻproq e’tibor beradilar. Erkak va ayol
menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning boʻlishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan
vazifani bajarish, koʻzlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi
[5: 16-17-b.].
San’at menejmentning iqtisodiy vazifalariga esa quyidagilar kiradi:
•
bozor iqtisodiyotining madaniy siyosatidan kelib chiquvchi madaniy hayot
tizimi (modeli)ni vujudga keltirish;
•
madaniyat taraqqiyotini rejalashtirish;
•
san’at sohasidagi tarmoq tizimlarini yaratish;
•
san’at sohasidagi tashkilotlar faoliyatining samaradorligini doimiy nazorat
etish;
•
xodimlar faoliyatini ragʻbatlantirish;
•
yangi san’at bozorlarini izlash va egallash;
•
san’at sohasida xalqaro hamkorlik shakl va modellarini yaratish.
Zamonaviy menejment tarkibiy qismi sifatida san’at menejmenti oʻz oldiga
quyidagi vazifalarni qoʻyadi:
▪
san’at tashkilotining rivojlantirish maqsadlarini aniqlash;
▪
uning strategiyasini ishlab chiqish;
▪
muammolarni yechish uchun tadbirlar tizimini ishlab chiqish;
▪
vazifalarning bajarilishini nazorat qilish.
Bugungi kunda san’at menejmenti madaniy qadriyatlarni tanlash, saqlash, ishlab
chiqarish va tarqatish jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan funksional faoliyat turlaridan
biri sifatida qaraladi. San’at menejmenti, shuningdek, madaniy xizmatlar bozori
mahsulotini ishlab chiqarishni boshqarish jarayoni boʻlib, u ushbu ishlab chiqarishda
ishtirok etadigan odamlarni tashkil etish orqali boshqaruvning barcha tarkibiy
elementlarini (rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya, nazorat) oʻz ichiga oladi.
Aytishimiz mumkinki, san’at menejmenti klassik menejmentga xos boʻlgan
boshqaruv uslublari yigʻindisi va umuman badiiy mahsulotlarni yaratish va tarqatish
jarayonini oʻz ichiga olgan san’at sohasidagi boshqaruv faoliyatining alohida turidir
[6: 93].
Yurtimizda madaniyat va san’at sohasi muhtaram Prezidentimiz ilgari
surayotgan
Taraqqiyot
strategiyasida
boshqaruv
mexanizmlarini
nazariy
umumlashtirish va ilmiy tahlil qilishni taqozo etayotganligini inobatga oladigan
boʻlsak, san’at menejmentning oʻrni va ahamiyatini oʻrganish dolzarb boʻlib qoladi.
Bu shuni anglatadiki, ijtimoiy-madaniy faoliyatda professional, toʻgʻri boshqaruv va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
68
http://oac.dsmi-qf.uz/
tartibga solinmasdan hech qanday tarzda muvaffaqiyatli rivojlana olmaydi, bu esa
madaniyat va san’at oliygohlarida talabalar tayyorlashning yangi usullarini va eng
samarali oʻqitish texnologiyalarini ishlab chiqishni talab qiladi.
Rossiyalik tadqiqotchi G.N.Novikova ta’kidlaganidek: bugungi kunda san’at
menejmenti madaniyat va san’at sohasidagi tijorat faoliyatining eng dolzarb
yoʻnalishlaridan biridir [7: 13].
Ishlab chiqarishda uning samarasini texnika va texnologiya, unumdorlik va
rentabellik aniqlasada, san’atda tashkilot faoliyati mohiyatinining har bir xodimining
ijodiy qobiliyati, iste’dodi va gʻoyalari tashkil qiladi. Shundan kelib chiqqan holda,
notijorat tashkilotlarda personalni boshqarish ishlab chiqarish jarayoni boshqaruvidan
ahamiyatlidir. San’at muassasida personalni boshqarish san’at mahsulotining sifati va
tarqatish masshtabini aniqlaydi.
Muassasa rahbari resurslardan oqilona foydalanish masalasi yechimining eng
optimal variantini qabul qilishi lozim. Mehnat resurslari muassasaning eng muhim
resursi boʻlib, uni ijodkor xodimlar tashkil qiladi. Ularni boshqarishda motivatsiya
alohida ahamiyatga ega.
Xodimlarni tanlash va ishga qabul qilish jarayoni san’at muassasasida boshqa
tashkilotlarga qaraganda murakkabroq kechadi, chunki buning uchun ma’lum
obyektiv oʻlchovlar mavjud emas. San’at muassasasida ishga qabul qilish tanlov
asosida yoki mehnat bozorida monitoring bilan shugʻullanuvchi maxsus boʻlimlar
orqali amalga oshirilishi mumkin.
Ishga qabul qilingan xodimni muassasa foaliyati konsepsiyasiga va mehnat
usuliga koʻniktirish bu rahbarning keyingi vazifasidir. Opera teatri yoki muzey kabi
yirik kompleksli muassasa haqida gap borsa, bu vazifa ancha murakkab boʻlishi
mumkin, chunki misol uchun shuhratparaslik kabi nozik masalalar e’tiborga olinishi
kerak. Har bir xodimning maksimal darajada oʻz qobliyatini namoyon eta olish uchun
sharoitlar yaratib berish va shu bilan birga mehnatga motivlashtirishning eng yuqori
pogʻonasiga erishish ham personal boshqaruvning muhim vazifalaridan biridir.
Art menejment motivatsion muammolarga ancha sezgir boʻlib kadrlarning
bazaviy joylashtirish motivatsiyaga toʻgʻridan toʻgʻri ta’sir etadi. Bu esa natijada
ijodiy jarayon samarodorligini aniqlaydi, shuning uchun motivatsion jarayoninini
dasturlash murakkab va strategik jihatdan muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Yaponiyalik tadqiqotchi T. Kono ma’lumotiga koʻra, oddiy yapon menejeri,
albatta, muhandislik mutaxassisligi yoki ijtimoiy fanlar boʻyicha universitet
diplomiga ega boʻlishi shart. Koʻp hollarda menejerlar ikki mutaxassislik diplomiga
ega boʻlsa, bir qator yetakchi biznesmenlar va yirik rahbarlarning biografik tahlili
ularning yuqori ma’lumotga ega ekanliklaridan dalolat beradi [8: 17].
San’at sohasidagi menejment mutaxassislaridan biri Djilian Xenberi Pul
menejerlarga quyidagi yoʻl-yoʻriqlarni bergan: “Tashkilotda kerakli ma’naviy muhit
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
69
http://oac.dsmi-qf.uz/
yaratish uchun bir qator yoʻlar mavjud. Mening fikrimcha, xodimlarni xonasiga
chaqirib olish eng noʻmaqul yoʻllardan biri. Men esa menejerga boshqarayotgan
muassasasi boʻylab aylanib chiqishini tavsiya etaman. Kabinetingizdan chiqing va
sizning xodimlaringiz “nima bilan nafas olayotganini” his qilishga harakat qiling.
Agarda siz kirib kelishingiz bilan xodimlaringiz gaplashishini toʻxtatsa, bunda nima
uchun bunday boʻlishini aniqlashingiz kerakdir. Kimdir tushkin kayfiyatda boʻlsachi,
bir daqiqaga uning yoniga oʻtiring. Agarda yerda qogʻoz yotgan boʻlsa boshqalarga
oʻrnak boʻlib uni koʻtaring [9: 34-35-b.].
San’at menejerlari zamonaviy san’at asarlari narxlarini shakllantirishda boror
sharoitlarini oʻrganish kuchli darajada talab etiladi.
Zamonaviy san’at asarlarining narxini nafaqat iqtisodiy nuqtai nazardan koʻrib
chiqish kerak, chunki biz estetik qiymatga ega boʻlgan ob’ektlarning narxlari haqida
gaplashamiz. Taxminan aytganda, narx ma’lum ma’noga ega. Barcha bozorlar (shu
jumladan zamonaviy san’at bozori) bir xil ishlaydi: ularni madaniy voqelikdan
alohida mavjud boʻlmagan narxlar boshqaradi. Narxlar ishlarni sotadigan tashkilot
turiga bogʻliq.
Galereyalar va auktsion uylari narxlarni belgilashda boshqacha yondashuvni
qoʻllaydilar. Agar ilgari san’at sohasida savdo-sotiq qilingan boʻlsa, ikkinchisi
tovarlarni sotadi. Galereya egalari zamonaviy san’atni targʻib qilishda oʻz vazifalarini
bajaradilar va auktsion uylaridagi hamkasblarni “parazitlar” deb bilishadi. San’at
asarlari savdosining 56% galereyalarga toʻgʻri keladi.
