204
o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes
firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati
moliyaviy hizmatining
an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va
davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab
chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha
tashkil etuvchilarini,
shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy
yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning
mohiyati - asosan tashqi ba ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli
innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil
qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin.
5
.
3
. Kichik biznes va tadbirkorlikda raqamli iqtisodiyot
Yangi raqamli mahsulot (
yoki hizmat
)larni hayotga tadbiq qilish bilan
tugallanadigan hamda bundan ko’ra kengroq miqyosda
amalga oshiriladigan
raqamli innovatsion faoliyatlar bir-biridan farqlanishi zarur. Xozirgi davrda yangi
bilim va informatsiyani (
yoki raqamli innovatsion faoliyatni
) yaratish jarayonini
tushunishda bir qancha yondoshuvlar mavjud. Tadbirkorlik yondoshuviga asosan
raqamli innovatsion faoliyat yangi mahsulotni uning haqidagi g’oya hosil
bo’lishidan to uning o’zlashtirilishi, ishlab
chiqarilishi, sotilishi va tijoriy samara
olinishigacha bo’lgan jarayon deb tushuniladi. Kreativ-funktsional yondoshuvga
asosan esa raqamli innovatsion faoliyat samarali ijod faoliyati bo’lib, u yangi
vositalar yordamida mavjud yoki butunlay yangi maqsadlarga erishish deb
tushuniladi. Falsafiy yondoshuvga asosan esa raqamli innovatsion faoliyat deb
fanni,
texnikani, iqtisodiyotni, tadbirkorlikni va boshqaruvni birlashtirib, ijobiy
sinergetik samaraga erisha olinadigan jarayonga tushuniladi. Raqamli innovatsion
faoliyatning iqtisodiy mohiyatini quyidagi chizmada ifodalangan yangiliklar
(bilimlar, texnologiyalar, innovatsiyalar
) yaratish jarajonining bir-biri bilan
bog’liq bo’lgan bosqichlari orqali tushunish mumkin:
Ilmiy g’oya
Tajriba-
konstruktorlik
ishlanmalari
Sinov namunasini
yaratish
205
Raqamli innovatsiyalar yaratish ilmiy izlanishlar, tajriba-konstruktorlik
ishlari va ularning natijalarini hayotga tadbiq qilish kabi yangi raqamli mahsulot
yaratish va uni o’zlashtirish bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni o’ziga
qamrab
olgan jarayondir. Yangiliklar kiritishning (
raqamli innovatsiyalarning
) hayotiy
tsikli amaliyotga tadbiq qilish bilangina tugamaydi, balki u seriyali va ommaviy
ishlab chiqarish, sotish, raqamli mahsulotni tarqatish
va undan foydalanish
jarayonlarini ham o’z tarkibiga oladi. Ammo ba’zi holatlarda raqamli innovatsion
mahsulot ommaviy ishlab chiqarishga, almashinuvga va iste’molga
mo’ljallanmagan bo’lishi ham mumkin. Misol sifatida kosmik, aviatsion, atom
sanoati mahsulotlari yoki meditsina, yadro fizikasi
va boshqa yuqori texnologik
sohalar uchun ishlab chiqariladigan exklyuziv (
yagona, noyob, bir nushada
) yoki
raqamli mahsulotlarni keltirish mumkin. Shuni ham aytish kerakki, har qanday
seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni ham innovatsion deb bo’lmaydi, albatta.
Do'stlaringiz bilan baham: