Terminlar
Terminlar fan, texnika, adabiyot, san'at va boshqa sohalarga oid
ixtisoslashgan, qo'llanishi muayyan soha bilan chegaralangan tushunchalarni
ifodalaydigan nominativ birliklardir: gulkosa, shona (botanikada), to'rtburchak,
kvadrat (geometriyada), ega, kesim (tilshunoslikda), qofiya, turoq, vazn
(adabiyotshunoslikda) kabi.
Terminlarning ifoda plani so'zga (hujayra, to'qima) yoki turg'un birikmaga
(o'q ildiz, popuk ildiz) teng bo'ladi. Har ikki ko'rinishda ham termin leksema deb
hisoblanadi, bunda uning nominativ birlik ekanligi e'tiborga olinadi.
1
Terminlarning mazmun planida muayyan soha tushunchalari ifodalangan
bo'ladi: Masalan, boshoq terminining mazmun planida «poya uchida o'sadigan
to'pgul yoki to'pmevaning bir xili» tushunchasi ifodalangan.
Shaklan so'zga teng termin aslida leksemaning o'zidir, chunki u ko'pincha til
sistemasida mavjud bo'lgan yoki shu tilning so'z yasalish modellari asosida
shakllangan leksemaning terminlashishi natijasida yuzaga kelgan, natijada
terminning ifoda plani ham, mazmun plani ham leksema bazasiga tayanadi. Qiyos
qiling: tish (leksema: «odamning tishi», «hayvonlar tishi»)- tish (termin:
«odamning tishi», «hayvonlar tishi»). Bunda leksemaning mazmun plani (leksik
ma'nosi) terminning mazmun planiga (tushunchaga) tengdir. Demak, terminlarda
ko'pincha leksik ma'no biln tushuncha o'zaro teng bo'ladi. Ba'zi sohalarda leksema
o'zining ko'chma ma'nosida terminlashib qolishi ham mumkin, ammo bu hodisa
juda kam uchraydi. Qiyos qiling: gul –botanikada: «o'simlikning urchish
(ko'payish) organi»; gul –amaliy san'atda: «biror narsaga chizib, tikib, bosib yoki
o'yib tushirilgan naqsh, bezak». Bu misollarda gul leksemasi o'zining bosh
ma'nosida botanikada, ko'chmma'nosida esa amaliy san'atda terminlashgan. Ammo
bir sohaning o'zida leksemaning ikkita tushuncha nomi sifatida terminlashishi (ko'p
ma'noli termin bo'lishi) terminologiyaning izchilligiga xilof bo'ladi. Masalan, urug'
leksemasi uzoq yillar davomida ikki tushunchaning nomi bo'lib keldi: 1)
«o'simlikning urug'i» (ruscha: sеmya); 2) «turdan katta, oiladan kichik taksonomik
kategoriya» (ruscha: rоd). Bunday polisemiya keyigi yillarda taksonomik
kategoriya ma'nosidagi urug' terminining turkum termini bilan almashtirilishiga
sabab bo'lgan. Ba'zan termin ommalashib, umumtil birligiga aylanib qoladi.
Xususan, radio, televizor, telefon so'zlari ham ma'lum soha terminlari sifatida
yuzaga kelgan, ammo hozirgi paytda bu terminlar ommalashib, barchaning nutqida
1
Кодухов. В. И. Введение в языкознание.-М.: “Просвещение”. 1979. С. 184
qo'llanadigan, barchaga tushunarli bo'lgan so'zlarga aylangan. Bu hodisa
tilshunoslikda determinlashish deyiladi.
Tekshirish savollari va topshiriqlar
1.
Sema va semema haqida ma'lumot bering.
2.
Semalar ma'no xususiyatiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi ?
3.
Atash (denotativ) semalari nima ? Ifoda va mazmun semalari-chi ?
4.
Ideografik semalarning integral va differensial semalarga bo'linishini
tushuntiring.
5.
Termin, uning ifoda va mazmun planlari haqida ma'lumot bering.
6.
Terminlarda leksik ma'no bilan tushunchaning teng kelish holatlarini
tushuntiring.
Tayanch tushunchalar
Do'stlaringiz bilan baham: |