Narxlarni oʻz-oʻzidan oʻrnatish mumkin emas. Katta formatdagi ish kichik
ishdan koʻra koʻproq xarajat qiladi, rasm chizish esa rasm va shunga oʻxshashlardan
koʻproq xarajatlarni talab qiladi. Biroq, ishning narxi nafaqat uning texnik
xususiyatlariga bogʻliq. Bunday texnik boʻlmagan jihatlarni tushunish uchun narxni
tahlil qilish kerak, bu oʻz-oʻzidan san’atdir. San’at asarlari sotuvchilari turli xil
narxlar sxemalariga tayanadilar, ular “biron bir qarorga kelishga yordam beradigan
kognitiv koʻrsatmalar kabi ishlaydi”. Badiiy asar narxini belgilashda turli
savdogarlarning narxlarni belgilash yondashuvlari ishning texnik va birinchi
navbatda texnik boʻlmagan xususiyatlariga qarab doimiy ravishda koʻrib chiqiladi.
Bugungi kunda rassomlar, dilerlar va kollektorlar uchun san’at asarining narxini
aniqlash qiyinroq. Zamonaviy san’at bozorining globallashuvi yangi hodisa emas,
ammo bu hali ham narxlar atrofida yuzaga kelgan noaniqlikni izohlaydigan asosiy
omil. Yarmarka misolida Hindiston san’at yarmarkasi taniqli hind rassomlarining
asarlari AQSh va Buyuk Britaniyada Hindistonga qaraganda yaxshiroq sotilganligini
koʻrish mumkin.
Rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekstonda ham san’at menejerlari
faoliyat koʻrsatadigan markaz mavjudir. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
“Oʻzbekiston Respublikasida madaniyat va san’at sohasini innovatsion rivojlantirish
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
70
http://oac.dsmi-qf.uz/
chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 26-avgustdagi PQ-3920-son qarori ijrosini
ta’minlash, shuningdek, madaniyat va san’atni rivojlantirish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish, jahon madaniy sahnasida mamlakatning ijobiy imijini
mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 6-martda “Toshkent
shahrida Zamonaviy san’at markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 131-sonli qarori qabul qilingan.
Unga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Madaniyat
va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi huzurida davlat muassasasi shaklidagi
Zamonaviy san’at markazi tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazining asosiy
vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-
zamonaviy san’at sohasida ijodkorlar bilan ommaviy muloqotni yoʻlga qoʻyish;
-
tasviriy va amaliy san’atning barcha turlari vakillarini professional ravishda
birlashtirishga yoʻnaltirilgan zamonaviy san’atni innovatsion va texnologik
rivojlantirishda uzoq muddatli tashabbuslarning fanlararo oʻzaro platformasi
yaratilishini ta’minlash;
-
Oʻzbekistonda madaniyat va san’atning rivojini qoʻllab-quvvatlaydigan yosh
san’at namoyandalari va pedagoglari hamjamiyatini tashkil etish va uning faoliyatiga
koʻmaklashish;
-
Oʻzbekiston san’ati tarixi va tadqiqot tashabbuslari boʻyicha ixtisoslashtirilgan
kutubxonalar hamda bosma, foto, video va audio materiallar arxivini yaratish va
boshqarish;
-
zamonaviy san’at sohasida ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish boʻyicha
platformani yaratish va boshqarish;
-
zamonaviy madaniyat va san’at sohasida spektakllar, perfomanslar, kino
namoyishlari, audio-vizual loyihalarni amalga oshirish laboratoriyasini tashkil etish
va boshqarish [10: 414-b.].
Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda jahon ta’lim va art bozor makoniga qoʻshilish
sharoitida madaniyat va san’at sohasidagi boʻlajak mutaxassislarni badiiy boshqarish
texnologiyalari asosida tayyorlash muammosi eng dolzarb masalalardan biridir.
Ushbu bogʻliqlik natijasida badiiy menejmentning asosiy vazifasi ijtimoiy-madaniy
profildagi ta’lim muassasalarining faoliyati va rivojlanishi muammolarini hal
qiladigan texnologiyalar va usullarni qoʻllashning nazariy ahamiyati va amaliyotini
oshirish zarur.
Art menejment san’at va madaniyatning maxsus tizimi sifatida markaziy oʻrinni
egallaydi, chunki u insonning ijodiy va moddiy faoliyati mahsullari bilan bevosita
bogʻliq boʻlib, ularga nisbatan mustaqil ma’noga ega boʻlgan estetik va ma’naviy
mazmunni kiritadi, lekin pirovard natijada funktsional va ma’noga boʻysunadi.
narsaning konstruktiv, amaliy maqsadi.
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
71
http://oac.dsmi-qf.uz/
San’at sohasidagi art menejment sohasida kadrlar tayyorlash tizimini samarali
boshqarish va tartibga solish vositasi sifatida qaraladi, chunki u badiiy qadriyatlarni
yaratish va targʻib qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda texnologik
vositaga aylanishi kerak.
Kasbiy san’at menejmentining asosini tashkilot (teatr, filarmoniya, ishlab
chiqarish markazi va boshqalar) tashkil qiladi, uning samaradorligi toʻgʻri topilgan
modelga, shuningdek, menejerning shaxsiyati va kasbiy tayyorgarligiga bogʻliq.
San’at biznesining har bir yoʻnalishi oʻz boshqaruv modellariga va uning
samaradorligi mezonlariga ega. Madaniy tadbirkorlik ham bundan mustasno emas.
Ushbu sohada tashkilot faoliyatini boshqarish jarayonlarining samaradorligi
koʻrsatkichlari mavjud.
Binobarin, badiiy menejmentning maqsadlari quyidagilardan iborat: san’at
sohasidagi sub’ektlarning individual madaniy faoliyatini va ijtimoiy-madaniy
faoliyatini tartibga solish, san’at sohasidagi jarayonlarni boshqarish, badiiy va badiiy
va ijodiy jarayonlarni modellashtirish, ularning madaniy ekspertizasi, ijtimoiy-
madaniy dizayn va ijtimoiy amaliyotning turli sohalarida tegishli texnologiyani
tanlash.
Bugungi kunda har kuni amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalarning
aksariyati Nyu-York, London, Chikago va Gonkong kabi jahon san’atining yirik
poytaxtlarida amalga oshiriladi. Mahalliy darajada emas, balki “global shaharlar”
oʻrtasida yaqinroq aloqa mavjud. Xuddi shu narsa zamonaviy san’at bozorida sodir
boʻladi, unda xalqaro darajadagi galereyalar etakchi oʻrinni egallaydi: Gagosian
galereyasi (Dunyo boʻylab 16 galereya) Pace galereyasi (10), Hauser va Wirth
galereyasi (6), Perrotin galereyasi (6), Zvirner galereyasi (4) plyus xalqaro
koʻrgazmalar), Marian Goodman galereyasi (3), Blum & Poe galereyasi (3) va Fergus
Makkaffri galereyasi (2) shuningdek, xalqaro koʻrgazmalar v.b.
Eng yirik zamonaviy rassomlar oʻz asarlarini sotishga ishonishadi: ular orasida
Takashi Murakami, Richard Serra, Yayoi Kusama, Metyu Barni, Urs Fisher, Sofi
Kull, Damian Xirst, Gregori Krudson, Sindi Sherman, Andreas Gurskiy, Gerhard
Richter, Jeff Kouns, Pol MakKarti. va Olafur Eliassonlar art menejment olamida yirik
tajribaga egadir.
Bugungi kunda xalqaro miqyosdagi ushbu galereyalar savdogar va kollektor
oʻrtasidagi munosabatlar tizimini rivojlantirmoqda. Rivojlanayotgan manbalar va
ma’muriy moslashuvchanlik ularga yangi tendentsiyalarga tezda javob qaytarish va
muzeylar va shaxsiy kolleksiyalardan ishlarni jalb qilishga imkon beradi. Muzey
ob’ektlari ekspozitsiyasi ushbu san’at galereyalari va rassomlarning oʻzlarini
yaratadi, ular galereyalarni ommalashtirish uchun yanada obroʻli va ahamiyatlidir.
Shu sababli, galereyalar taniqli san’atshunoslar va muzey xodimlarining tajribalarida
oʻz hududlarida koʻrgazmalar tashkil qilish uchun murojaat qilishadi. Galereya
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
72
http://oac.dsmi-qf.uz/
resurslari koʻpayishi bilan ular endi faqat birlamchi bozorda sotuvdan qoniqmaydilar
- shuning uchun galereyalar, odatda, kim oshdi savdosi uylarining huquqi boʻlgan
ikkilamchi bozorda juda faol harakat qila boshlaydilar.
Bugungi kunda zamonaviy san’at bozorida eng katta savdogarlar oʻrtasidagi
raqobat mahalliy emas, balki xalqaro miqyosda. Ushbu bozorda muhim oʻrinni
egallash uchun, yosh galereya egalari doimiy boʻsh joylardan foydalanishni rad
etishga qaror qilishadi. Koʻp yillar davomida koʻchmanchi koʻrgazmalar tashkil etgan
Vito Shnabel, Sankt-Morits shahrida (Shveytsariya) galereya ishi uchun gʻayrioddiy
joy ochdi. Andy Valmorbid va Vladimir Restaun Reutfeld an’anaviy galereya
maydonisiz ham shugʻullanadilar. Ular sotuvga qoʻyishga qaror qilgan asarlarni
koʻrgazma uchun dunyo boʻylab binolarni ijaraga olishadi. Bundan tashqari, ba’zi
mehmonxonalar oʻzlarini koʻrgazma maydonchalari - galereyalarga alternativa
sifatida koʻrsatishadi. Galereyalar yoki muzeylar uslubida oʻz foyesini yoki
xonalarini koʻrgazma maydonchalariga aylantiradigan xizmatlarni taklif qiladi.
Galereyalar duch kelishi mumkin boʻlgan eng yoqimsiz ajablantiradigan narsa
bu zamonaviy yirik rassomlarning oʻzlarining shaxsiy koʻrgazmalari va shaxsiy
toʻplamlarini namoyish etadigan shaxsiy koʻrgazma maydonlarini ochish toʻgʻrisidagi
qaroridir. Damian Xirst bu jarayonni allaqachon boshlagan: 2015 yilda u galereya
ochgan Newport koʻcha galereyasi (bu “Damian Hirst Galereya” deb ham ataladi)
Lambertda, Londonning tez oʻsib boradigan hududida.
Umuman olganda, fazoni kengaytirish nuqtai nazaridan gallereyalarning
rivojlanishi dunyoda eng chuqur oʻzgarishlar roʻy berayotganligini koʻrsatmoqda.
Yirik muzeylar nafaqat sayyohlar tashrif buyuradigan mustaqil ziyoratgohga
aylandi, balki san’at bozori globallashuvi ta’siriga uchradi. XIX-XX asrlarda
muzeylar xalqlarning “xayoliy birlashmasi” tarkibiga kirgan. Ammo XXI asr
boshlarida ular milliy va xalqaro loyihalar mavjudligini anglashga yordam berishdi.
Eng yirik muzeylar oʻz kollektsiyalaridan dunyo boʻylab filiallari boʻlgan
galereyalarga tegishli asarlarni namoyish etishadi, shuningdek xalqaro miqyosdagi
muzeylar almashinuvida qatnashadilar.
Art menejmentini rivojlantirishda bu kabi zamonaviy yondashuvlarning
ahamiyati juda katta. Shu nuqtaiy nazardan Oʻzbekistonda art menejmentini
rivojlantirishda quydagi zamonaviy yondashuvlarni ilgari suramiz.
Art menejment faoliyatida litsenziyalash, litsenziatlarning davlat reyestrini
yuritish, ularning faoliyati va erishgan natijalari haqidagi axborotlarni kiritib borish
va art marketing statistikasi boʻyicha yagona onlayn portali yaratish kerak va barcha
art menejment dasturlari orqali amalga oshiriladi.
Madaniyat va san’at muassasalarining asosiy vazifa va funksiyalaridan kelib
chiqib, ularning tashabbuslari bilan o‘tkaziladigan galleriyalar, media prezentasiyalar,
art menejmentda ommaviy-madaniy va konsert-tomosha tadbirlarini oʻtkazish
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
73
http://oac.dsmi-qf.uz/
boʻyicha kalendar rejalari ishlab chiqish va aholiga yogana onlayn portal orqali
yetkazib borish.
Art menejment dasturlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar
bo‘yicha buyurtmachilar bilan ishlashish va ularni moliyalashtirish manbalari yanada
takomillashtirish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |