Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Global Registr
bo‘yicha uch o‘lchamli qidirishni amalga oshirishi 
mumkin. Shu sababli korporativ arxivlar, axborot bo‘yicha mutaxassislar, personal 
tanlash bo‘yicha mutaxassislar va biznes uchun zarur axborot xarid qilish bilan 


148 
shug‘ullanadigan boshqa mutaxassislarga zarurat qolmaydi.Ikkinchidan, smart-
shartnomalarshartnoma tuzish harajatlarini, shartnomalar bajarilishi va to‘lovlar 
o‘tkazilishi ustidan nazoratni sezilarli darajada pasaytiradi. Qog‘oz shaklidagi 
hujjatlarga ehtiyoj sezmaydigan bu dasturlar shablonlar tizimi orqali shartlarni 
ifodalaydi, tashqi manbalardan to‘plangan keng axborotlar va qoidalar to‘plami 
asosida axborotni muhokama qiladi, qabul qiladi yoki inkor etadi, ish natijalarini 
bajarishga va tranzaksiyalar amalga oshirishga talablarnibelgilaydi.Uchinchidan, 
tashkilot doirasidan tashqarida bu resurslarning barchasini muvofiqlashtirish 
harajatlari sof nominal bo‘ladi –korxona dasturiy ta’minoti bajariladigan 
serverlarda ishlashi uchun elektrenergiyasi uchun to‘lovlar kerak bo’ladi, xolos. 
Korxona yollagan odamlar, tashkilotlar va zavodlarni boshqarish uchun 
byurokratiya tizimi talab etilmaydi. Yangi platforma yordamida mijozlar uchun 
qiymat va mulkdorlar uchun boylik yaratish uchun an’anaviy menejment yoki 
ierarxiya umuman yoki deyarli talab qilinmaydigan yangi tashkilotlarni tasavvur 
qilish unchalik qiyin emas. Va nihoyat, ishonch asosidagi munosabatlar o‘rnatish 
harajatlarni nolga yaqinlashtiradi. Ishonch tashkilotga emas, blokcheyn ishini 
ta’minlaydigan ko‘plab odamlarning birgalikdagi ommaviy ishlariga, dasturiy 
kodni tekshirish va havfsizlik hamda funksionallikka bog‘liq bo‘lib qoladi. 
Taqsimlangan mustaqil korxonani qanday tashkil qilish mumkin? Bunday 
kompaniyakeng funksionalga–oldindan belgilangan reglament asosida ma’lum 
doiradagi vazifalarni yoki kengroq biznes-funksiyalarni bajaradigan agentlarga ega 
bo‘lishi lozim. Xususiy shaxslar, potensial aksiyadorlar yoki foydalanuvchilarning 
jamoalari yoki tashkilotlar quyidagi ko‘rsatkichlarni belgilagan holda bunday 
korxonalar ochishi mumkin. 
1. 
qiymatga yo‘naltiriganlik
: dunyoni o’zgartirish va qiymat yaratish 
yoki uni o‘zgartirish uchun zarur bo‘lgan jarayonlarni tushunish. 
2. 
bajarishi lozim bo‘lgan vazifa
: tashkilot mavjudligidan qanday ma’no 
kutiladi? Bu korxonani nima uchun tashkil qilyapmiz? 
3. 
konstitutsiya
: tashkilotning umumiy maqsadlari va u qiymat 
yaratadigan qoidalarni tavsiflash lozim. 


149 
4. 
ish usullari
: masalan, tashkilot qiymat yaratishda o‘zini qanday 
tutishi, u qanday moliyalashtirilishi (kraudfanding orqali, ilk bosqichda an’anaviy 
investitsiyalar orqali, foyda hisobidan), resurslarni qanday xarid qilish zarur. 
5. 
mehnatning odamlar va mashinalar o‘rtasida taqsimlanishi:
yaqin 
istiqbolga, aftidan, yaratilayotgan tizimda odamlar rahbarlik qilishi lozim. 
6. 
dastur funksiyalari
: korxona tashqi shartlar o‘zgarishini qanday 
aniqlaydi va ularga qanday javob qaytaradi. 
7. 
odob-axloq kodeksi
: bu yerda «yovuzlik qilma
»Google
tamoyili bilan 
cheklnaib bo‘lmaydi. Taqsimlangan mustaqil korxonaga maqbul keladigan xulq-
atvor aniq va ravshan ta’riflanishi kerak bo‘ladi. 
Ehtimol, yaqin kelajakdataqsimlangan mustaqil korxonalar hali paydo 
bo‘lmaydi, lekin ular ortida turgan kontseptsiya biznes-strategiyaga ta’sir etishi 
mumkin. Global pirring platformalari rivojlanishi bilanshaxsni tasdiqlash, ishonch 
asosida munosabatlar o‘rnatish, nufuz shakllantirish va tranzaksiyalar o‘tkazish 
uchun biz nihoyat innovatsiyalarga hizmat qilish, birgalikda qiymat yaraitsh va 
ehtimol, kamchilikni boyitish emas, ko‘pchilikning muvaffaqiyatga erishishiga 
hizmat qilishi lozim bo‘lgan chuqur firma tuzilmalarini o‘zgartirish mumkin. 
Yuqoridagilarni diqqat bilan o’qib chiqqan bo’lsangiz, siz boylikni demokratik 
ruhda taqsimlashni ta’minlaydigan va tarmoqni muvozanatdan olib chiqishga 
yordam beradigan yangi biznes-modellar haqida ancha narsalarni bilib 
oldingiz.Umuman olganda, uzoqni ko‘zlab ish yuritadigan kompaniyalarblokcheyn 
iqtisodiyotida ishtirok etishga harakat qiladi. Rivojlanayotgan dunyoda qiymat 
yaratishni (tadbirkorlik tufayli) va qiymatda ishtirok etishni (kompaniyaga 
taqsimlangan mulkchilik orqali) taqsimlash mexanizmi muvaffaqiyatga erishish 
paradoksini hal qilishga qodir deb o’ylaymiz. Alohida shaxslar yoki 
markazlashtirilgan vositachi-ilovalar emas, piring tarmoqlari qatnashchilari 
tomonidan jarayonlarni modernizatsiya qilish va avtomatlashtirish yuqorida qayd 
qilingan qator ustunliklar keltirishga qodir, jumladan: 
• 
tezlik (boshdan-oxir avtomatlashtirish); 


150 
• 
harajatlar pasayishi (amalda cheksiz ma’lumotlar hajmini ulkan qayta 
ishlash markazlariga yetkazish bilan bog‘liq; bunda qimmatga tushadigan 
vositachilarni istisno qilish); 
• 
foyda, natijaviylik va yoki unumdorlikni oshirish (ortiqcha resurslarni 
ulardan takroriy foydalanish uchun bo‘shatish); 
• 
samaradorlikni oshirish (kiritilgan nazorat reglamentlari va inson 
omilining ta’sirini pasaytiradigan boshqa protokollar); 
• 
axloqiylik va havfsizlikni oshirish (shaxsiy ishonch talab qilinmaydi, 
chunki ishon tarmoq arxitekturasiga kiritilgan bo‘ladi); 
• 
tizimning ishdan chiqish ehtimoli pastroq (zaif jihatlarni bartaraf 
qilish, ishdan chiqishga chidamlilik); 
• 
energiya iste’moli pastligi (energiya sarfi tarmoqning o‘zi tomonidan 
yo‘qotishlarni pasaytirish va samaradorlikni oshirish, dinamik narx shakllantirish 
va teskari aloqasirtmoqlari bilan o‘rni qoplanadi); 
• 
shaxsiy axborotlarning himoya qilinishini yaxshilash (vositachilar 
blokcheynda berilgan qoidalarni buzishi yoki pisand qilmasligi mumkin); 
• 
«cheksiz ma’lumotlar» to‘plash va tahlil qilish tufayli ularni 
yaxshilash imkoniyatlari, jarayonlar va qonuniyatlarni yaxshiroq tushunish; 
• 
turli xildagi ham salbiy (noqulay ob-havo, zilzila, sog‘liq bilan bog‘liq 
muammolar), ham ijobiy (qishloq xo‘jalik ekinlari ekish uchun qulay vaqt, xarid 
shablonlari) hodisalarni bashorat qilish imkoniyatlarini yaxshilash. 
Taqsimlangan ochiq model shuni anglatadiki, kompaniya bozorni tark 
etadigan yoki ishlab chiqaruvchi xonavayron bo‘ladigan bo‘lsa ham,buyumlar 
Interneti tarmoqlar io‘zini-o‘zi qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Tizimga kiritilgan 
birga bo‘la olishlik buyumlar internetining turli tarmoqlarini birlashtirish va 
yanada kattaroq qiymatni amalga oshirishga imkon beradi.Bu afzalliklarning 
ko‘pchiligi taqsimlangan yoki nomarkazlashgan tarmoqlar konsepsiyasiga hamda 
markaziy (ya’ni hukumat vertikali) va boshqa vositachilarni (masalan, kliring 
palatasi yoki boshqaruv dasturi) chiqarib tashlashga asoslanadi. Blokcheyn 
texnologiyasiistalgan shaxsga o‘zining rivojlanish, gullab-yashnash yo‘l xaritasini 


151 
tuzishga imkon beradi. Raqamli iqtisodiyotda ishtirok etish uchun eng oddiy 
shartlar – uyali aloqa telefnoi va internetga ulanish imkoniyati yetarli boladi. 
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, blokcheyn texnologiyasiilgari imkoni bo‘lmagan, 
har bir kishiga iqtisodiy munosabatlar qatnashchisi bo‘lish imkonini beradigan 
biznes-modellar yaratishga imkon beradi. Blokcheyn kompaniya yaratishning 
uchta tarkibiy qismi bor – uni tashkil qilish, moliyalashtirish va uni bozorda ilgari 
surishni atvomatlashtirish, soddalashtirish va sezilarli darajada takomillashtirish. 
Kelejakda bunday kompaniyani tashkil qilish qiymati sezilarli darajada pasayadi, 
chunki blokcheyn – korxonani ro‘yxatdan o‘tkazishning mashhur va ishonchli 
usuli hisoblanadi. Mulk hamma uchun ko‘rinarli, qaydlar yuritish esa oson, bu 
ayniqsa, qonunchilik bilan tartibga solish qiyin bo‘lgan sohalarda foydali bo’ladi. 
Ishonchli va o‘zgarmas rekgistrlar tufayli, tadbirkorlar o‘z korxonalarini va 
korporativ aktivlarga egalik qilishni ro‘yxatdan o‘tkazishi, tovar zaxiralari va 
majburiyatlarini boshqarishi, shuningdek, uch karralik buxgalteriya hisobi yoki 
blokcheyndagi boshqa ilovalar uchun dasturiy ta’minot yordamida boshqa 
moliyaviy ko‘rsatkichlardan foyda olishi mumkin, bu esa auditorlar, soliqqa tortish 
bo‘yicha mutaxassislar va kichik korxonalarga boshqa hizmatlar ta’minotchilariga 
ehtiyojni pasaytiradi. Smart-shartnomalar tufaylitadbirkor kompaniya faoliyatining 
ko‘plab jihatlarini avtomatlashtirishi mumkin, chunonchi: xaridlar, mehnatga haq 
to‘lash, kredit bo‘yicha foiz, real vaqt rejimida moliyaviy audit. Blokcheyn orqali 
yakka tartibdagi tadbirkorlikning ikkita yangi modeli yuzaga keladi: 

ortiqcha narsalarni dozalangan tarzda ijaraga olish va ijaraga berish. 
Blokcheyn xususiy shaxslarga noan’anaviy qiymat yaratish va daromad olishga 
imkon beradi. 

ma’lumotlarni mikromonetalashtirish. Dekret ta’tilidagi ota-ona va 
kichkina bolalar yoki keksa ota-onaga qarash bilan band bo‘lgan boshqa oila 
a’zolari nihoyat o‘z uy mehnatini monetarizatsiyalashtirishi va ular har soat 
yaratadigan qiymat uchun e’tirofga ega bo‘lishi mumkin.

raqamli «aqliy hujum». Muammolar yoki ehtiyojlarni aniqlash 
maqsadida real vaqt rejimida davlat amaldorlari va oddiy fuqarolar moderatsiya 


152 
qilinadigan onlayn-sessiyalar tashkil qilish. Bitimga jiddiy munozaralarga sababchi 
bo‘ladigan va qoidabuzarlar, provokatorlar va zararkunandalar uchun butun 
jarayonga qandaydir ziyon etkazishni imkonsiz qilib qo‘yadigan «bitta odam – 
bitta ovoz» onlayn ovoz berish tizimi orqali erishiladi; 

qasamyod qilgan onlayn hakamlar va oddiy fuqarolardan iborat bahs-
munozaralar qatnashchilari. Fuqarolar turli mavzular bo‘yicha masalalarni hal 
qilish uchun hakamlar va maslahatchilar sifatida ishlash uchun tasodifiy usul bilan 
tanlab olinadi. Hakamlar axborot bilan o‘rtoqlashish, savollar berish, muammolarni 
muhokama qilish, dalil-isbotlarni bilib olish uchun Internetdan foydalanadilar. 
Blokcheyn nufuz tizimlari munozara qatnashchilari va hakamlar nufuzi haqida 
ma’lumotlar va ularning tarjimai holini bilib olishga yordam beradi. Qarorlar va 
muhokamalar blokcheynda qayd qilinadi; 

deliberativ so‘rovlar. Bu vositafuqarolargamuammolar haqida bilib 
olish va ular borasida o‘z fikrini bildirishga imkon beradi. Bunday so‘rovlar 
internetda tasodifiy tarzda tanlab olingan bir nechta olimlar bilan kichik guruhlarda 
muhokamalar tashkil qilishni ko‘zda tutadi. Bularning barchasifuqarolarni siyosiy 
vazifalarni hal qilishga jalb qilish maqsadida amalga oshiriladi va bu yerda natija 
doimiy so‘rovlar bilan taqqoslaganda samaraliroq bo‘ladi; 

ssenariylarni modellashtirish. Iqtisodiyotning kelajakdagi ehtiyojlarini 
ifodalash va qarorlarning uzoq muddatli oqibatlarini tushunish uchun 
modellashtirish dasturiy vositalari yordamida ssenariylar tuziladi. Siyosatchilar, 
amaldorlar va fuqarolarsog‘liqdan boshlab, atrof-muhit va iqtisodiyotgacha 
bo‘lgan bir qator omillar potensial ta’sirini baholashi mumkin. 
Blokcheyn texnologiy asi hukumat harajatlarini, shuningdek, uning hajmini 
qisqartirishi mumkin, lekin bizga baribir ko‘plab sohalarda yangi qonunlar kerak. 
Mualliflik huquqlari va intellektual mulk muammolarini hal qilish uchun 
texnologik va biznes-modellar mavjud. Shu sababli, patentlarning ortiqcha himoya 
qilinishi tufayli innovatsiyalarni nobud qiladigan eski qonunlarni qayta yozish yoki 
ulardan umuman voz kechish zarur. 


153 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish