Etimologik leksik ma’no- leksemaning kelib chiqishida uning mazmun
planiga asos bo’lgan dastlabki ma’no. U ma’no etimoni deb ataladi. (“Etimon”
bahsiga qarang).
ETIMON
Etimon haqida ma’lumot
Etimon- (yun.: etymon – “haqiqat”) – muayyan leksemaning kelib chiqishiga
asos bo’lgan so’z (tub yoki yasama) yoxud so’z birikmasi: qatun>xatun>xotin
(etimon- qatun); bu kun> bukun> bugun (etimon- “bu kun” so’z birikmasi);
qыshlag'> qыshlaq> qishloq (etimon-qыshlag') kabi. Demak, a) hozirgi o'zbek
tilidagi xotin leksemasining shakl etimoni qatun, ma'no etimoni esa «yuqori
martabali kishining umr yo'ldoshi» bo'lgan. Hozir bu so'zning ma'nosi kengaygan;
u «biror erkak kishining umr yo'ldoshi»ni va umuman «ayol»ni ham anglatadi,
2
b)
bugun so'zining shakl etimoni «bu kun» so'z birikmasidir, ammo ma'no etimoni esa
«so'z borayotgan paytda kechirilgan yoki kechirilayotgan kun» haqidagi axborot;
d) qishloq leksemasining shakl etimoni «qыshlag’»dir, u quyidagi morfemalardan
tarkib topgan: qыsh (fasl) + la (fe'l yasovchi) +g' (ot yasovchi). Keyinchalik etimon
tarkibida fonetik o'zgarishlar yuz bergan: qыshlag'> qыshlaq>(«g'» undoshi «q»ga
o'tgan)>qishloq («a» unlisi «o»ga o'tgan, «ы» unlisi qattiqlik belgisini yo’qotgan),
3
bu so'zning ma'no etimoni esa «aholi yozda dalalarga ketib, qishda qaytib kelib
yashaydigan joy» ma'nosidir. Hozir bu ma'no kuchsizlanib, sezilmas holga kelgan,
so'nib qolgan.
Ba'zan bir necha til so'zlarinig etimoni bitta bo'ladi. Buni qadimgi hind
tilidagi sakkxara so'zi taqdirida ko'rish mumkin: u shakar (o'zbekcha, forscha),
1
Bobur Zahriddin Muhammad. Asarlar. Uch jildlik. 2-jild. Boburnoma.-T.: “Badiiy adabiyot”, 1965, 207-b.
2
Qarang: Rahmatullayev Sh. O’zbek tilining qisqa etimologik lug’ati. 4-qism. –T.: “Universitet”, 1999, 8-b.
3
Rahmatullayev Sh. Ko’rsatilgan lug’at. 105-196-b.
sheker (turkcha), suker (nemischa), sukor (ukraincha), sukkar (arabcha), saxar
(ruscha), sakxaron (yunoncha), syukr (fransuzcha), sugar (inglizcha) leksemalari
uchun «poydevor» bo'lgan; bu so'z (etimon) qadimgi hind tilida «shag'al», «yirik
qum» ma'nolarini anglatgan, keyinchalik, u metafora yo'li bilan ma'no ko'chirilishi
asosida «shirin ta'mli qumsimon modda», «qumsimon shirinlik» ma'nosiga ega
bo'lgan. Demak, sakkxara so'zining «yirik qum» ma'nosi yuqorida keltirilgan
barcha so'zlar uchun ma'no etimonidir.
Etimon vazifasini bajargan barcha so'zning shakli va ma'nosi turli omillar
ta'sirida ko'pincha o'zgarib ketadi, bu hol uning asl «nusxa»si va «ma'no»sini
xiralashtirib qo'yadi, ularni aniqlash va tiklash ishlarini qiyinlashtiradi. Hozirgi
Do'stlaringiz bilan baham: |