Хожибойга ma'ruza



Download 442,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/99
Sana24.02.2021
Hajmi442,15 Kb.
#59630
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99
Bog'liq
ozbek tili leksikologiyasi

                                     Atash semalari 

Atash semalari- semema tarkibidagi nomlash, atash semalariga oid. Ular ot, 

sifat, son,  fe’l turkumidagi barcha leksmalarning  leksik  ma’nolarida bor.  Shuning 

uchun ular ideografik semalar deb ham ataladi. 

 

                              Ifoda semalari  



Ifoda  semalari  semema  tarkibidagi  uslubiy  ma’no  qirralaridir.  Ular 

leksemalarning 

atashdan, 

nomlashdan 

tashqari, 

shaxsiy 


munosabatlarni 

ifodalashiga  yoxud  shu  leksemalarning  qo’llanish  doirasini  belgilashiga  xizmat 

qiladi. Masalan, buyum va matoh  leksemalari «tirikchilik-ro'zg'orda qo'llanadigan 

mol»  ma'nosiga  ega,  ammo  matoh  so'zida  bu  leksik  ma'no  salbiy  bo'yoq  bilan 

qoplangan: «Jon ota, matohlarini olib borib bering, agar meni qizim desangiz, olib 

borib bering...» (X. Seitov). 

Ba'zan semantik tarkibida qo'shimcha ma'no qirrasi bo'lmagan leksemalar o'zi 

qo'llangan  kontekst  yoki  nutqiy  muhit  talabi  bilan  uslubiy  semali  leksemaga 

aylanadi. Bu hodisa leksemaning o'ziga xos bo'lmagan kontekstd qo'llanishi tufayli 



sodir bo'ladi. Masalan, burun va tumshuq so'zlaridan har birining o'z konteksti bor: 

burun  leksemasi  asosan  odamga  nisbatan,  tumshuq  leksemasi  esa  hayvon  va 

parrandalarga  nisbatan  qo'llanadi.  Qiyos  qiling:  1)  Sharofatning  yupqa  lablari 



ko'karib pirpiradi, burni oqarib, kataklari kerildi (A. Qahhor);       2) Laylakning 

bo'yi  novcha,  tumshug'i  bor  tarnovcha.  Lapanglaydi  uchganda,  uyasidan 

ko'chganda (Uygun). Keltirilgan misollarning ikkalasida burun va tumshuq so'zlari 

o'z  kontekstida  qo'llangan,  shu  bois  ularda  qo'shimcha  ma'no  qirralari,  uslubiy 

baho ottenkalari ifodalanmagan. Y a n a  m i s o l: U bir ko'ngli borib muttaham 

qozining tumshug'iga tushurgisi yo iflos basharasiga tupurgisi keldi. (M. Ismoiliy). 

Bu  gapda  tumshuq  so’zi  o’ziga  xos  bo’lmagan  kontekstda-  odamga  nisbatan 

qo’llangan,  natijada  unda  odamga  (qoziga)  nisbatan  hurmatsizlik,  nafrat  manolari 

ifodalangan. 

O’zbek  tilida  uslubiy  bahoning  morfemalar  yordamida  ifodalanishi  keng 

tarqalgan: oyi-oyijon, tili-tillari, dadam-dadamlar, uka-ukaginam kabi. Masalan: 1) 

Mushfiq  va  mehribon  oyijonim.  O’z  tashvishlari  bilan  Sizni  unutgan  beaql, 

adashgan  qizingizni  ma’zur  tuting.  (E.  Samandar);  2)  Og’a,  sog’  borsangiz  avval 



Dadamlarga  salom  ayting,  Yugirib  chiqqan  ul  mushfiq  Onamlarga  salom  ayting 

(Hamza); 3) Men uning tillarini kesib olaman, qo’limga bir tushsin yashshamagur. 

(E. Samandar); 4) Bir oydan so’ng ko’zin yumib Mamaniyoz, Ko’kanchaga meros 

qopti  bud-shud,  oz-oz.  (G’.  G’.);  5)  Seni  o’zimdek  bilaman.  Ol,  ukaginam.  (S. 

Ahm.); 6) Ana sichqon, mushukvoy, Ana xo’roz, kuchukvoy (G’. G’.). 

 


Download 442,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish