bosh ma’no, 2-ma’no esa nisbiy bosh ma’no sanaladi.
Avvalgi leksik ma’nolar
Avvalgi leksik ma’nolar ham dastlab ikki turga bo’linadi: 1) eski leksik
ma’no; 2) etimologik leksik ma’no. Bulardan birinchisi tarixiy semasiologiyada,
ikkinchisi esa tilshunoslikning etimologiya bo’limida o’rganiladi.
Eski leksik ma’no leksemaning o’tmishda qo’llangan, hozir esa
arxiaklashgan ma’nosidir. Masalan, yog’och leksemasining “daraxt” ma’nosi eski
leksik ma’no (semantik arxaizm, arxaizm-ma’no) sanaladi. Bu so’z “daraxt”
ma’nosida eski turkiy til va eski o’zbek tilida qo’llangan: (yig’och); yig’och, archa
yig’ochi
1
. Hozir esa shu ma’noda deyarli ishlatilmaydi (tarixiy mavzularda
yozilgan badiiy, ilmiy asarlar tili bundan mustasno, albatta).
Do'stlaringiz bilan baham: |