ART MENEJMENTNI RIVOJLANTIRISHDA ZAMONAVIY
YONDASHUVLARNING AHAMIYATI
Azizbek Sirojiddinovich Xushvaqtov
Mо‘minmirzo Zokir о‘gʻli Xolmо‘minov
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Annotatsiya:
Maqolada art menejmentning san’at va madaniyat sohasidagi
ahamiyati haqida soʻz yuritilgan. О‘zbekiston art menejmentining bozor iqtisodiyoti
rivojidagi oʻrni va vazifasi haqida fikr-mulohaza yuritilib, Oʻzbekistonda art
menejmentini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar boʻyicha taklif va tavsiyalar
berilgan.
Kalit sо‘zlar:
art menejment, madaniyat, bozor iqtisodiyoti, ehtiyoj, menejer,
muassasa, ishlab chiqarish, tijorat.
THE IMPORTANCE OF MODERN APPROACHES IN THE
DEVELOPMENT OF ART MANAGEMENT
Azizbek Sirojiddinovich Khushvaqtov
Muminmirzo Zokirovich Kholmuminov
Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract:
The article discusses the importance of art management in the field of
art and culture. The role and role of art management in the development of a market
economy in Uzbekistan were discussed, as well as suggestions and recommendations
on modern approaches to the development of art management in Uzbekistan.
Keywords:
art management, culture, market economy, need, manager,
institution, production, trade.
San’atda menejmentni “madaniy ehtiyoj” atamasi bilan bogʻlashadi. Insonning
har qanday ijodiy faoliyatining ijobiy motivatsiyasi, ya’ni biror narsaning
yetishmovchiligini bartaraf etishga qaratilgan zaruriyat his tuygʻusining shakllanishi
natijasidir. Madaniy ehtiyojlar insonni boshqa tirik mavjudotlardan ajratuvchi
omillardan biri hisoblanadi. Ular yordamida inson shaxs sifatida jamiyatda ajralib
turadi va kamol topadi. Gʻoya ham oʻqish, izlanish va koʻnikmaning rivojlanishi
orqali kreativlik tusini oladi.
San’at estetik ehtiyojni qondiruvchi vositadir. Estetik ehtiyoj tomoshabinning
madaniy hordiq olishiga, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazishiga intilishidir. Kundalik
hayotda goʻzallikka bоʻlgan ehtiyoj insonning yashash muhiti (xonadoni, ish joyi) va
"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021
ISSN 2181-063X
65
http://oac.dsmi-qf.uz/
оʻzini bezatishi kabi harakatlar odamzodning azaldan san’at oshiftasi boʻlib
kelganidan darak beradi.
Ijodiy jarayon va madaniy boyliklarni yaratish, hamda jamiyat madaniy
ehtiyojlarini qondiruvchi ijodiy gʻoyalarni amalga oshirish, tomoshabinga kreativ
gʻoya asosida tashkil etilgan asarlarni taqdim etishda san’at menejmentining оʻrni
juda katta.
San’at menejmenti
- bu zamonaviy menejment va san’atshunoslikning tarkibiy
qismi hisoblanib, madaniy va ijodiy jarayon uchun sharoit yaratuvchi tizim sifatida
san’atni idrok etishdan kelib chiqadi va jamiyatning madaniy hayot darajasini
oshirish maqsadida insonlarning madaniyat va san’at sohasidagi mehnat natijalari
bilan muvofiqlashtirishga qaratilgan faoliyat sifatida nazarda tutiladi [1: 11].
San’at menejmentining negizini zamonaviy menejment tashkil qiladi. Boshqa
sohalardagi kabi san’at sohasining boshqaruvida ham menejmentning rejalashtirish,
tashkil qilish, boshqarish (liderlik) va nazorat qilish funksiyalari qоʻllaniladi, ushbu
soha menejerlari kоʻplab monand vazifalarni bajarishda barcha boshqaruv
kоʻnikmalardan foydalanadilar. San’at menejmentining mohiyatini anglashda avvalo
menejmentning nazariy asoslarini оʻzlashtirish talab qilinadi.
Menejment
- bu bozor iqtisodiyoti sharoitida aniq korxona va tashkilotlarni
boshqarishdir. Boshqarish koʻproq keng ma’noda qoʻllaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |