134
bozorlari moliya tizimining ko‘plab jihatlarini to‘ldirishi va oxir-oqibat
o‘zgartirishi mumkin. Xaridlar, rahbariyatning almushinuvi haqida hisobotlar
bo‘yicha bashorat bozorlarini tasavvur qilib ko‘ring. Bashorat bozorlari axborotlari
asosida bozorni xedjirlash va qadriyatlarni sug‘urtalash amalga oshirilishi mumkin
va istiqbolda ular hatto optsionlar, foiz stavkasi svoplari va kredit defolti svoplari
kabi mistik moliyaviy vositalarni siqib chiqaradi. Albatta, bashorat bozori hamma
joyda ham kerak emas, albatta. U yetarli miqdorda odamlar qiziqib qolmagunga
qadar e’tiborni jalb qilish qilish uchun kerakli darajada likvidli bo‘lmaydi. Lekin
baribir uning salohiyati ulkan va hamma uchun ochiq hisoblanadi. Blokcheyn
texnologiyalarimoliya hizmatlari bozorining chakana banking va kapital bozoridan
tortib buxgalteriya hisobi va tartibga solishgacha bo‘lgan
barcha turlari va
funksiyalariga ta’sir etadi. Shuningdek, ular banklar va moliyaviy institutlarning
jamiyatdagi rolini qayta ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Agar eski dunyo qattiq
ierarxiyaga ega, sust, yopiq va shaffof emas bo‘lsa, o‘zgarishlarga qarshilik
ko‘rsatsa va kuchli vositachilar tomonidan nazorat qilinsa, yangi dunyo tekisroq,
piring
qarorlari taklif qiladigan, tez-tez ro‘y beradigan va ishonchli, shaffof, bir-
biriga kiritilgan va innovatsion bo‘ladi. Albatta, o‘zgarishlarnormal faoliyat
ko‘ratishning buzilishi va beqarorlikka olib keladi, lekin tarmoq yetakchilari
bugunning o‘zidayoq bu borada qandaydir choralar ko‘rish imkoniyatiga ega
bo‘ladilar. Moliyaviy hizmatlar sohasini yaqin yillarda qisqarish ham, o‘sish ham
kutib turibdi: kamroq sonli vositachilar ancha kichik harajatlar bilan ko‘p sonli
kishilarga ko‘proq mahsulot va hizmatlar taklif qilishlari mumkin. Bu juda yaxshi
deb hisoblaymiz. Nomarkazlashgan dunyoda ochiq va yopiq blokcheynlar o‘ziga
joy
topa oladimi, yo‘qmi – bu tortishuvli masala. O‘ylaymizki, blokcheyn
texnologiyasining bartaraf qilib bo‘lmaydigan kuchi hozirgi kunda zamonaviy
moliyaning mustahkam o‘rnashib olgan, tartibga solib tashlangan va rivojlanishdan
to‘xtagan infratuzilmasiga hujum qilmoqda. Ularning to‘qnashuvi moliya tizimi
landshaftini o‘n yilliklarga o‘zgartirib yuboradi.Umid qilamizki, u nihoyat
industrial davrning pul mashinasidan platformasiga aylanadi.Potensial foyda olish
taklifi bilan jalb qilinganbir nechta kompaniya blokcheynlar uchun qidiruv
135
dasturlari ustida ishlamoqda.
Google
dunyodagi barcha axborotlarni yig’ish va
tashkil qilish missiyasini o‘z zimmasiga olgan va
bu masalani tadqiq etishga
kompaniya juda ko‘p mablag’ inson resurslari sarflashiga ajablanmasa ham
bo‘ladi. Internetda qidirish va blokcheynda qidirish o‘rtasida uchta asosiy farq bor.
Birinchidan, bu foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligi. Shu bilan bir
vaqtda tranzaksiyalar shaffof, har biri o‘zining shaxsiy ma’lumotlari egasi bo‘lib,
ular bilan qanday muomala qilishni o‘zlari hal qiladilar. Jarayonda nomini ma’lum
qilmagan holda yoki taxallus ostida (o‘ylab topilgan nom ostida - anonim) yoki
soxta-anonim (qisman anonim) ravishda ishtirok etishi mumkin. Ko‘plab
kompaniyalar personal yollash jarayonini qayta ko‘rib chiqishi va qayta tashkil
qilishiga to‘g‘ri keladi. Masalan, kadrlar bo‘yicha mutaxassis blokcheynga yopiq
savollar (ha/yo‘q) berishni o‘rganishi lozim: «Siz odammisiz?», «Amalyi
matematika sohasida oliy ma’lumotingiz bormi?», «Scrypt, Python, Java, C++
dasturlarida dasturlashtirishni bilasizmi?»
Firmalarda paydo bo‘ladigan mojarolarga yana bir sabab, shartnoma
harajatlari, narx muhokamasi, tovar yoki hizmatlar
taqdim etish shartlarini
tavsiflash va hajmini aniqlash, bu bitimlarning bajarilishini ta’minlash va tartibga
solish hamda ularning ijro etilmagani uchun choralar ko‘rish hisoblanadi.
Shartnoma va bitimlar – nisbatan yangi hodisa bo‘lib, biz mulkni emas,
majburiyatlarni almashina boshlaganda paydo bo‘lgan. Og‘zaki bitimlar ishonchsiz
bo‘lib chiqdi: ularni buzib ko‘rsatish, noto‘g‘ri eslab qolish oson bo‘lgan,
guvohlarga esa doim ham umid qilib bo‘lmagan. Shubha va ishonmaslik yangi
odamlar bilan birgalikda ishlashga to‘sqinlik qiladi. Shartnomalarni zudlik bilan
ijro etish lozim, shartlarning bajarilishini ta’minlashga esa faqat kuch bilan tahdid
solish hisobiga erishilgan – buning rasmiy mexanizmlari mavjud bo‘lmagan.
Yozma shakldagi shartnoma majburiyatlarni qayd qilish, ishonch asosida
munosabatlar o‘rnatish va bir-biridan kutadigan natijalarni tavsiflash usuliga
aylangan. Yozma shartnomalar tomonlardan biri o‘z
majburiyatlarini bajarmagan
yoki kutilmagan voqea yuz bergan hollarda nima qilish kerakligini ko‘rsatar edi.
Lekin ular bo‘shliqda mavjud bo‘la olmasdi–shartnomalarni tan oladigan va
136
tomonlardan har birining huquqlariga rioya qilinishini ta’minlaydigan qonunchilik
tuzilmasi talab qilinar edi.Blokcheyn, shartnoma harajatlarini pasaytirib, firmalarga
ochilish va o‘z sarhadidan tashqarida yangi munosabatlarni rivojlantirishga imkon
beradi. Consensys (kelishuv), masalan, uning hududida ham, hududidan tashqarida
ham turli qatnashchilar guruhi bilan o‘zaro munosabatlarni yuzaga keltirishi
mumkin, chunki bu munosabatlari an’anaviy menejerlar emas, smart-shartnomalar
boshqaradi. Qatnashchilarning o‘zlari hammani qoniqtiradigan maqsadlarni
belgilaydi va ularga erishganlik uchun mukofot oladi – bularning hammasi
blokcheynda bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: