Paronimiya- ikki yoki undan ortiq leksemaning talaffuzda o’zaro o’xshash,
ohangdosh bo’lishi.
Kvaziomonimlar-bir fonemasi bilan farqlanadigan ikki so’z (minimal juftlik)
So’z variantlari-bir leksemaning tildagi turli ko’rinishlari.
Paronomaziya- jonli so’zlashuvda paronim so’zlarni qorishtirish hodisasidan
badiiy nutqda uslubiy maqsadlarda foydalanish.
GIPONIMIYA, GRADUONIMIYA, PARTONIMIYA
Giponimiya
Giponimiya- lug’at boyligidagi leksemalarning pag’onali (ierarxik)
aloqasidan kelib chiqadigan ma’no munosabatlari. Bunday munosabatlarning
mohiyati shundaki, torroq tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar kengroq
tushuncha yoki ma’no ifodalaydigan leksemalar bilan tur (giponim) va jins
(giperonim) aloqasida bo’ladi, bunday aloqa birlashtiruvchi (integral) semalar
orqali amalga oshiriladi. Masalan, lola leksemasining ma’nosi gul leksemasining
ma’no tarkibiga, mushuk leksemasining ma’nosi hayvon leksemasining ma’no
tarkibiga kiradi. Bunday pag’onali (boqichma-bosqich) munosabat, ayniqsa, u yoki
bu fanning terminologik tizimida keng tarqalgan. Chunonchi, botanikada tur
tushunchasi turkum tushunchasi tarkibiga, turkum tushunchasi oila tushunchasi
tarkibiga, oila tushunchasi qabila tushunchasi tarkibiga, qabila tushunchasi sinf
tushunchasi tarkibiga, sinf tushunchasi esa eng katta taksonomik kategoriya
bo’lgan tip tushunchasi tarkibiga kiradi. Leksemalar ma’nosidagi ana shunday
bog’lanish gipo-giperonimik (tur-jins), partonimik (butun-bo’lak) munosabati
deb qaraladi. Bunday munosabatlar lug’at boyligining yoxud undagi ayrim
terminologik tizimlarning qurilishini belgilaydigan muhim omillardan sanaladi.
Shu yo’l bilan tildagi leksemalarning paradigmalari (leksemalarning ma’no
to’dalari yoki ma’no guruhlari) aniqlanadi. Masalan, “kiyim” mazmunli guruh
a’zolari: telpak, ko’ylak, kastum, shim, tufli va hokazolar; “o’simlik” mazmunli
guruh a’zolari: daraxt, buta, o’t, suvo’t va b.lar; “daraxt” mazmunli guruh
a’zolari: tersk, tol, qayrag’och, archa, qarag’ay va b.lar kabi.
Tilning lug’at boyligini tizim (sistema) sifatida o’rganishda leksemalarning
gipo-giperonimik munosabatlariga tayanish muhim ahamiyatga ega: u tabiat va
jamiyatdagi narsa- predmetlarning, voqea-hodisalarning tildagi nomlari bo’lgan
leksemalarning ma’nolari va shu ma’nolar orqali borliqdagi narsa-hodisalarning
o’zlari haqidagi tushuncha-tasavvurlarni umumlashtirish imkonini beradi.
1
11
Bu haqda qarang: Новиков Л. А. Семантика русского языка-М. «Высшая школа», 1982. с. 136
Ne’matov H, Rasulov R. O’zbek tili sistem leksikologiyasi.-T. “O’qituvchi”, 1995. 111-123-b.
Qo’chqortoyev I. So’zlarning leksik-semantik to’dalari haqida.|| ToshDU ilmiy asarlari, 359-chiqishi, -T. 1969.
Расулов Р., Лексико-семантические группы глаголов состаяния и их валентность. –Т. 1991.
Do'stlaringiz bilan baham: |