Ноябрь 2020 10-қисм
Тошкент
BOSHLANG‘IcH SINF O‘QUVcHILARIGA IQTISODIY TARBIYA-TARBIYA
BERISHNING AHAMIYATI
Misirova Gulnoz Botirovna
Sirdaryo viloyati Sardoba tumani
18-umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya.
mazkur maqolada boshlang‘ich sinflarda iqtisodiy ta’lim va tarbiya berishning
o‘ziga xos xususiyatlariga, uni dars va darsdan tashqari jarayonlarda berish orqali davlat va
jamiyatdagi iqtisodiy tushunchalarni ilk ko‘rinishlarini egallashlari haqida fikrlar bildirilgan.
Kalit so‘zlar:
iqtisodiy ta’lim, iqtisodiy tarbiya, iqtisodiy tejamkorlik.
hozirgi kunda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berish, kasbga o‘rgatish, ularning aqliy va maʼnaviy
kamol toptirishdani iboratdir. Ta’lim tizimini tubdan isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad
- o‘sib kelayotgan yosh avlodni o‘z yurtining fidoisi, vatanparvar, ma’naviy-axloqiy jihatdan
yetuk, jismonan baquvvat, hozirgi iqtisodiy bozor sharoitiga moslashgan, epchil, uddaburon,
faol, tashabbuskor, sog‘lom fikrlovchi insonlar etib tarbiyalashdir.
Barkamol avlodni voyaga yetkazishda, ularni har tomonlama komil inson etib shakllantirishda
bobokalonlarimiz merosi bo‘lgan boy milliy qadriyatlarimizdan, madaniy yodgorliklardan,
tarbiyaning samarali usul va vositalaridan oqilona foydalanish ta’lim-tarbiya sohasining ustivor
yo‘nalashlaridan biridir.
Iqtisodiy tarbiya
– shaxsni iqtisodiyot asoslari bilan tanishtirish, tejamkorlik, mehnatsevarlik,
tashabbuskorlik, ishbilarmonlik, iqtisodiy hisob – kitob va shu kabilar haqida fikrlay olish kabi
qobiliyatni kamol toptirishdir. iqtisodiy tarbiya – bu ta’lim oluvchilarga iqtisodiy bilimlarni
berish negizida mamlakat iqtisodiy barqarorligini ta’minlash, bozor infrastrukturasi qoidalariga
amal qilish, ichki bozorni to‘ldirish, kichik va o‘rta biznesni yaratish borasidagi faoliyat
jarayonida ishtirok etish ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, inson mehnati bilan bunyod
etilgan moddiy boyliklarni asrash, ularni ko‘paytirishga qayg‘urish tuyg‘ularini qaror toptirish,
iqtisodiy madaniyatni shakllantirishdir.
iqtisodiyot – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, uy xo‘jaligini boshqarish degan ma’noni
bildiradi. iqtisodiyot– inson faoliyatining iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, uning
natijalarini o‘zlashtirish, mavjud moddiy va mehnat imkoniyatlaridan foydalanish sohasidagi
ijtimoiy munosabatlarning muhim tomonidir.
iqtisodiy tarbiya– bu maxsus tayyorlangan kishilar (mutaxassis pedagoglar) rahbarligida
amalga oshiriladigan jarayon bo‘lib, unda ta’lim oluvchiga iqtisodiy tarbiya berish, ya’ni
iqtisodiyotning ma’lum tamoyillari, qonun-qoidalarini hamda kategoriyalarini tushuntirish va
iqtisodiyotning ma’lum sohalari haqidagi bilimlarni o‘qitish amalga oshiriladi. iqtisodiy ta’lim
pedagogikasi iqtisodning umumiy asoslari haqida bahs yuritadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |