Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


Smart-shartnomalar haqida tushuncha



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

Smart-shartnomalar haqida tushuncha 
Moliya-kredit tizimidagi o‘zgarishlar sur’ati smart-shartnomalar paydo 
bo‘lishiga va uning tobora ko‘proq ishlatilishiga hizmat qilmoqda. Hozir 
ko‘pchilik kompyuter savodxonligiga ega bo‘libgina qolmasdan, yangi 
texnologiyalarning nozik jihatlarini ham o‘rganib olmoqda. Tranzaksiyalarni qayd 
qilishga keladigan bo‘lsak, bu yangi raqamli vosita o‘z xususiyatlari bo‘yicha 
qog‘oz shaklidagi o‘tmishdoshlaridan jiddiy farq qiladi. Kriptograf 
Nik Sabo
aytib 
o‘tganidek, ular nafaqat kengroq doiradagi axborot (xususan, til bilan bog‘liq 
bo‘lmagan sensorik axborot) qayd etishga qodir, balki dinamik hususiyatlarga ega 
hisoblanadi ham. Ular axborot uzatishi va ayrim turdagi qarorlarlar avtomatik 
tarzda qabul qilishi mumkin. Sabo ta’rif berishicha, «raqamli intellektual media 
hisob-kitoblarni amalga oshirishi, bevosita mashinalarni boshqarishi va ayrim 
mulohazalarni odamlardan ham yaxshiroq bajarishi mumkin». Ushbu muhokamada 
biz smart-shartnoma deganda, odamlar va tashkilotlar o‘rtasida qayd qilingan 
bitimlarni kafolatlaydigan, nimalarnindir bajarishga ruxsat etadigan va ularni ijro 
etadigan intellectual kompyuter dasturlarini tushunamiz. Shunday qilib, ular ushbu 
bitimlrani muhokama qilish va tavsiflashda ham ishtirok etadilar. Sabo ushbu 
atamani 1994 yil, birinchi web-brauzer, Netscape bozorga chiqqan vaqtda taklif 
etgan edi. Smart-shartnoma bu–shartnoma shartlarini ijroga keltiradigan 
kompyuterlashtirilgan 
aqlli 
tranzaksiya 
protokolidir. 
Smart-shartnomalar 
sxemasining asosiy maqsadlari–umumiy muayyan shartlarni qondirish (masalan, 


137 
to‘lov shartlarini, garov huquqlarini, mahfiylikni, hatto sanksiyalar kabi shartlarni 
ham), ataylab qilingan va tasodifiy istisnolarni minimal holatga keltirish, ishonchli 
vositachilarga ehtiyojni pasaytirishdan iborat. Bunday kontraktlar bog‘langan 
iqtisodiy maqsadlarni amalga oshiradi, firibgarlik tufayli yo‘qotishlarni 
minimallashtiradi, arbitraj va majburiyatlarni majburiy ijro etish harajatlari va 
boshqa tranzaksiya harajatlarini pasaytirishni o‘z ichiga oladi. Smart-shartnoma 
g‘oyasi tajribaga asoslanmagan, sinalmagan bo‘lib ko‘ringan bir paytda hech qaysi 
mavjud texnologiyalar uni Sabo tavsiflaganidek amalga oshirishga imkon 
bermagan bo‘lardi. Strukturalangan axborotni sotuvchilar va xaridorlar 
kompyuterlari orasida uzatish uchun standartlarni ta’minlaydigan elektron 
ma’lumot almashinish (EDI) kabi kompyuter tizimlari bo‘lgan, lekin hech qanday 
raqamli texnologiya bungacha qadar real to‘lovlar bilan ishlash tashabbusi bilan 
chiqmagan va bevosita pul mablag’lari almashinishni amalga oshira 
olmagan.Bitkoyn va blokcheyn tizimi buni tubdan o’zgartirib yubordi. Endi 
tomonlar o’zaro bir tomonlama yoki ikki-uch tomonlama bitimlar tuzishi va bitim 
shartlari bajarilganda bitkoinlarni avtomatik ravishda sotishi mumkin. Oddiy 
misol: agar siz akangiz billan xokkey o‘yini natijasi borasida garov boylashgan 
bo‘lsangiz, u to‘lovdan qochib qola olmaydi. Murakkabroq misol: agar siz 
aksiyalar xarid qiladigan bo‘lsangiz, bitim darhol tartibga solinadi va aksiyalar shu 
ondayoq sizga o‘tkaziladi. Yanada murakkab bir misol: pudratchi tadbirkorga mos 
keladigan daturiy kod jo‘natishi bilan u avtomtik ravishda to‘lov oladi. Cheklangan 
smart-shartnomalarni amalga oshirishning texnologik vositalari hozirda mavjud va 
bir qancha platformalarda ishlab ham turibdi. Demak, bunday smart-shartnomalar 
–uni amalga oshirishning qonuniy yo‘li bilan avtomatik ravishda ta’minlanadigan, 
shartnoma shartlarini intellectual ravishda avtomatik holda bajara oladigan, 
blokchyn tarmoqlarida mavjud bo’lgan hamda dastlabki muhokama va sinovdan 
o‘tgan virtual qiymatlar almashinishiningaqlli elektron texnologiyasidir. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish