206
ko’rsatadigan huquqiy va jismoniy shaxslarni ham qo’shishimiz mumkin. Yanada
aniqroq qilib aytganda, raqamli innovatsion faoliyat sub’ektlari quyidagilardir:
Raqamli innovatsion faoliyatning va innovatsion
hizmatning alohida
ko’rinishlari bo’lgan ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari va texnopolislar,
texnoparklar, innovatsion markazlar, innovatsion-investitsion va biznes
markazlar ko’rinishidagi tuzilmalar;
Raqamli mahsulot yaratadigan ilmiy va ilmiy-tekshirish tashkilotlari
(
akademik va tarmoq ilmiy institutlari, konstruktorlik byurolari, laboratoriyalar,
tajriba maydonlari, oily ta’lim muassasalari
);
Raqamli mahsulot hosil qiladigan yirik va o’rtacha kattalikdagi
korxona
va tashkilotlar;
Raqamli mahsulotlar yaratadigan kichik investitsion tashkilotlar va
firmalar;
Raqamli iqtisodiyot muammolari bilan shug’ullanadigsn innovatsion,
ilmiy-tekshiruv va ishlab chiqarish yo’nalishidagi tashkilotlarning hizmatchilari;
Raqamli iqtisodiyot sohasida yuksak iqtidorga ega bo’lgan olim,
ixtirochi, dasturchi va malakali mutaxassislar.
Huquqiy nuqtai-nazardan, raqamli innovatsion tadbrirkorlik faoliyati sub’ektlari
deb, ilmiy-texnik yo’nalishlarda huquqiy shaxs hosil qilmasdan tadbirkorlik
qilaoytgan shaxslar (
ya’ni individual tadbirkorlar
) tushunilib, ular bu faoliyat turi
bilan shug’ullanish uchun guvohnomalar olgan bo’lishlari lozim.
Raqamli
innovatsion tadbirkorlik faoliyatining bunday sub’ektlariga iqtisodiyotning turli
sohalarida yangiliklar yaratib, ularni amaliyotga tadbiq etadigan ixtirochilarni,
konstruktorlarni, ratsionalizatorlarni, komp’yuter dasturchilarini,
dizaynerlarni
(
shu jumladan, web-dizaynerlarni
), arxitektorlarni, texnologlarni va boshqa ijodiy
soha sub’ektlarini kiritish mumkin. Raqamli innovatsion faoliyatning yetakchi
sub’ektlariga esa innovatsion g’oyalarni konkret loyihalarga aylantiradigan va
buning natijasida foyda ko’rinishidagi moliyaviy natija oladigan tijoriy
tashkilotlarni kiritish mumkin. Shuning uchun raqamli innovatsion tadbirkorlik
faoliyatining sub’ektlariga mulk ko’rinishidan qat’iy nazar,
ilmiy-tekshirish va
207
loyiha-konstruktorlik tashkilotlari, iqtisodiyotning turli sohalaridagi korxona va
tashkilotlar hamda oliy o’quv yurtlari ham kiradi. Raqamli innovatsion faoliyatga
hizmat ko’rsatuvchi sub’ektlarni esa alohida guruhga ajratish mumkin. Xuddi
shular raqamliinnovatsion infratuzilmaning elementlari hisoblanadi. Bu guruhga
innovatsion
jarayonlarga moliyaviy, informatsion, kommunikatsion, marketing,
patent-litsenzion, lizing, frenchayzing, sotuv kabi hizmatlarni ko’rsatuvchi korxona
va tashkilotlar hamda alohida shaxslarni kiritish mumkin. Raqamli innovatsion
faoliyat sub’ektlari o’zlarining xududiy ko’rsatgichlariga ko’ra,
asosiy
funktsiyalariga ko’ra, tashkiliy elementlariga ko’ra, innovatsion jarayonning
tugallanganligiga ko’ra va bilimlar yaratish jarayoniga ko’ra farqlanishlari
mumkin. Yuqori darajada ilmiy bilimlar talab qiladigan va murakkab innovatsion
g’oyalarning amalga oshirilish jarayonida quyidagi turdagi tadbirkorlik
tashkilotlari birlashmalari muhim ahamiyat kasb etadi: konsortsiumlar, kontsernlar,
holding-kompaniyalar, moliya-ishlab chiqarish guruhlari,
assotsiatsiyalar va
huquqiy shaxslar birlashlamalari. Bunday birlashmalar ichida asosiy ahamiyatni
yirik raqamli innovatsion loyihalarni amalga oshira oladigan
Do'stlaringiz bilan baham: