Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH SINF O‘QUVcHILARINI MA’NAVIY-AXLOQIY RUHDA
TARBIYALASH- pEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA.
Axunjanova Sayyoraxon Azimovna
Farg‘ona shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Telefon raqami: 99 514 42 68
Ismoilova Ra’noxon Gafurovna
Farg‘ona shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Telefon raqami: 90 562 36 12
Annotatsiya.
o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish o‘z navbatida, pedagoglarning o‘zlarini
ham ma’nan yetuk bo‘lishlarini, ma’naviy-axloqiy tarbiya nazariyasini hamda maktab ta’lim-
tarbiya jarayonida ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish metodikasini chuqur o‘zlashtirib
olishlarini taqozo etadi.
Kalit so‘zlar.
ma’naviy-axloqiy, tarbiya, mehnatsevar, odobli, millat, fazoviy bilim,
vatanparvar , ijtimoiy salomatlik
ma’naviyat tarbiyasi tushunchasining keng qamrovliligini ta’kidlab, professor z.ismoilova
shunday yozadi: «ma’naviy-axloqiy barkamol inson ota-onasi,aqlli – mustaqil fikr yurita oladigan
erkin shaxsni shakllantirish odobli – millatimiz to‘plagan barcha fazilatlarga ega bo‘lgan shaxs
mehnatsevar – mehnat kishining ehtiyojiga aylanganlik holati Bilimli – dunyoviy, diniy va
fazoviy bilimlarni chuqur egallab, ularni hayotda qo‘llay olish darajasi sog‘lom – jismoniy,
ruhiy va ijtimoiy salomatlik milliy g‘ururga ega – ajdodlarimizning moddiy va ma’naviy
merosini egallab, ular bilan faxrlanuvchi va ularni boyitishga hissa qo‘shuvchi vatanparvar –
vatani uchun, xalqi uchun fidokorona mehnat qiluvchi va zarur bo‘lsa ular uchun jonini fido
qiluvchi Baynalmilal – boshqa millatlarni o‘zining millati qatorida hurmat qiluvchi insonparvar
– inson zotiga faqat yaxshiliklar qilishni o‘ylovchi (javonmardlik tariqati)Jasorat – har bir ishga
qo‘rqmasdan kirishib oxiriga yetkazuvchi (Temuriylar tarbiyasi bilan uyg‘unlashgan) farzandlari,
qarindoshlari, xullas butun oila a’zolari, qo‘ni-qo‘shnilari, mahallako‘yi, hamqishloqlari va butun
mamlakat xalqi farovonligi haqida qayg‘uradi;tevarak atrofni o‘rab olgan insonlar unga kerak
bo‘lgani sari, o‘zi ham ularga kerakli kishi bo‘lishga intiladi; odob-axloqi, fe’l-atvori yoqimli
bo‘lishini insoniy burch deb hisoblaydi; ota-bobolarimizdan meros bo‘lib qolgan madaniy
merosni qadrlaydi; milliy qadriyatlarni e’zozlaydi va ularga sodiq bo‘lib qoladi; vatanparvarlik,
xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‘ulari barqaror bo‘ladi; o‘zaro muomala-munosabatda o‘rnak
bo‘lishga moyil bo‘ladi; birovning og‘irini yengil qilishni odat qiladi; umumxalq ma’qullagan
konstitusiyani hurmat qiladi va unga sadoqat namunalarini amalda ko‘rsatadi; vatanni himoya
qilish, boshqacha aytganda harbiy vatanparvarlik tuyg‘ulari bilan yashaydi; diyonat va adolat,
mehrshavqat va ezgulikni himoya qiladi, va’daga vafodor bo‘lishni o‘ziga kasb qilib oladi»
ma’lumki, sobiq sovet tarbiya nazariyasida tarbiya jarayonini o‘zini tashkil etish, o‘tkazish
muhim hisoblanib, uning natijasi e’tibordan chetda qolardi, ya’ni butun tarbiyaviy ishning
natijasi deyarli nazorat qilinmasdi, o‘lchanmasdi. chunki mazkur tarbiya nazariyasida «Tarbiya
maqsadi» masalasiga kam e’tibor berilib, u odatda noaniq ifodalanardi hamda unga erishish
darajasi subyektiv hisoblanardi.
o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirish o‘z navbatida, pedagoglarning o‘zlarini ham ma’nan
yetuk bo‘lishlarini, ma’naviy-axloqiy tarbiya nazariyasini hamda maktab ta’lim-tarbiya jarayonida
ma’naviy-axloqiy tarbiyani amalga oshirish metodikasini chuqur o‘zlashtirib olishlarini taqozo
etadi.
o‘quvchi shaxsi ma’naviyatini shakllantiruvchi omillarni tahlil qilib, r.safarova ona tili
omiliga alohida o‘rin bergan. muallifning ta’kidlashicha, o‘z ona tilini yaxshi bilmaydigan yoshlar
xalqimizning kiyinish madaniyati, urfodatlari, qadriyatlari, tarixi, turmush-tarziga bepisandlik
bilan mensimasdan qarar ekanlar. ularda o‘zga, ya’ni o‘zgalar tilini yaxshi bilgan millat ruhiyatiga
yaqinlik, shu millatning madaniyatiga urf-odatlariga intilish, o‘zi mansub bo‘lgan millat ruhiyatidan
esa uzoqlashish vujudga kelar ekan. shu boisdan muallif oilada, maktab ta’limi jarayonida
o‘quvchilarga ona tili boyliklarini har tomonlama chuqur o‘rgatishni, maktab ona tili ta’lim
mazmuniga tilning amaliy o‘rgatish bo‘yicha yo‘nalishni kuchaytirishni, o‘quvchilarni alisher
navoiy, Bobur, mahmud koshg‘ariy kabi mumtoz adabiyotimiz namoyondalarining asarlari tilini
63
Do'stlaringiz bilan baham: |