145
maqsadidahuddi
blokcheyn kabi, 3D-bosma texnologiyasi ham ishlab chiqarishni
foydalanuvchiga yaqinlashtirmoqda. Tez orada axborot egalari va huquq egalari
inson hujayralaridan boshlab, alyuminiy kukunigacha bo‘lgan har qanday narsa
haqidagi metama’lumotlarni blokcheynda saqlashi mumkin bo‘ladi va bu
korporativ
ishlab
chiqarish
chegaralarini
misli ko’rilmagan
darajada
kengaytiradi.Bu texnologiyalar tovarlar bilan ta’minlanganlikni va ularning
ta’minot tarmog‘i bo‘ylab harakatini kuzatish uchun ulkan imkoniyatlar beradi.
Har bir kishining qalbiga (va boshqa tana a’zolariga) yaqin bo‘lgan tarmoq – oziq-
ovqat sanoatini tasavvur qilib ko‘ramiz. Hozir supermarketda halol sharoitlarda va
yaxshi boqilgan, dori-darmonlar berilmagan, ekologik tozaqoramol go‘shti
sotayotganini ta’kidlash va hatto bunga chin dildan ishonish ham mumkin. Lekin
savdo tarmoqlari buni yuz foiz kafolatlay olmaydi. Hech kim har bir molning
biografiyasini yozib o‘tirmaydi,biz esa bu go’shtdan
bifshteks pishiramiz, lekin
uning «ishonchli» ekanligini tekshirish uchun esa vositalarga ega emasmiz. Odatda
bunga ko‘z yumish ham mumkin – axir butun dunyo bo‘ylab milliardlab
bifshtekslar sotiladi va sotilmoqda. Lekin ba’zida qoramol qutirish kasalligi
epidemiyasi ham uchrab turadi, bu esa sog’lik uchun koni zarar.Oziq-ovqat sanoati
blokcheynda nafaqat har bir buqaning raqamini, balki
istiqbolda jonivorning
DNKga bog‘lab qo‘yilgan har bir go‘sht parchasi raqamini saqlashi mumkin. Uch
o‘lchamli qidirish imkoniyatlari foydalanuvchi jonivor tarixini va uning aynan
o‘xshashligini bog‘lash uchun qoramol va parrandani to‘liq miqyosda kuzatish
imkonini beradi. Ma’lumotlar to‘plamlarini intellektual boshqarish va ularni DNK
asosida identifikatsiyalashga imkon beradigan murakkab (lekin qo‘llash oson
bo‘lgan) texnologiyalar tufayli hatto eng yirik go‘sht ishlab chiqaruvchilar hamhar
bir bo‘lak go‘sht sifati va havfsizligini kafolatlay oladilar. Tasavvur qiling, bu
axborot laboratoriya tadqiqotlarini qanchalik soddalashtiradi va jiddiy vaziyatlarda
sanitariya hizmatlariga javobgarliklarni tezlashtiradi.
Blokcheyn texnologiyasi firma ichida hamda firmalar va turli tashqi
qatnashchilar o‘rtasida ham teng huquqli qo‘shma faoliyatni ta’minlashga qodir.
Buxgalteriya
hisobi uchun, istalgan muhitda raqamli resurslardan foydalanish va
146
faoliyat yuritish uchun, bular valyutami, ijtimoiy munosabatlarmi yoki tashkilot
bo‘lishidan qat’i nazar, to‘liq taqsimlangan mexanizmni
ishlatishga imkon
beradi.Bugungi kunda birgalikda ishlash uchun turli tijorat vositalari asta-sekinlik
bilan tashkilot ichida boshqaruv va axborot bilan ishlash mohiyatini ancha
o‘zgartirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: