O‘qituvchining rol (vazifalari)i
Fasilitator-
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, “yordam beruvchi”, “engillashtiruvchi” degan ma’noni
anglatadi. Ta’lim-tarbiya maqsadiga erishishni osonlashtirish uchun o‘quvchilarning samarali
hamkorligini shakllantiradi
Menejer-
o‘quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlarini o‘rganish natijasida ta’lim-tarbiya jaryoni
strategiyasini ishlab chiqadi va jarayonni boshqaradi.
Ekspert-
aniq mavzu, masala bo‘yicha hakamlik qiladi. BKM darajasini belgilashda yordam beradi.
Moderator-
ma’lum mavzu yuzasidan muhokama, bahs tashkil etadi, o‘zi aralashmagan holda bir
yechimga erishishga yordam beradi.
Ma’ruzachi-
mashg‘ulot uchun o‘quv materiallarini tayyorlaydi, o‘quvchilarni bahsga chorlaydi,
o‘rganish jarayonini motivatsiyalaydi.
Maslahatchi-
o‘quvchilarning tajribasiga asoslangan holda bilim beradi, mavhum o‘rinlarni
aniqlashtirishda yordam ko‘rsatadi.
Trener-
o‘quvchilarning o‘zaro muloqotini tashkil etadi,ularning ma’lum malaka va ko‘nkimalarini
rivojlantiradi.
2.
“Kompetentsiya” tushunchasi va uning turlari.
Kompetentsiya-
bilim,
ko‘nikma, malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari,
kvalifikatsiyaning namoyon bo‘lishi yoki ta’sir ko‘rsatish qobiliyati.
Kompetentsiya turlari
Bugungi kunda zamonaviy o‘qituvchining kompetentligini shartli ravishda
quyidagi turlarga ajratish mumkin:
O‘qituvchining kasbiy kompetensiyasi
O‘qituvchining shaxsiy kompetensiyasi
O‘qituvchining umuminsoniy, madaniy kompetensiyasi
O‘qituvchining maxsus kompetensiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |